Guruh magistiranti



Download 147 Kb.
bet9/10
Sana02.07.2022
Hajmi147 Kb.
#731904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
PAYG\'AMOVA JAMILA KURS ISHI

2.2. Interfaol metodlar: diskussiya, trening va o’yinlar

Hozirgi kunda bu metodlarning o'qitish shakllari va usullari bilan biriktirilgan modifikatsiyalaridan (o'zgartirish) foydalaniladi. Masalan:


1) leksiya-diskussiya;
2) treninglar;
3) keys-stadi;
4) «ochiqjavoblar bilan» muhokama;
5) «yakunlanmagan xulosa bilan» suhbatlashish;
6) juft bo‘lib yoki kichik guruhlarda ishlash;
7) «aqliy xujum»;
8) bellashuv;
9) grafik-organayzerlar;
l0) qoida bo'yicha va qoidasiz o yin;
11) jo'zining loyihalarim reklama qilish.
O‘qituvchining yangi mavzuga tayyorgarlik ko’rishida an’anaviy va zamonaviy metodlarni tanlashi-bu ularning o'zaro almashinuvini vaqt va didaktik maqsad bo'yicha muvofiqlashtrish demakdir. Natijada talabalarning aqliy va amaliy faoliyatining yuqori darajasini yaratishga sharoit yaratiladi. To‘g‘ri qo’llanilgan metodlar obyektiv voqelikka oid bilimlarni chuqurlashtiradi va yaxlit holda mashg'ulotning ilmiy-nazariy darajasini oshiradi. Ketma-ket saralangan o'qitish metodlari ma’lum darajada bilish va kasbiy qiziqishni rivojlantirishga, mustaqil amaliy faoliyatnifaollashtirishga olib keladi.
O‘qitish faoliyatining har qanday bosqichida har doim bir nechta metodlar qo’llaniladi.Faqat bir-ikki metod, yoki og‘zaki, yoki ko‘rgazmali, yoki amaliy metod qo'llanilishi mumkin emas. Aslida bu metodlar o‘qitishning muayyan aktida jamuljam solishtiriladi.
Masalan: mavzu mazmunining imkomyatlarini hisobga olib bosh vazifa o‘quv- bilish faoliyati ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘qishda mustaqillikni rivojlantirish bo’lsa, unda biz birinchi galda boshqa metodlar yordamida joriy eriladigan evristik (izlanuvchanlik) metodlarini qo‘llaymiz.
Interfaol metod nechog’iik o’qitishning muayyan aktiv tavsiflasa, u shunchalik ko‘p o‘qitish samarasini ta’minlaydi. Masalan, pedagog asosiy metod sifatida “savol- javob”ni tanlaydi va uni o‘tkazish mantiqini quradi, shuningdek savol-javob davomida o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun “Waster” dan foydalanadi, bu esa kutilgan samarlarni beradi.
Interfaol o‘qitish metodlarlarini tanlashning keyingi muhim sharti ularni eng maqbul solishtirish mezonlarini hisobga olishi taqazo etadi.
1.Interfaol metodlarni tanlash mezoni ularning ta’lim-tarbiyani rivojlantirish masalaiarini yechishga yuqori yo‘nalganligidir. Bu mezon turli xil metodlarning u yoki bu doiradagi vazifalarini yechish imkoniyatlarim baholash yo‘li bilan joriy etiladi, chunki ijtimoiy tajnba elementlarini ozlashtirishda ularning imkoniyatlan turlichadir.
Interfaol metodlarning barchasi o’quvchilarning fikrlash mustaqilligini ta’minlaydi, o’qitishda bir qoliplikni va andozalikni yo'qotadi, o‘quv materiallarini egallashda nazariy bilimlarning rolini birmuncha oshiradi.
2.Interfaol metodlarni tanlashning navbatdagi mezoni ularning ta’lim mazmuini xususiyatlariga mos kelishidir. Metod mazmunining Harakatlanish shakli (Gegel) sifatida ham aniqlanadi. Bir metod yordamida mavzuni to’laroq ochib berilsa, boshqasi uni ijodiy o’zlashtirishga imkon tug‘diradi, uchinchisi-bu mazmun uchun yaroqsiz bolishi mumkin.
Interfaol metodlarning ro‘yobga chiqarish shakllarijoriy etish vositalari kabi turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, aqliy hujum, tanqidiy fikrlash, ajurli arra, menyular og‘zaki so‘z, darslik o’qish, kino yoki televideniye, boshqa tasviriy vositalar orqali amalga oshirilsa, klaster, sinkveyn, o‘z o‘rnigni top kabi metodlar o’qituvchining oldindan ko‘rsatib bergan faoliyat usullarini takrorlashini taqazo etadi.
3.Interfaol metodlarni tanlashning navbatdagi mezoni ularning o‘quvchilar o‘quv imkoniyadariga to‘liq mos kelishidir, ya’ni samarali o’quv faoliyati uchun ichki va tashqi shart-sharoitlarning birligini ta’minlashdir. Kuzatishlarning ko'rsatishicha, real o‘quv imkoniyatlarini o’rganishda quyidagi shartlarnianiqlashtirish kerak bo'ladi: o'quvchilarning mustaqil faoliyatiga tayyorgarligi (o‘quv ishlarini rejalashtirish, mashg‘ulot maqsadi va vazifalarini to‘liq belgilab olish ko'nikmasi, o‘z-o‘zini nazorat, teskari aloqa o'rnatish va qo‘shimcha didaktik jarayonni qurish); o‘quvchilarning ijodiy faoliyatiga tayyorgarligi (fikrlash mustaqilligi, o‘quv materialidagi asosiy g'oyani ilg‘ab olish ko‘nikmasi, topshiriq shartlarini belgilash va uni yechish metodlarini mustaqil topish ko'nikmasi); o'qishga munosabat va boshqalar.
4.Interfaol o'qitish metodlaridan foydalanishda pedagogning xususiy imkoniyatlariga mos kelishi lozim. Darsning didaktik maqsadlariga turli metodlardan, ularning o'zaro birikuvidan oqilona foydalanish evaziga erishish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, metodlar kompensatorlik (biri yo‘l qo'ygan kamchilik boshqasi evaziga yo'qotiladi, ya’ni meyorlanadi) imkoniyatlarga ega.
5.Interfaol metodlarni tanlash mezonlaridan yana biri - ularning o‘quv jarayonini tashkil etish shakllari bilan mos kelishidir. O‘qitishningyalpi (frontal), guruhli va individual shakllari turlicha metodlarni talab etadi. Masalan, debat metodi ikki o'quvchi (yoki ikki guruhcha) o'rtasidagi bahs hisoblansa, “aqliy hujum”da guruhdagi barcha o'quvchilarning ishtiroki zarur bo'ladi. Shuningdek, bu mezon mavzuning murakkablik darajasiga mos holda shakl va metodning o'zaro uyg'unligini ta’minlashga yo'naltiriladi.
6.Interfaol metodlarning pedagogik texnologiya prinsiplariga mos kelishi umumlashtiruvchi mezon hisoblanadi.
Shunday qilib, o'qitishda ana’naviy va zamonoviy uslublar (metodlar) mutonasibligini ta’minlash uchun pedagogdan nafaqat fanini va uning metodikasini yaxshi bilish talab etiladi. Balki, zamonoviy pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirib borishi, mutaxassisligi bo'yicha ilg'or pedagogik tajribalarni va chet el tajribalarni ham o'rganib borish majbunyati yuklatiladi.
3.O'qitish jarayonida qo’Ilaniladigan metodlarga qo‘yiladigan talablar. Ta’lim metodlari oldiga quyidagi asosiy talablar qo'yiladi:
1 .O'quv materialini o'rganish yo'li fikr yuritishning didaktik usullarini, milliy istiqlol g'oyasiga hamda milliy qadriyatlarga asoslangan axloq, xulq-atvorning irodaviy sifatlarini shakllantirishga olib kelishi kerak.
Shu talab nuqtai nazarian qaraganda, ta’lim metodi tarbiyalovchi xarakterda bo'lishi, ya’ni bilimlarni o'zlarshtirishgagina emas, balki ta’limning tarbiyalovchilik imkoniyatlarini ishga solishga ham yordam berishi kerak.
2.Ta’lim metodi ilmiy dalillar bilan ravshan va aniq asoslangan bo'lishi lozim. Ana shunda o'qituvchi, bu metod bilan ishlashda qanday vazifalarni qo'yib, hal qilish mumkinligini va qanday vazfalarni amalga oshirib bo'lmasligini ko'ra oladi. Metodning ilmiyligi o'quvchilarning ravshan va aniq fikr yuritishini: materiallarni o'zlashtirish jarayonidagi dalil-isbot va muhokamalarning maqsadi, vositalari, usullari, asosiy va ikkinchi darajali natijalarini ham bildiradi.
3.Ta’lim metodlarining tizimliligi ularning samaradorlik darajasini belgilaydi. O'quv materialini o'rganishning har qanday alohida olingan usuli, garchi, shu darsda qo'llanish uchun juda qulay bo'lsa ham, o'qitishning boshqa metodlari bilan birga qo'llanilmaganda o'quvchilar aqlining o'sishiga uncha ta’sir ko'rsatmasligi mumkm.
4.Ta’lim metodlari oldiga muqarrar sur’atda qo'yiladigan yana bir talab - ularning tushunarli bo‘lishidir. O'qitish yo‘li o'quvchiga tushunarli va maqbul bo'lishi, o‘quv materialini o'rganish usullari esa uning bilimlarni o'zlashtirshdagi yosh lmkoniyatlariga muvofiq kelishi lozim.
5.Bolani sezgi organlari orqali bilishga o'lgatish va o‘quv jarayonda ko'rsatmali qurollardan iloji boricha ko‘proq foydalanish zarurligi ta’lim metodlari oldiga qo‘yiladigan muhim talabdir. Ta’lim metodlarini ta’limni ongli va faol shaklda olib borish tamoyili nuqtai nazaridan asoslash zarurligi ham muhim talablardan bindir. Bolaning o‘quv mashg‘ulotlariga ongli munosabatda bo'lishi, o‘quv materiali mazmunini ongli ravishda tushunishi, undagi bilish faolligi va qiziqishining darajasi o'qituvchining tushuntirish metodlariga va bolalarning bilimlarni o’zlashtirish usullariga bog‘liq.
6.Ta’lim metodlari oldiga qo‘yiladigan talablardan yana biri bilimlarning asosli va puxta bo'lishidir. Ta’lim metodlari yaxshi natija beradigan bo‘lishi lozim.
O‘qituvchining tushuntirish va o‘quvchilarning o'zlashtirish usuli rejalashtirilgan yoki mo‘ljallangan natijani berishi kerak.
O'qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko'ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo'lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o'qituvchiga u tomonidan bo'lajak darsni texnologik xaritasini tuzab olishi katta ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o'qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o‘quvchi-talabalarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Bunday texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun o’qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot texnologiyalardan xabardor bolishi, shuningdek, juda ko‘p metodlar bilishi kerak bo‘ladi. Xar bir darsni rang-barang, qiziqarli bo'lishi avvaldan puxta o'ylab tuzalgan darsning loyixalashtirilgan texnologik xaritasigabog‘liq.
Darsning texnologik kartasini qay ko'rinshda yoki shaklda tuzish, bu o'qituvchining tajribasi, qo’ygan maqsadi va ixtiyoriga bog’liq. Texnologik karta qanday tuzilgan bo'lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo'lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to'liq o‘z lfodasini topgan bo'lishi kerak. Texnologik kartani tuzilishi o'qituvchini darsni kengaytirilgan konspektini yozishdan xalos etadi, chunki bunday kartada dars jarayonining barcha qirralari o'z aksini topadi.O‘qituvchi tommonidan o‘zi o‘qitayotgan fanning har birmavzusi, har bir dars mashg‘uloti bo‘yicha tuzilgan yuqoridagi kabi texnologik karta unga fam, predmetni yaxlit holda tasavvur etib yondoshishga, tushunishiga (bir semestr, bir o‘quv yili bo‘yicha), yaxlit o‘quv jarayonning boshlanishi, maqsadidan tortib, erishiladigan natijasiga ko‘ra olishiga yordam beradi.
Xulosa

Ma’lumki, davlat va jamiyat rivojining har bir bosqichi shaxs, jamiyat va davlatning ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda didaktikaning tarixiy va mantiqiy birlikning metodologik prinsipiga muvofiq ta’lim tizimi oldiga muayyan davlat va ijtimoiy buyurta’lim muassasasialami qo'yadi. Ta’lim jarayonini rejalashtirish professor-o‘qituvchilar faoliyatining asosiy jihatlaridan bin bo‘lib hisoblanadi. Bunda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar vakuum ostida emas, balki ta’lim muassasining sharoitidan kelib chiqqan holda bajariladi. Davlat va jamiyat ta'lim muassasalari oldiga muayyan ijtimoiy buyurtmalar qo’yayotgan ekan, o’sha muassasalar tomonidan tayyorlanadigan kadr egallashi lozim bo’lgan ijtimoiy sifatlarning minimal chegarasini ham ko’rsatib berishi tabiiydir. Ta'lim shaxsni shakllantirish jarayonining bir qismidir. Ushbu jarayon yordamida jamiyat bilim va ko'nikmalarni bir kishidan boshqasiga o'tkazadi. O'qitish jarayonida talaba ma'lum madaniy qadriyatlarga majburlanadi; o'quv jarayoni shaxsni ijtimoiylashtirishga qaratilgan. Talabalar bilan olib boriladigan barcha tarbiyaviy ishlarning samaradorligi ko'p jihatdan nafaqat o'qitish va o'qitish usullari, balki uni tashkil etish shakllari bilan ham belgilanadi. Ta'lim mazmuni, uning maqsadi, vazifalari va o'qitish usullari aynan shu shakllarda amalga oshiriladi. Didaktikada shakl (lotincha forma - tashqi ko'rinish, qurilma) o'quv jarayonining tashqi tomonini bildiradi, bu qachon, qaerda, kim va qanday o'qitilishini belgilaydi. Agar o'qitish tamoyillari nima uchun bu tarzda o'qitish zarurligini aytsa, metodlar ta'limning o'zaro ta'sirining mohiyatini tushuntiradi, keyin shakllar mashg'ulotlarni haqiqiy sharoitlarda qanday tashkil qilishni belgilaydi. Ta'lim shakllari mohiyatan pedagogik jarayon ishtirokchilarining ta'lim faoliyatining umumiy yo'nalishi sifatida harakat qilib, mashg'ulotlarni tashkil etish usulidir.


Ta'limning maqsadlari va mazmunini amalga oshirish ta'lim muassasalarida, shu jumladan, albatta, oliy o'quv yurtlarida o'quv jarayonini soddalashtirishga qaratilgan turli xil tashkiliy shakllarda amalga oshiriladi. Tashkilotning dars shakli bilan bir qatorda ta'lim jarayoni, ma'ruzalar, seminarlar, amaliy mashg'ulotlar, konsultatsiyalar, fakultativ mashg'ulotlar, mustaqil ishlar, kurs va diplomlarni loyihalash, o'quv va ishlab chiqarish amaliyoti kabi shakllardan foydalaniladi. Ta'limning eng muhim vazifasi - o'quvchilarni o'z faoliyatlarini har tomonlama, oqilona qilib shakllantirishga o'rgatish, bu uchala qism ham muvozanatli, etarlicha rivojlangan, ongli va to'liq amalga oshirilgan. Bu shuni anglatadiki, barcha harakatlar, shu jumladan nazorat qilish va baholash talabaning o'zi tomonidan amalga oshiriladi.
Talaba shaxsini rivojlantirishning yo'nalishlaridan biri bu ta'lim faolligini bilimlarni faol olish usuli sifatida shakllantirishdir.
Ta’limning barcha shakllari talabalar bilimini oshirish va ularni kelajakda yetuk kadrlar bo’lib yetishishini ta’minlaydi va bu vazifani amalga oshirishda bu shakllardan foydalanishni taqazo etadi. Kurs ishi bo’yicha shuni tavsiya qilamanki ta’limning turli shakllaridan foyadalanishda chet el ta’lim tizimidan o’rganish va tatbiq etish kerak deb hisoblayman. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ta’lim sifatini oshirib, talabalarda bilim olishga bo’lgan rag’batni kuchaytiradi.


Download 147 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish