Guruh: 7A – 18 kem bajardi: Ummatov J. Qabul qildi



Download 28,71 Kb.
bet1/4
Sana13.07.2022
Hajmi28,71 Kb.
#790383
  1   2   3   4
Bog'liq
1. Qirg’in qurollari tasnifi Qirg’in qurollari turlari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNVERSITETI OLMALIQ FILIALI

Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi


Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan

MUSTAQIL ISH




Guruh: 7A – 18 KEM
Bajardi: Ummatov J.
Qabul qildi: Qo‘chqorova N. 


Olmaliq 2021-2022
Ommaviy qirg’in qurollari va ular bilan bog’liq vaziyatlar
Reja:
Kirish
1.Qirg’in qurollari tasnifi
2.Qirg’in qurollari turlari
3.Zamonaviy oddiy qirg’in qurollari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Qirg`in qurollari dеganda juda katta vayrongarchilik va yalpi yo’q qilish uchun mo`ljallangan qurollar tushuniladi. Bunday qurollar qatoriga yadroviy , kimyoviy, biologik qurollar kiradi.
Qirgin qurollari nafaqat insoniyatniva hayvonlarni, balki atrof-muhitni, o’simlik dunyosini, inshootlarni, moddiy boyliklarni shikastlantiradi. Bunda albatta, zararlanish darajasi, qirg`in qurollarining turiga, xususiyatlariga bog`liq. Jumladan, yadroviy qurollar tirik mavjudodlarni ham, jamiki inshootlar, tеxnikalarni ham qattiq shikastlantiradi.
Yadro qurolining ta’siri yadro reaksiyasi, ya’ni parchalanish-sintez yoki bu ikkalasining baravar ro’y berishi natijasida yadro ichidan ajralib chiqadigan energiyadan foydalanishga asoslangan.Yadro qurolining quvvati trotil ekvivalenti, ya’ni trotil zaryadining vazni bilan ifodalanadi.Trotil zaryadining portlash energiyasi yadro qurolining portlash energiyasiga teng.Portlash markazining yer (suv) sathiga nisbatan joylashishiga qarab havoda portlash, yerda portlash, yer ostida portlash, suv ustida portlash va suv ostida portlashlar farq qilinadi.Bu turdagi portlashlarning har biri obyektlarga o‘ziga xos ravishda shikastlovchi ta’sir ko’rsatadi.
Havodagi yadroviy portlash — bunda portlash havoda sodir bo‘ladi, yorug‘lik sohasi yer yuzasiga tegmaydi. Havodagi portlash yuqorida yoki pastda bo‘lishi mumkin. Pastdagi yadroviy portlashda ko‘tarilayotgan chang ustuni portlash buluti bilan tutashadi va natijada qo‘ziqorinsimon bulut hosil bo‘ladi. Havoda sodir bo‘ladigan yuqori portlashda chang ustuni portlash buluti bilan tutashmaydi.Havodagi yadroviy portlash qisqa vaqt, ko‘zni qamashtiradigan yorug‘lik tarqalishi bilan sodir bo‘ladi. Shundan so‘ng sfera shaklidagi yoritilgan soha paydo bo‘ladi. Undagi harorat bir necha million gradusga yetadi.Yoritilgan soha yorug’lik nurlanishi manbayi bo’lib xizmat qiladi.
Yer yuzasidagi yadroviy portlash deb, yer yuzasidan uncha baland bo’lmagan havodagi portlashga aytiladi, bunda yoritilganlik sohasi yer yuzasi bilan kesishib, yarim sfera shaklida bo’ladi.Yer yuzasida portlashdan chuqurlik hosil bo’ladi.Chuqur o’lchamlari portlash quvvatiga bog’liq bo’lib, bir necha yuz metrgacha yetishi mumkin.
Yer ostidagi yadroviy portlash deb, yer ostida o‘tkazilgan yadroviy portlashga aytiladi.Bunday portlashda yoritilganlik sohasi kuzatilmasligi mumkin. Bunda tuproqqa katta bosim beriladi, hosil bo‘lgan zarba to‘lqini yer qimirlashiga o‘xshash tebranish hosil qiladi. Portlash sodir bo‘lgan joyda katta chuqur hosil bo‘ladi, uning o‘lchamlari portlash quvvati va tuproq turiga bog‘liq. Chuqurdan ko‘p miqdordagi tuproq qavati radioaktiv moddalar bilan atrofga sochiladi. Portlash ustuni bir necha yuz metrgacha yetadi.
Suv ustida sodir bo‘ladigan yadroviy portlash tashqi ko‘rinishiga ko‘ra yer ustida sodir bo‘ladigan portlashga o‘xshaydi. Suv ostidagi yadroviy portlash suv ostida sodir bo‘ladi, bunda yoritilganlik sohasi ko‘rinmaydi. Suv yuzasida balandligi bir kilometrga yetadigan qo‘ziqorinsimon bulut hosil bo‘ladi. Suvning yerga qayta tushishi natijasida radioaktiv tuman hosil bo‘ladi. Keyinchalik suvli bulut paydo bo‘lib, undan radioaktiv yomg‘ir yog‘adi.
Yadroviy qurolning shikastlovchi omillari: portlash to‘lqini yoki zarba to‘lqini, yorug‘lik nurlanishi, o‘tuvchan radiatsiya, joylarning radioaktiv moddalardan zararlanishi, elektrmagnit impulsidan iborat.
Zarba (portlash) to‘lqini portlash markazidan har tomonga tovush tezligidan ham qattiq tezlikda tarqaladigan, juda katta bosimda siqilgan havo zonasidan iborat.Zarba to‘lqini dastlabki 1000 metrni 2 soniyada, 2000 metrni 5 soniyada, 3000 metrni 8 soniyada bosib o‘tadi, shu vaqt orasida odam osmonda yorug‘ shu’lani ko‘rishi bilan yashirinishga ulguradi va zarba to‘lqini shikastlashidan saqlanib qoladi.
Kimyoviy qurol ham ko‘plab shikast yetkazish vositalari jumlasidandir. Kimyoviy qurolning ta’siri zaharlovchi moddalarning jangovar xossalaridan foydalanishga asoslangan, zaharlovchi moddalar esa odamlarni, hayvonlarni shikastlaydi, joyni, suv havzalari va o‘simliklarni zaharlaydi. Zaharlovchi moddalar raketa, aviatsiya, artilleriya, maxsus kimyoviy asboblar yordamida ishlatilishi mumkin.


Download 28,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish