Guruh F. Ish ball



Download 363,58 Kb.
bet5/9
Sana03.06.2022
Hajmi363,58 Kb.
#631082
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-12-13-14-15-laborat ishlari

Hisobotning tuzilishi

  1. Ishning nomi.

  2. Ishdan maqsad.

  3. Nazariy ma’lumotlar.

  4. Nazorat savollariga javoblar.

Nazorat savollari.

1. Tarmoq sathini tushuntiring.


2. Ma’lumotlarni ishonchli uzatishni asosiy qoidalari.


3. TSR – ulanishni tushuntiring.
4. TSR- segment tuzilmasi.
5. TSR –ulanishni boshqarish.


Adabiyotlar

  1. Xeld G. Texnologii peredachi dannыx. 7-ye izd. -SPb Piter, K.: Izd. Gruppa BHV, 2003

  2. Kruk B.I. Telekommunikatsionnыe sistemы i seti. Sovremennыe texnologii. M: Goryachaya liniya – Telekom, 2003 god

  3. www.ziyonet.uz

  4. Stephan Rupp, Gerd Siegmund, Telecommunication Software Engineering - Lecture Notes. Edition: V 0.2,20/ http://www.srupp.de


14-laboratoriya ishi. UDP protokolining dasturlashdagi ahamiyatini o’rganish.


Ishdan maqsad: UDP soketlari va UDP segmentining strukturasini o‘rgnib chiqish
Nazariy ma’lumotlar
UDP segmentining strukturasi
UDP protokoli IP protokoliga asoslanadi va amaliy jarayonlarga transport xizmatlarini taqdim etadi. U ma’lumotlarni kafolatlanmagan yetkazilishini ta’minlaydi, ya’ni ularni olinganligi tasdiqlanishini talab qilmaydi, shuningdek axborot manbai va qabullovchi orasida, ya’ni UDP modullari orasida ulanish o‘rnatilishini talab qilmaydi.
UDP protokoli transport satxi xizmatlarining minimal to‘plamini kafolatlaydi, jumladan:
-jarayonlar orasida ma’lumotlar almashtirish xizmati;
-xatoliklarni nazoratlash.
UDP protokoli trafikni nazoratlamaydi –ma’lumotlar keraklicha davomli vaqtda istalgan tezlikda uzatilishi amalga oshiriladi.
Internet – ilovalar ishlab chiqaruvchilari uchun UDP protokoli TSP protokoliga qaraganda quyidagi to‘rtta afzalliklarga ega:
-ulanish o‘rnatilishi protsedurasi mavjud emas – uzatish jarayoni kechikishi kamayadi; satxlaridaamalga oshirilishi va ular bilan bog‘langan UDP portlarga misollar keltirilgan
-ulanish xolati xaqida axborot mavjud emasligi - UDP server TSR serverga nisbatan ko‘proq mijozlarga xizmat ko‘rsatishi mumkin;
-sarlavha o‘lchamining katta emasligi - UDP 8bayt, TSR 20bayt;
-ilova tomonidan ma’lumotlar uzatilishi boshqarishining yaxshilangan mexanizmi – real vaqt ilovasi ma’lumotlar uzatilish minimal tezligiga cheklao‘ qo‘yishi – tovushli paketning kechikishi <150ms.
UDP protokoli IP protokoliga asoslanadi va amaliy jarayonlarga IP protokoli xizmatlaridan kam farqlanuvchi transport xizmatlarini taqdim etadi.
IP-paket sarlavhasiga UDP protokoli UDP-paket sarlavhasi ko‘ringishida xizmat axborotini qo‘shadi.
Jo‘natuvchi porti(SourcePort) –maydon deytagramma uzatgan ishchi stansiyaning portini ko‘rsatadi. Shu portga javob deytagrammani yuborish lozim. Agar mazkur maydondan foydalanilmasa, u nollar bilan to‘ldiriladi.
Qabul qiluvchi porti (Destination Port) – maydon paket yetkaziladigan ishchi stansiya portini identifikatsiyalaydi.
TCP/IP bazasidagi Internet mijoz/server muhitida, server amaliy satx protokolini hisobga olib portlarni belgilaydi, bu mijoz satxida bajariladi. Port nomeri – bu 0 dan 65 536 gacha diapazondagi 16-bitli kattalikdir. Umumiy ma’lum portlar tizimiy jarayonlar yoki amaliy dasturlar tomonidan foydalaniladi, 0 dan 1 023 gacha diapazondagi sonlar bilan nomerlanadi. Masalan, 25 port - SMTP (Pochtani jo‘natish oddiy protokoli) protokoli, 80 port – HTTPprotokoli.
16.3-rasmda UDP deytagrammada port nomerining grafik talqini keltirilgan.


14.1-rasm. UDP deytagrammada port nomeri.


Internet-ilovalar va ular bilan bog‘liq UDP portlari

Ilova

Amaliy satx protokoli

Transport satxi protokoli

Port

Email

SMTP

TCP




WWW

HTTP

TCP




File transfer

FTP

TCP




Remote File server

NFS

UDP




IP telefoniya

H.323

UDP

1719

IP telefoniya (IMO, Skype)

SIP

UDP

5060

Domain Name Service

DNS

UDP

53

Simple Network Management Protocol

SNMP

UDP

161

Uzunlik (Length) –bu maydon xam sarlavha, ham ma’lumotlarni hisobga olib, oktetlarda UDP-paket uzunligi xaqida axborot beradi. Uzunlikning minimal qiymati sakkizga teng.
Yig‘indi nazorat(Checksum) - bu maydon paket sarlavhasi, psevdosarlavha va paketdagi foydali yuklama maydoni ma’lumotlarini to‘g‘ri uzatilishini tekshiradi. Agar ushbu maydondan foydalanilmasa, ular nollar bilan to‘ldiriladi.
Qabul qilayotgan ishchi stansiyada realizatsiyalangan IP modul, agar paket sarlavhasida yuqori satx protokoli UDP protokoli ekanligi ko‘rsatilsa,IP modul tarmoqdan kelayotgan IP-paketni UDP modulga uzatadi. IP moduldan UDP modul paket olganida, u paket sarlavhasida mavjud yig‘indi nazoratni tekshiradi. Agar yig‘indi nazorat nolga teng bo‘lsa, demak, uzatuvchi uni hisoblamagan bo‘ladi. UDP va TCP protokollarida yig‘indi nazoratni hisoblash bir algoritmda bajariladi (RFC-1071), lekin UDP-paket uchun uni hisoblash mexanizmi ayrim o‘ziga xos xususiyatga ega. Xususan, UDP-deytagramma toq sonli baytlarga ega bo‘lishi mumkin, bu xolda unga, algoritmni unifikatsiyalash uchun, xech qaerga uzatilmaydigan nolli bayt qo‘shiladi.
UDP protokoli xaqida batafsilroq axborotni RFC-768 topish mumkin.



Download 363,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish