UDP (User Datagram Protocol — foydalanuvchi datagrammasi protokoli) — IP-bogʻlanish qilmasdan, tarmoq orqali maʼlumot joʻnatish transport protokoli. OSI modeli bosqichining eng oddiy protokoli hisoblanadi. TCP dan farqli ravishda u joʻnatilgan maʼlumotlarni yetib borishini taʼminlab bermaydi. UDP joʻnatilgan paketlarni yetib borgan yoki yetib bormaganligi haqidagi soʻrovni amalga oshirmaydi. Buni natijasida paketlar yoʻqolishi vujudga kelishi mumkin. UDP protokolining tezligi katta, agar bu protokolga ham TCP protokoliga oʻxshash soʻrovnoma xizmati qoʻshilsa uning tezligi katta hajmdagi maʼlumotlarni yuborish uchun yetarli boʻlmas edi. UDP protokilidagi paketlar yoʻqotilishi deyarli sezilmaydi, chunki katta hajmdagi video axborot ichidan mikro sekundlar yoʻqolganini inson koʻzi ilgʻamaydi. UDP protokoli katta hajmdagi maʼlumotlarni uzatishga moʻljallangan boʻlib , asosan togʻridan-toʻgʻri translyatsiyalarni, jonli efirlarni va katta hajmdagi video maʼlumotlarni yuborish uchun ishlatiladi.
Adabiyotlar
Xeld G. Texnologii peredachi dannыx. 7-ye izd. -SPb Piter, K.: Izd. Gruppa BHV, 2003
Kruk B.I. Telekommunikatsionnыe sistemы i seti. Sovremennыe texnologii. M: Goryachaya liniya – Telekom, 2003 god
www.ziyonet.uz
Stephan Rupp, Gerd Siegmund, Telecommunication Software Engineering - Lecture Notes. Edition: V 0.2,20/ http://www.srupp.de
G.J. Holzmann, Design and validation of computer protocols, Chapter 8-11, Prentice- Hall, 1991, ISBN 0-13-539925-4, http://www.spinroot.com/spin/Doc/Book91.html
15-laboratoriya ishi. UDP protokoli va ma’lumot uzatishni dasturlashdagi ahamiyati.
Ishdan maqsad: UDP soketlari va UDP segmentining strukturasini o‘rganib chiqish
Nazariy ma’lumotlar
UDP segmentning yig‘indi nazorati
UDP yig‘indi nazorati UDP sarlavha va UDP ma’lumotlarni o‘zida qamraydi. IP sarlavhadagi yig‘indi nazorati faqat IP sarlavhani qamraydi – u IP-paketda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni qamramaydi. Ham UDP, ham TCP o‘z sarlavhalarida ham sarlavhani, shuningdek ma’lumotlarni qamraydigan yig‘indi nazoratiga ega. UDP uchun yig‘indi nazorati majburiy emas, lekin TCP uchun yig‘indi nazorati majburiydir.
UDP yig‘indi nazorati IP sarlavha (ortiqcha to‘ldirilgan 16-bitli so‘z), yig‘indi nazoratiga o‘xshash xolda hisoblanadi, lekin faraqlanishi mavjud. UDP datagramma toq sonli baytlarga ega bo‘lishi mumkin, yig‘indi nazoratini hisoblashda esa 16-bitli so‘zlar qo‘shish kerak bo‘ladi. Bu xolda, datagramma oxiriga, agar yig‘indi nazoratini hisoblashga kerak bo‘lsa, to‘ldiruvchi nolli baytlar qo‘shiladi (to‘ldiruvchi baytlar uzatilmaydi).
Faqat yig‘indi nazoratini hisoblash uchun UDP va TCP da 12-baytli psevdosarlavhalar mavjuddir (UDP datagrammalarda va TCP segmentlarida). Psevdosarlavhalarda IP sarlavhalarning ayrim maydonlari bor. Bularning barchasi ma’lumotlar mo‘ljallangan punktga yetib borishini (IP mazkur qurilmaga mo‘ljallanmagan datagrammalarni qabul qilmaydi, va boshqa yuqori satxga mo‘ljallangan UDP datagrammalarni uzata olmaydi) ikki marta tekshirish uchun qilingan.
Agar UDP datagrammaning uzunligi toq bo‘lsa, yig‘indi nazoratini hisoblash uchun qo‘shimcha bayt talab qilinadi. Agar hisoblangan yig‘indi nazorati 0 teng bo‘lsa, u birlik bitlar (65535) sifatida saqlanadi, bu qiymatlar arifmetikadagi razryadlar bo‘yicha qo‘shishga (birni qo‘shish - ones-complement). ekvivalentdir. Agar uzatilgan yig‘indi nazorati 0 teng bo‘lsa, bu jo‘natuvchi yig‘indi nazoratini hisoblamaganligini bildiradi.
Agar jo‘natuvchi yig‘indi nazoratini hisoblagan bo‘lsa ham, lekin qabul qiluvchi xatolik mavjudligini aniqlasa, UDP datagramma yo‘q qilinadi, xatolik xaqidagi xabar generatsiyalanmaydi (agar IP satx IP sarlavha yig‘indi nazoratida xatolikni aniqlasa, xuddi shunda narsa bo‘ladi).
UDP ning yig‘indi nazorati jo‘natuvchi tomonidan hisoblanadi va qabul qiluvchi tomonidan tekshiriladi. Bu jo‘natuvchi va qabul qiluvchi orasidagi yo‘lda UDP sarlavhasi yoki ma’lumotlarda bo‘ladigan har qanday o‘zgarishlarni aniqlash imkonini beradi.
UDP uchun yig‘indi nazorati – majburiy parametr emasligiga qaramasdan, u hamma vaqt hisoblanishi kerak. 1980-nchi yillar oxirlarida kompyuter ishlab chiqaruvchilarining ayrimlari, UDP foydalanadigan, tarmoq faylli tizimi (NFS - Network File System) ishlash tezligini oshirish uchun, sukunat bo‘yicha UDP yig‘indi nazorati hisoblanishini uzib qo‘yishdi. Bu bitta lokal tarmoqda bo‘lishi mumkin, unda kanal satxida freymlar uchun ortiqchali siklik kod hisoblanadi, datagramma marshrutizatorlar orqali o‘tayotganda, uning yordamida freymning buzilishini angiqlash mumkin. Dasturiy yoki apparatli ta’minotda xatoliklari bo‘lgan marshrutizator mavjuddir va ular o‘zlari marshrutlaydigan datagrammalardagi bitlarni o‘zgartiradi. Bu xatoliklar, agar yig‘indi nazorati o‘chirilgan bo‘lsa, UDP datagrammalarda aniqlanishi mumkin emas. Shuningdek quyidagini belgilash mumkin, kanal satxining ayrim protokollari (masalan, SLIP) kanaldagi ma’lumotlar uchun yig‘indi nazoratini hisoblash biron bir shakliga ega emas.
Internet-ilovalar va ular bilan bog‘liq UDP portlari
Ilova
|
Amaliy satx protokoli
|
Transport satxi protokoli
|
Port
|
Email
|
SMTP
|
TCP
|
|
WWW
|
HTTP
|
TCP
|
|
File transfer
|
FTP
|
TCP
|
|
Remote File server
|
NFS
|
UDP
|
|
IP telefoniya
|
H.323
|
UDP
|
1719
|
IP telefoniya (IMO, Skype)
|
SIP
|
UDP
|
5060
|
Domain Name Service
|
DNS
|
UDP
|
53
|
Simple Network Management Protocol
|
SNMP
|
UDP
|
161
|
Do'stlaringiz bilan baham: |