OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
PEDGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI
TA’LIM TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI
MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI
1-KURS 21-17 GURUH MAGISTIRANTI
PAYG’AMOVA JAMILANING
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MUTAXASSISLIK FANLARINI O’QITISH TEXNOLOGIYASI
fanidan
Himoyaga tavsiya etaman
Fakultet dekani
_________ J.Tangriqulov
“____” ________
KURS ISHI
MAVZU: Ta'limning zamonaviy tashkiliy shaklari va yo’llari
Talaba: 1-kurs 21-17 guruh talabasi
Payg’amova Jamila
Ilmiy rahbar: Sh.X.Qodirova
Himoyaga tavsiya etildi
“Maktabgacha ta’lim metodikasi ” kafedrasi
Mudiri Phd M.Berdiyeva __________
“______” ____________
MUNDARIJA
Kirish........................................................................................................................3
I BOB Ta'limni tashkil etish shakllari
1.1 Ta'limni tashkil etish shakllari va ularning didaktikada rivojlanishi............................................................................................................... 7
1.2 Darsda o'quvchilar o'quv faoliyatini tashkil etish zamonaviy shakllarining turlari.......................................................................................................................15
1.3 Ta'limning yordamchi shakllari……………………………………….….…..24
II BOB . Ta’limning zamonaviy tashkiliy shakllaridan foydalanilganda ta’limning natijaviyligi
2.1.Ta’limning zamonaviy tashkiliy shakllaridan foydalanilganda ta’limning natijaviyligi.…………………………………………………………..……….29
2.2. Interfaol metodlar: diskussiya, trening va o’yinlar ……………………..……32
Xulosa va tavsiyalar
Adabiyotlar ro'yxati
KIRISH
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda kelajakning tayanchi va suyanchi bo‘lmish yosh avlodni yangicha fikrlaydigan, mustaqil va ijodiy faoliyat ko‘rsatadigan, zamonaviy bilim, kasb-hunarni puxta egallagan, o‘z yurtining haqiqiy egasi, Vatanimizning taqdiri va taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir insonlar bo‘lib etishishi lozimligi nazarda tutilgan. Bu demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining ustivor vazifalaridan biridir. Bunday insonni tarbiyalab voyaga etkazishda uzluksiz ta’lim-tarbiya muassasalari va ulardagi o‘quv tarbiya jarayoni muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, uzluksiz ta’lim muassasasi va undagi o‘quv tarbiya jarayoni yosh avlodni axloqiy, jismoniy va ruhiy jihatdan chiniqtiradigan, ma’naviy, madaniy ma’rifat nuqtai nazardan kamolotga etkazadigan maskan hisoblanadi. Shunday ekan mazkur maskanlar o‘quv-tarbiya jarayonini shunday tashkillashtirish lozimki, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot qonuniyatlari, fan-texnika yangiliklari erkin, mustaqil, ijodiy o‘zlashtirilsin, shaxsiy sifatlar jamiyat talablariga xos o‘zlashtirilsin, ilmiy bilimlar egallanib, ko‘nikma va malakalar tarkib toptirilsin. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish ta’lim va tarbiya jarayonining tuzilishi, qonuniyat va tamoyillari; mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonida professor-o‘qituvchining vazifalari va talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish, talabalarning diqqatini jalb qilish va mashg‘ulot samaradorligini oshirish metodlari va vositalari, mutaxassislik fanlarini o‘qitish shakllari (ma’ruza, seminar, amaliy, laboratoriya, mustaqil ta’lim, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari, o‘quv amaliyoti, malakaviy amaliyoti)ni tashkil etish va o‘tkazish metodikasini, mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonida talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish turlari, shakl va metodlarini, mutaxassislik fanlarini o‘qitishning multimedia va interfaol ta’lim texnologiyalarini tadqiq etadi. O'qitilgan darslarni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, ularning tuzilishi va metodikasi ko'p jihatdan o'quv jarayonida hal qilingan didaktik maqsad va vazifalarga, shuningdek o'qituvchi ixtiyoridagi vositalarga bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |