Guruh: 911-17 (302) Mavzu: Stol tennisi o’yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi. Bajardi



Download 89,04 Kb.
bet20/21
Sana29.12.2021
Hajmi89,04 Kb.
#74674
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Stol tennisi o’yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi.

Musobaqalarni tashkil qilish

Sport musobaqalari talabalarga stol tennisi o‘rgatishning tarkibiy qismidir. Ular talabalarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini, mahoratini oshiradi, ruhiy, psixologik holatini mustahkamlaydi, jismoniy tayyorgarligi va malakalarini takomillashtiradi. Musobaqalar o‘tadigan muhit, tomoshabinlar va hakamlar ishtiroki talabalardan qat’iy tartib-intizom, iroda, g‘alabaga bo‘lgan ishonch, jamoani qo‘llab-quvvatlash kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.

Sport musobaqalari talablari dastur, maqsad, vazifalar, musobaqalarning o‘tkazilish joyi va vaqti, komandalar va ishtirokchilar tarkibiga qo‘yilgan talablar, natijalarni qayd etish va g‘oliblarni taqdirlash sharoitlari, ishtirok etish uchun taqdim etiladigan arizalar haqidagi hujjatdir. Tasdiqlangandan so‘ng ushbu talablar yangi o‘quv yili boshlanishiga qadar talabalar e’tiboriga havola etiladi.

Sport tadbirlarining kalendar-rejasi o‘quv yili uchun mo‘ljallangan musobaqalarning o‘tkazilish joyi va vaqti, komandalar va ishtirokchilar tarkibi va tashkilotchilar haqida ma’lumotlar to‘plangan hujjatdir.

Sport tadbirlarining tantanali qismi tugaganidan so‘ng sport hakamlari sportchilarni musobaqalar o‘tkaziladigan joyga olib boradilar.

Musobaqalar natijalarini qayd etish sport tadbirlarining yakuniy bosqisidir. Musobaqalar ta’sirchanligini oshirish, talabalar taassurotlarini kuchaytirish uchun tantanali yopilish marosimi o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. G‘oliblarni taqdirlash har bir mashq turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar so‘nggida o‘tkaziladi. Buning uchun sekretariat natijalarni qayd etadi, g‘oliblarni taqdirlash uchun medallar, jetonlar, faxriy yorliqlar va sovrinlarni tayyorlaydi.

Musobaqalar g‘oliblarning tantanali paradi bilan yakunlanadi. Diktor g‘oliblar va sovrindorlarni, shuningdek, sovrinlarni taqdim etuvchi shaxslarni e’lon qiladi.

Xulosa

Stol tennisi o‘yinining uslubiy asoslari bilan tanishib chiqqan holda zarur bilimlarga ega bo‘ldingiz va rasmiy musobaqalarda ishtirok etish uchun tennis stoli yoniga kelishga tayyorsiz, deb umid qilamiz.

Lekin tezda muvaffaqiyatga erishishga umid qilmang. Avvalambor, ko‘p va astoydil mashq qilish, barcha ko‘rsatmalarga amal qilish, texnika va taktikadagi xatolarni e’tiborga olish va tuzatish kerak. Mashqlar vaqtida o‘zingizdagi mehnatsevarlik, tartib-intizom, intiluvchanlik fazilatlarini shakllantirishga harakat qiling. Hisob uchun o‘ynayotgan vaqtingizda oson, tezkor g‘alabaga umid qilmang, lekin o‘zingizni mag‘lubiyatga tayyorlamang. Ko‘p hollarda o‘yinchilar texnika va taktikadagi ishonchsizliklari evaziga mag‘lubiyatga uchrashadi. Musobaqalarda ham xuddi mashqlardagi kabi o‘zingizga ishonch bilan, sokin, bardam o‘ynashga harakat qiling.

Raqibingiz sizdan ko‘ra kuchliroq ekanini bilsangiz ham, o‘yin oxirigacha kurashishga, imkoniyatlaringizni qo‘ldan bermaslikka harakat qiling. Doimo ziyrak

bo‘ling, ayniqsa, ochko o‘ynalayotgan vaqtda o‘zingizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmang. Faqat koptokning emas, balki raqibingizning harakatlarini ham ko‘zdan qochirmang.

Hisobda oldinda borayotgan vaqtingizda diqqatingizni jamlang, ziyraklikni qo‘ldan bermang. Ba’zi hollarda o‘yinchilar g‘alaba qilishlariga ishonib, bo‘shashadilar, bunday hollarda hatto tajribali o‘yinchilar ham mag‘lubiyatga uchragan holatlar bo‘lgan.

Ochko yutsangiz ham, ochko yutqizsangiz ham hissiyotlaringizni jo‘shqin namoyish etmang – bu o‘yinga halaqit beradi. O‘ta xursand bo‘lish yoki o‘ta xafa bo‘lish o‘yin natijalariga ta’sir ko‘rsatadi.

Mag‘lubiyatingiz sababini atrofdagilardan emas, o‘zingizdan izlang. O‘zingizni mag‘lub deb tan olishga o‘rgating, qadr-qimmatingizni erga urmang.

Raqibingiz ustidan g‘alaba qozonib, g‘ururlanmang. Esingizda bo‘lsin: g‘alabada hissiyotlaringizni jo‘shqin namoyish etish raqibingizga nisbatan adolatsizlik bo‘ladi. Raqibning qadr-qimmatini erga urish mumkin emas. Aks holda do‘st va yaxshi raqibni yo‘qotib qo‘yish mumkin. Mag‘lubning do‘sti bo‘lib qolish eng yaxshi fazilatdir, chunki bugun siz g‘olib bo‘lsangiz, ertaga raqibingiz g‘olib bo‘lishi mumkin.

Raqibingizni, u qanday o‘ynashidan qat’iy nazar, doimo hurmat qiling. Raqibingizning texnika va taktikasi zaif bo‘lsa, unga nisbatan mensimaslik qilib, beparvolik bilan o‘ynamang.

Mustaqil yurtimiz kelajagi buyuk bo‘lishi eng avvalo uning farzandalari salomatligiga bog‘liq uning eli sog‘lom yurt qudratli va boy bo‘ladi. Boy mamlakatning eli sog‘lom bo‘ladi. Kunlar o‘tgan sayin mustaqil O‘zbekiston nomini dunyoga ko‘proq, tez–tez esga solmoqda xududida bayrog‘imiz hilpiragan, madhiyamiz yangragan davlatlar soni o‘sib bormoqda, millionlab odamlar zamonaviy ma’naviyatga intilayotgan yangi mamlakatni o‘zlari kashf etishyapti bularning hammasi davlatimiz rahbarining barcha sohada, shu jumladan sportda yurgizayotgan odil siyosatning mevasidir. I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini nishonlash chog‘ida aytgandek, «Aholi salomatligini mustahkamlash – oliy, adabiy qadriyatlar»: davlatimizning jismoniy tarbiya va sport muammolariga ajrayotgan diqqat e’tirofi tasodifiy emas. Davlat mustaqilligi e’lon qilingandan so‘ng yarim yil ham o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashi 1992 yil 14 yanvarda «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida» qonun qabul qilindi. Qonun jismoniy tarbiya va sport faoliyati sohasidagi jamoat munosablarini boshqarish vositasiga aylandi. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish va sport ishini yuksaltirishning huquqiy kafolatini yaratishga qaratilgan. «Sog‘lom avlod uchun» orderi va jamg‘armasini ta’sis etish, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi maxsus qarorlar chiqarish kabi prezident va hukumatining muhim choralari jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishda ulkan ahamiyatga ega bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda Respublikaning barcha hududlarida geografik tuzilishlarga nisbatan o‘zlariga xos turli tuman iqlim sharoitlari mavjud. Yilning barcha fasllarida jismoniy tarbiya va sport sayohat va xalq milliy o‘yinlari bilan shug‘ullanish imkoniyatlari yaratilgan. Tabiat in’om etgan yaxshi iqlim kunlaridan bolalar yoshlar va umuman barcha yoshdagi kishilar ochiq havzada sayr qilish, futbol o‘ynash, yugurishlar, bokslashishda turli milliy harakatli o‘yinlar bilan 49 shug‘ullanishga odatlanmoqda. Respublikaning boshqa viloyatlarida kurash, ot o‘yinlar, (ko‘pkari, poyga) va boshqa o‘yinlar. O‘zbeklar milliy harakatli o‘yinlar bilan barcha fasllarda yurtimizning iqlim sharoitlari va ularning o‘zgarib turish sabablarini yaxshi bilishlari maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda jismoniy tarbiya daslarida va sinfdan tashqari sog‘lomlashtirish tadbirlarida maktab o‘quvchilarini sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda milliy harakatli o‘yinlar keng rivojlangan bu milliy harakatli o‘yinlar hozirgi kunda juda ommaviylashib bormoqda va bu esa o‘quvchilarni tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir.


Download 89,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish