221-21guruh Abdusalomov Shahzod
1. Qaysi hodisada hujayra tarkibidagi suv tashqariga chiqib ketishi
natijasida uning tarangligi yo'qoladi?
A) plazmoliz B) gidroliz
C) deplazmoliz D) fotoliz
2. Deplazmoliz nima?
A) hujayra tarkibidagi suvning tashqariga chiqishi
B) plazmolizga uchragan hujayra tarangligining yo’qolishi
C) tarangligini yo'qotgan hujayraning avvalgi holatga qaytishi
D) quyosh nuri ta'sirida suvning parchalanishi
3. ATF molekulasining tarkibida azotli asos (1) va pentoza (2)ning
qaysi turi bo'ladi?
A) 1-uratsil, 2-dezoksiriboza
B) 1-guanin, 2-riboza
C) 1-adenin, 2-riboza
D) 1-adenin, 2-dezoksiriboza
4. Energiya almashinuvi jarayonining tayyorgarlik davrida
ajralgan energiya ...
A) issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi
B) ATF sifatida to'planadi
C) ADF sifatida to'planadi
D) NADF sifatida to'planadi
5. O'simliklarda, achitqi zamburug'larda, mikroorganizmlarda
o'tadigan glikoliz jarayoniga xos umumiylikni aniqlang.
A) barcha hollarda bir molekula glukozaning parchalanishi ikki molekula ATFning hosil bo'lishi bilan boradi
B) umumiylik yo'q
C) barcha hollarda glikoliz mitoxondriyalarda sodir bo'ladi
D) barcha hollarda bir molekula glukozaning parchalanishi sut
kislota va 36molekula ATFning hosil bo'lishi bilan boradi
6. Fotosintezda kuzatiladigan jarayon va uning ahamiyatini aniqlang.
a) yorug'lik energiyasining kimyoviy energiyaga aylanishi;
b) karbonat angidrid bilan suvdan organik birikma hosil bo'lishi;
c) sintezlangan anorganik birikmalar energiya manbai bo'lib
xizmat qilishi;
d) atmosfera erkin kislorod bilan boyishi;
e) sintezlangan organik birikmalar organizmlar uchun ozuqa va
energiya manbai bo'lib xizmat qilishi;
f) quyosh energiyasi mexanik energiyaga aylanishi;
j) karbonat angidrid bilan kisloroddan organik birikma hosil
bo'lishi
A) a, b, c, d B) a, b, d, e
C) c, d, e, f D) d,e,f,j
7. Xloroplastlarda o'simlik mitoxondriyalariga nisbatan necha
marta ko'p ATF sintezlanadi?
A) 10 B) 30 C) 18 D) 6
8. Qaysi organizmlarda oziqlanish oziq moddalarning hujayra
qobig'i orqali shimib olinishi bilan kechadi?
A) prokariot B) virus C) fag D) tufelka
9. Qaysi organizmlar ikkiga bo'linish yo'li va gormogoniyalar
yordamida ko'payadi?
A) ko'k-yashil suvo'tlar
B) bakteriyalar
C) zamburug'lar
D) lishayniklar
10. Bir va ko'p hujayrali organizmlar orasida turuvchi
organizmlarni aniqlang.
A) zamburug'lar
B) koloniya holda yashovchi o'simliklar
C) yo'sinlar
D) lishayniklar
11. DNK molekulasi muayyan fragmentining uzunligi 73,1 nm ga
teng. DNK molekulasisidagi nukleotidlar orasidagi masofa 0,34
nm ga teng bo'lsa, ushbu fragmentda nechta nukleotid bor?
A) 215 B) 430 C) 305 D) 21,5
12. Qizil qon hujayralarning og'irligi qancha?
A) 10-9g B) 10-8g C) 10-6mg D) 10-9 mg
13. Silliq membranali zich joylashgan sistemalardan iborat
vakuolalar va kichik pufakchalarni hosil qiluvchi organoidni
aniqlang.
A) lizosoma B) Golji majmuasi
C) ribosoma D) mitoxondriya
14. Qaysi organoidda monosaxarid va disaxaridlardan kraxmal
hosil bo'ladi, oqsil va moylar to'planadi?
A) xloroplastlarda
B) leykoplastlarda
C) silliq endoplazmatik to'rdat
D) donador endoplazmatik to'rda
15. Qaysi organoidning g'ovak membranalari hisobiga vakuolalar
hosil bo'ladi?
A) endoplazmatik to'r
B) lizosoma
C) hujayra markazi
D) mitoxondriya
16. Katalizator yoki tashish vazifasini bajaruvchi (I), tuzilmalar
hosil qiluvchi (II), axborot saqlovchi (III) biopolimerlarni
aniqlang.
a) lipid; b) oqsil; c) nuklein kislota; d) gormon; e) polisaxarid; f)
aminokislota
A) I-b; II-b, e; III-c
B) I-d; II-e, b; III-f
C) I-a; II-e; III-b,c
D) I-e; II-a, b; III-d
17. Noto'g'ri fikrni toping.
A) o'simlik hujayralarida uglevodlar ko'p
B) hayvon hujayralarida nuklein kislotalar ko'p
C) viruslar oqsil va nuklein kislotalardan iborat
D) hayvon hujayralarida oqsillar, o'simlik hujayralarida
uglevodlar ko'p
18. O'simlik va hayvonlar qaysi moddadan suvni yuqtirmaslik
maqsadida foydalanadi?
A) yog' B) moy C) mum D) kraxmal
19. Membranalarning hosil bo'lishida muhim ahamiyatga ega
bo'lgan moddani aniqlang.
A) fosfolipid B) nukleoprotein
C) selluloza D) xitin
20. Organizmlarning yashashi, o'zini-o'zi yangilashi, o'ziga
o'xshash nasl qoldirishi uchun zarur bo'lgan shartni aniqlang.
A) moddalar almashinuvi
B) assimilatsiya
C) dissimilatsiya
D) plastik almashinuv
21.Barcha tirik organizmlar energiyani olish turiga qarab qanday
guruhlarga bo'linadi?
A) avtotrof, geterotrof B) avtotrof, fototrof
C) aerob, anaerob D) saprofit, parazit
22. Oqsilning tarkibi 90 aminokislotadan iborat. Agar nukleotidlar
orasi 0,34 nm bo'lsa, yuqoridagi oqsilni sintezlovchi DNK
fragmentida nechta nukleotid bor va uning uzunligi qancha?
A) 270; 91,8 nm B) 540; 918 nm
C) 270; 30,6 nm D) 540; 91,8 nm
23. Qaysi hujayralar tarkibida silliq endoplazmatik to'r yaxshi
rivojlangan?
1) yog' bezlari; 2) epiteliy; 3) jigar hujayralari;
4) eritrotsitlar; 5) o'simlik urug'i
A) 1,3,5 B) 2,4,5 C) 1,3,4 D) 1,2,3
24. O'simlik hujayralarida vakuolalar nimadan hosil bo'ladi?
A) lizosomadan
B) endoplazmatik to'rning g'ovak membranalaridan
C) Golji majmuasidan
D) plastidalardan
25.Axborot tashuvchi RNK tarkibida nukleotidlar quyidagi
nisbatda uchraydi: guanin—31, uratsil-19, sitozin-21, adenin-29.
Mazkur i-RNK molekulasi asosida uning sintezida ishtirok etgan
DNK molekulasining tarkibidagi nukleotidlar miqdorini aniqlang.
A) T=48; A=48; G=52; S=52
B) T=29; A=19; G=21; S=31
Do'stlaringiz bilan baham: |