5. FIKRLARINGIZ BILAN BO’LISHING
Rahbar sifatida, bir tomondan siz katta muammolarni ko’rishingiz mumkin, shuningdek, noxush shartlarni bartaraf etsangiz, hammasi qanchalik yaxshi tomonga o’zgarishini ham. Odamlarni o’zgarishlar kiritishingizga yordam berishlari uchun ular bilan ijobiy fikrlaringizni bo’lishing. Ularni rag’batlantiring. Ularga yo’l ko’rsating. Ularning amallari barchasini bu orzuga qanchalik yaqinashtirishini ko’rsating.
Jon Gardner shunday degan edi: «Eng muhimi, liderlar odamlarni kichik tashvishlaridan chalg’itib, maqsadlariga erishish yo’lida ularni birlashtiradigan maqsadlarni tasavvur etishi va shakllantirishi mumkin».
Har doim va’z qilayotganingizni bajaring. Ishonchni yo’qotishning liderning ikkiyuzlamachiligidanda yaxshiroq usuli yo’q.
«Agar sizning harakatlaringiz boshqalarni ko’proq orzu qilishga, ko’proq o’rganishga va o’z ustida ishlashga ilhomlantirsa, u holda siz lidersiz». Jon Kuinsi Adams.
Xarizma, albatta, foydalidir, lekin majburiy emas. Insoniyat tarixida unchalik do’stona bo’lmagan ko’pdan-ko’p hurmatga sazovor liderlar bor. Lekin, eng muhimi odamlar ularga ishonishgan. O’z fikringizni aniq ifodalashingiz uchun sizga muloqot qobiliyatlari (nutq, yozish, hatto san’at orqali) kerak bo’ladi.
№ 5) Rahbar shaxsida professional qobiliyatlarni shakllantirish. Rahbar xodimlar mehnatini ilmiy asosda tashkil etishning psixologik muammolari. Rahbar psixologiyasining emotsional-irodaviy komponentlari. Mehnat intizomi va uni mustahkamlashning huquqiy-psixologik vositalari. Rahbarlarning huquqiy me’yorlarni buzganlik uchun javobgarlik mas’uliyati. Rahbarlikning uch ildizi. Jamoadagi psixologik iqlim. Psixologik iqlimning rahbarga bog’liqligi.Soliq xizmati xodimining tarbiyalanganlikdarajasi
№ 6) Ehtiyojlar — organizm, inson shaxsi, ijtimoiy guruh, umuman jamiyatning hayot faoliyatini saqlab turish uchun zarur boʻlgan narsalarga talab, muhtojlik. Nazariy va amaliy iqtisodiyotning fundamental kategoriyalaridan biri. E. subʼyekt bilan uning faoliyati oʻrtasidagi bogʻlanishlarni ifoda etadi va maqsadlar, mayllar, intilishlarda va pirovardida hattiharakatlar, feʼlatvorda yuzaga chiqadi. Faoliyat sohasiga qarab mehnatga, bilimga, muloqotlarga; obʼyektiga qarab moddiy, maʼnaviy; subʼyektiga koʻra yakka (shaxsiy), guruhiy, jamoaviy, ijtimoiy E. boʻlishi mumkin. E.ning umumiy qonuniyati — ularning umuman bevosita inson faoliyatiga, xususan, ijtimoiy ishlab chiqarish ga bogʻliq boʻlishidir. Ayni payda faollikka undovchi kuch boʻlgan E., oʻz navbatida, hayot sharoitlariga tanlama taʼsir koʻrsatadi, ularning oʻziga xos tomonlarini belgilaydi, u yoki bu faoliyat usullarini va E.ni qondiradigan predmetlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi. Mas, bir vaqtlar kishilarda avtomobilga paydo boʻlgan E. ularni yaratish yoʻlida izlanishlarning boshlanishiga sabab boʻldi, butun bir sanoat tarmogʻining paydo boʻlishiga olib keldi.
Tarixan E. oʻsib boradi, ular xilmaxil, oʻzgaruvchan, tuzilmaviy oʻzgarishlarga uchrab turadi. E. tizimida iqtisodiy ehtiyojlar asosiy oʻrinda turadi. Ularga birinchi navbatda, moddiyashyoviy E. (moddiy va maʼnaviy) — oziq-ovqat mahsulotlariga, kiyimkechak, axborot vositalari (gazeta, kitob va boshqalar)ga E., shuningdek, iqtisodiy E. tuzilmasida oliy oʻrinda turadigan mehnat qilish, taʼlim olish, sogʻliqni saqlash E.i kiradi.
Iqtisodiy E.ni ham ularni roʻyobga chiqaradigan subʼyektlariga qarab tasniflash mumkin (shaxsiy — yakka, jamoa va ijtimoiy — umumiy E.).
Bozor munosabatlari sharoitlarida iqtisodiy E. pul bilan vositalanadi va talab sifatida yuzaga chiqadi (qarang Talab va shaklif). Ishlab chiqarish va E. oʻrtasidagi teran ichki bogʻlanishlar ehtiyojlarning oʻsib borishi qonunida oʻz ifodasini topadi. Iqtisodiyotning butun tarixini eng oddiy E.dan tobora har tomonlama rivojlangan inson E.ining shakllanishiga oʻtish tarixi tarzida qarash mumkin.
№ 7) O`smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |