Guruh: mklt-1 Bajardi: Zarnigor Nematova Ilmiy tadqiqotda metod tushunchasi



Download 0,89 Mb.
Sana18.03.2022
Hajmi0,89 Mb.
#500317
Bog'liq
Ilmiy tadqiqotda metod tushunchasi

Guruh: MKLT-1 Bajardi: Zarnigor Nematova

Ilmiy tadqiqotda metod tushunchasi

Reja:

  • Metod tushunchasi haqida.
  • Metodning turlari

Metod nima?

  • Metod (yun. metodos — bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, taʼlimot) — vo-qelikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻlyoʻriklar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli.
  • M.ning kelib chiqish tarixi kishilarning amaliy faoliyatiga borib taqaladi. Biror ishni bajarish M.ini egallagan kishi shu ishni boshqalarga nisbatan oson, tez va soz bajara oladi. M.ni egallamagan inson esa bu ishni bajarish uchun koʻp vaqt va kuch sarflaydi. M. oʻz mazmuni jihatidan amaliy yoki nazariy shaklda boʻlishi mumkin. Insonning amaliy faoliyatiga oid M.lar ham voqelikka xos boʻlgan qonuniyatlarni anglab yetish, bilib olishga borib taqaladi. M.lar haqidagi taʼlimot fanda metodologiya deb ataladi. Inson dastlab atrofdagi narsa va hodisalarni kuzatish, ularni bir-biriga taqqoslash, oʻxshatish, farq qilish asosida voqelik haqida bilimlarini toʻplab borgan. Voqelik haqidagi fanlar rivojlanishi bilan fanlarda qoʻllaniladigan yoʻl-yoʻriqlar, M.lar ham takomillashib borgan. Fanning amaliy (empirik) va nazariy M.lari vujudga keldi.
  • Fan M.larining asosiy mazmunini amaliyotda sinalgan ilmiy nazariyalar tashkil etadi. Har qanday ilmiy nazariya mohiyati jihatidan M. funksiyasiga egadir. M., oʻz navbatida, yangi ilmiy nazariyalar va qonuniyatlarning ochilishiga vosita boʻladi. Shu nuqtai nazardan M. bilan ilmiy nazariya funk-siyasiga koʻra, bir-biridan farq qiluvchi ilmiy amal hisoblanadi.

Metodning turlari

  • Ilmiy bilishning umumiy va maxsus metodlari - ilm-fandagi masalalarnazariyalarni yaratish, borliqning ob`ektiv qonunlarini tashkil etish, ilmiy faktlarni aniqlash kabilarni yechishning quroli bo`lib xisoblanadi. Umumiy metodlar uch guruhga bo`linadi: 1) empirik tadqiqot metodlari (kuzatish, taqqoslash, o`lchash, eksperiment); 2) nazariy tadqiqot metodlari (abstraktlikdan konkretlikka ko`tarilish va b.); 3) empirk va nazariy tadqiqot metodlari (analiz va sintez, induksiya va deduksiya, modellashtirish, abstraktlashtirish va b.).
  • Kuzatish - ob`ektni o`rganishda unga ta`sir etmasdan bilish metodidir. Bunda ob`ektning xossasini, qayd etish va o`lchash bilan chegaralaniladi, uning o`zgarishi kuzatiladi (masalan, keskichning yeyilishini kuzatish). Tadqiqot natijalari bizga real ob`ektlarning ob`ektiv xossa va aloqalari xaqida ma`lumot olish imkoniyatini beradi. Ushbu natijalar tadqiqotining ixtiyori, hissiyoti va hohish-irodasiga bog`liq emas.
  • Taqqoslash (qiyoslash) - ilmiy bilishning keng tarqalgan metodi bo`lib, u “hamma narsa qiyoslanganda bilinadi“ degan tamoyilga asoslanadi. Taqqoslash natijasida bir necha ob`ektga taalluqli bo`lgan umumiy jixatlar aniqlanadi. Bu esa, ma`lumki, qonuniyat va qonunlarni bilish yo`lidagi birinchi qadamdir. Taqqoslash sermaxsul bo`lishi uchun quyidagi ikki talab bajarilishi kerak: 1. O`rtasida ma`lum ob`ektiv umumiylik mavjud bo`lishi mumkun bo`lgan ob`ektlargina taqqoslanishi zarur; 2. Ob`ektlarni taqqoslash eng axamiyatli (bilish, o`rganish nuqtai nazaridan) xossalari, belgilari va jixatlari bo`yicha amalga oshirilishi shart.
  • O`lchash - taqqoslashga nisbatan aniqroq bilish quroli xisoblanadi. Ushbu metodning axamiyati o`rganilayotgan ob`ekt haqidagi ma`lumotlarning yuqori aniqligidadir.
  • Empirik bilish jarayonida o`lchash metodi ham kuzatish va taqqoslash kabi keng tarqalgandir.Empirik tadqiqotning ko`rilgan metodlaridan farqli xolda, ekspirement ilmiy jihatdan eng umumlashtirilgan tarzda qo`yilgan tajriba hisoblanadi. Unda kuzatish va o`lchashdan tashqari ob`ekt joylashgan shart – sharoit, muhit va xatto tadqiqot ob`ektining o`zi ham ma`lum tarzda o`zgartiriladi
  • Eksperiment natijasida bir yoki bir necha omillarning boshqasiga yoki boshqalariga ta`siri aniqlanadi. Kuzatishdan farqli holda, eksperiment tajribaning qaytaruvchanligini ta`minlaydi, turli sharoitlarda ob`ektni tadqiq etish imkonini beradi, uni “sof holda” o`rganish mumkin bo`ladi. Ilmiy bilishda empirik tadqiqot metodlari muxim axamiyatga ega. Ular faqatgina gipotezalarni tasdiqlash asosigina bo`lib qolmasdan, ko`p hollarda yangi ilmiy kashfiyotlar, qonunlarni ochishning manbaasi ham bo`lib xisoblanadi. Empirik va nazariy tadqiqotlarida analiz va sintez, deduksiya va induksiya, abstraktlashtirish kabi universal metodlar keng qo`llaniladi.
  • Analiz (taxlil) – ob`ektni qismlarga, bo`laklarga, tomonlarga, elementlarga ajratib, ularning har birining mazmun – mohiyatini o`rganish, bilishdir. Analiz metodi butunni tashkil etgan qismlar, bo`laklar, tomonlar, elementlar ularning butun tarkibidagi o`rni aniqlanadi. Analiz orqali predmet va hodisalarning tarkibi (strukturasi), tuzilishi o`rganiladi va bilinadi.
  • Sintez (ajratib olish) – analiz tufayli ajratilgan bo`laklar, tomonlar, qismlar, elementlarni o`zaro biriktirib, ularni bir butun holga keltirishdir. Sintez metodi tadqiqotchiga butunning bo`laklari, qismlari, tomonlari, elementlari o`rtasidagi va ularning butun bilan bo`lgan aloqa va bog`lanishlarini bilishga imkon beradi. Analiz bilan sintez tadqiqot jarayonidagi bir moddiy yoki mantiqiy amalning ikki tomonidir, ular bir-biri bilan bog`liq va bir-birini to`ldiradi, ularni bir-biridan ajratib bo`lmaydi, chunki tabiat va jamiyatda hamma jarayonlar ko`p tomonlamadir.
  • Ilmiy tadqiqotlarda empirik, elementar-nazariy, tarkibiy-genetik, analiz va sintez metodlari qo`llaniladi. Tadqiqotchi o`rganayotgan predmet yoki xodisalari ustida olib borgan kuzatish va eksperimentlari, analiz va sintezlari asosida hosil bo`lgan empirik faktlar va ma`lumotlarni o`z tafakkurida umumlashtiradi, abstraktlashtiradi va konkretlashtiradi. Tafakkur jarayonida yuz beradigan bu amallar ham ilmiy bilishning umumiy ilmiy metodlarini tashkil etadi.

E’tiboringiz uchun raxmat!


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish