7.2.3 Tarmoq zonalari Zonalarga tarmoqli bo‘lish xavfsizlikning turli zonalari bo‘yicha turli darajadagi sezuvchanligi (ya'ni, risklarning mavjud bo‘lishi va tahdidlarning maqbulligi turli belgilari) bo‘lgan tizimli resurslarni taqsimlash konsepsiyasidan foydalanadi. Bu tizimlarga ushbu konkret zona- lar uchun vazifalarni (masalan, faqatgina Internetdan foydalanish imko- niyatini beruvchi xizmatlarni taqdim etuvchi serverlar umumiy foydala- nishdagi domen nomlari tizimida ro‘yxatga olingan) bajarishga faqatgina zarur ma'lumotlarni olish imkoniyatini beradi.
Tarmoq trafigi va uning cheklanishlarining o‘tishi asosiy vositalari bo‘lib xavfsizlik shlyuzlari hisoblanadi: ajratilgan tarmoqlararo ekran,
IPS qurilmalarida tarmoqlararo ekranning funksiyalari hamda tarmoq mar- shrutizatorlarida va kommutatorlarida kirish ro‘yhati.
To‘g‘ri joylashtirish va konfiguratsiyalashda xavfsizlik shlyuzlari tarmoq infrastrukturasini xavfsizlik zonalariga bo‘lib va ular o‘rtasidagi kommunikasiyalarni nazorat qilib, xavfsiz arxitekturani yaratadi, xavf- sizlik shlyuzlarini qaerda joylashtirish va qanday sozlash to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma'lumotlar O‘z DSt ISO/IEC 27033-4 da keltirilgan.
Qismlarga bo‘lish prinspi quyidagi tarmoq xavfsizligi arxitektura- sini loyihalashtirish qoidalarini ta'riflaydi:
- turli darajali ta'sirchanlikka ega tarmoqlar xavfsizlikning turli zonalarida joylashgan bo‘lishi kerak:
1) tashqi tarmoqlarga (masalan, Internet) xizmat ko‘rsatuvchi qurilmalar va kom'pyuter tizimlari turli zonalarda (DMZ) joylash- gan bo‘lishi kerak, ichki tarmoq qurilmalari va kom'pyuter tizimlari bilan taqqoslaganda;
2) strategik aktivlar xavfsizlikning ajratilgan zonalarida joy- lashgan bo‘lishi kerak;
3) masofadan foydalanish serverlari va simsiz tarmoqli foydala- nish nuqtalari kabi past darajadagi ishonchli qurilmalar va kom'pyu- ter tizimlari xavfsizlikning ajratilgan zonalarida joylashgan bo‘lishi kerak;
- turli tipdagi tarmoqlar xavfsizlikning alohida zonalarida joy- lashgan bo‘lishi kerak:
1) foydalanuvchi ishchi stansiyalari xavfsizlikning turli zonala- rida joylashgan bo‘lishi kerak, serverlar bilan taqqoslaganda;
2) xavfsizlikni boshqarish tarmog‘i va tizimlari xavfsizlikning ajratilgan zonalarida joylashgan bo‘lishi kerak;
3) ishlab chiqish jarayonida bo‘lgan tizimlar xavfsizlikning turli zonalarida joylashgan bo‘lishi kerak, ekspluatasiya qilinadigan tizimlar bilan taqqoslaganda.