Guruh 19-17 Eshalova Matluba O‘tmishdan ertaklar (tahlili)



Download 17,59 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi17,59 Kb.
#472108
Bog'liq
5 topshiriq nutq madaniyati 6a6e9508cb0d9eb1bef5cab13649cf1d


Guruh 19-17 Eshalova Matluba


O‘tmishdan ertaklar» (tahlili) 
«O‘tmishdan ertaklar» yozuvchi ijodining qissasi o‘ziga xos yakuni, so‘nggi cho‘qqisi bo‘ldi.
Garchi «O‘tmishdan ertaklar»dan keyin ham bir qator hikoyalar, «Muhabbat» qissasi yaratilgan, ularda qahhorona bitilgan satrlar bo‘lsa-da, badiiy yetuklik jihatidan ,,O‘tmishdan ertaklar» bilan tenglasha olmaydi.
,,O‘tmishdan ertaklar» muallifning bolalikda ko‘rgan-kechirganlari haqidagi avtobiografik asar, biroq o‘zbek adabiyotidagi mavjud avtobiografik asarlardan, jumladan, zamondoshi Oybekning «Bolalik» qissasidan keskin farq qiladi. «Bolalik»da lirik talqin, hodisalarni shoirona idrok etish ustun. Bola obrazi Oybek qissasida birinchi planda ko‘rinsa, uning ko‘rgan-kechirganlari, sarguzashtlari, shu kechinmalari tufayli murg‘ak qalbda tug‘ilgan rang-barang tuyg‘ular ifodasi asar asosini tashkil etsa, ,,O‘tmishdan ertaklar»da bola Abdulla obrazi orqa o‘rinda turadi, u asosan «kuzatuvchi», «guvoh», «xolis hikoyachi» tarzida beriladi; yozuvchining asosiy diqqat-e’tibori bola guvohligida oilada, oila tevaragida yuz bergan voqealarni-turmushning obyektiv lavhalarini chizishga qaratilgan. Bu qissada ham yozuvchi hikoyanavisligicha qoladi, oxirgi «Qo‘qon xarobalari orasida» bobini mustasno etganda, qissaning sarlavhalangan deyarli har bir bobi tugal hikoyadir, aniqrog‘i ular fojiali ruhdagi voqeiy novellalardir. Yozuvchi bu asarida real hayotda ko‘rgan-kechirganlaridan «badiiy to‘qima»-ijodiy fantaziyalarsiz yetuk hikoya-tugal san’at asari yaratishning , real hayot «haqiqatini dildan o‘tkazish, unga ko‘ngildagi gaplarni singdirish»ning ajoyib namunalarini berdi. Umr bo‘yi adibga tinchlik bermagan, butun ijodida temirchi o‘chog‘idagi cho‘g‘dek yallig‘lanib turgan inson sha’ni, qadri bilan bog‘liq alamli o‘y-tuyg‘ular, jaholatga qarshi isyon bu qissada adibning so‘nggi faryodi-fig‘oni kabi yangradi.
Ayni shunday asarni ayni 60-yillar o‘rtasida yaratilish sababi nimada? ,,O‘tmishdan ertaklar» shunchaki adabiyotdagi an’ana ta’sirida muallifning bolalik xotiralarini qog‘ozga tushirish niyatida vujudga kelganmi? Nega bu asar adabiyotdagi mavjud bolalik qissalaridan farqli o‘laroq, asosan, xo‘rlangan. sha’ni toptalgan kimsalar, jaholat qurbonlari haqidagi hikoyalardan iborat bo‘lib chiqdi? Buning sabablarini. jumladan, yozuvchining asar yozilish oldidagi ruhiy holati, kayfiyatlaridan izlash darkor. Adibning o‘sha kezlarda yon daftarda yozib qoldirgan qaydlaridan birida shu so‘zlarni o‘qiymiz:
«Mamlakatimizda Stalindan so‘ng uzundan uzun momaqaldiroq bo‘lib o‘tdi. Bu momaqaldiroqning birinchi sadosi xalqlar ko‘nglida juda katta orzu-umidlar uyg‘otdi, xalqlar buning ketidan keladigan obi rahmatni kutdi, biroq momaqaldiroq, shamol-to‘polon ko‘tardi-yu, obi rahmatdan bir tomchi ham tommadi».
Darhaqiqat, Stalin vafotidan so‘ng momaqaldiroq sadosi tufayli ko‘plar qatori yozuvchi ko‘nglida katta orzu-umidlar uyg‘ondi, odamlar qullik. mutelik zanjirlaridan xalos bo‘lishga, o‘z sha’ni, erki uchun dadil kurash yo‘liga kirishiga umid bog‘ladi. Adibning bu orzu-umidlari ..Ming bir jon», «Sinchalak» kabi asarlarida, romantik ruhdagi qahramonlarida muayyan darajada ifodasini ham topdi. Biroq bu umid-ishonchlar sekin-asta yo‘qqa chiqa bordi; chunki totalitar rejim mohiyat-e’tibori bilan o‘zgarishsiz qoldi, inson haq-huquqini, erkini, sha’nini toptash davom etdi, ijtimoiy adolat yo‘lida kurashga otlanganlar ta’qib, tazyiq ostiga olindi; jumladan, yozuvchining har bir haq gapi, dadil chiqishi qattiq qarshiliklarga uchradi. Itoatkor, mute olamon, maddoh qalamkashlar rahbariyat, totalitar rejim siyosatini ko‘r-ko‘rona olqishlar bilan qo‘llab-quvvatlashda davom etdi. Adibning yaqin safdoshlari dildan uining tomonida tursalar-da, ko‘p hollarda, qaltis daqiqalarda oshkora himoya qilishga jur’at etolmadilar, shunchaki ko‘ngil so‘rash bilan cheklandilar, sukut saqlashga majbur bo‘ldilar. Yozuvchi bu telba dunyoning bu xildagi telbaliklaridan iztirobda yurdi. «Tobutdan tovush» komediyasi tevaragidagi mashmashalar payti bu hol yaqqol namoyon bo‘ldi. Ana shunday kezlarda tug‘ilgan ,,O‘tmishdan ertaklar»da o‘z-o‘zidan adibning kayfiyatiga mos kechmishining g‘am-g‘ussaga tola malomatli lavhalari qog‘ozga tushishi tabiiy edi; asarda yarim asr burungi voqealar oltmish yosh bo‘sag‘asida turgan adibning og‘ir ruhiy kayfiyatlari-armonlari, alamli o‘y-tuyg‘ulari izhori uchun qulay vosita xizmatini o‘tadi. ,,O‘tmishdan ertaklar» nafaqat yozuvchi ijodiy bisotidagi. balkim XX asr o‘zbek adabiyotidagi Cho‘lpon lirikasidan keyingi eng fojeiy, eng g‘amgin, eng mungli asardir. Qissaga A.Oripovning «Munojot» she’ridagi :
«Eshilib. to‘lg‘anib, ingranadi kuy.
Asrlar g‘amini so‘zlar «Munojot».
Kuyi shunday bo‘lsa, g‘amning o‘ziga
Qanday chiday olgan ekan odamzod»
degan satrlari epigraf-bosh so‘z qilib olinganligi bejiz emas. Asar qo‘lyozmasi bilan tanishgan yetuk tanqidchilardan biri muallifga «Juda zulmat-ku, kitob o‘quvchida og‘ir taassurot qoldirmas-mikin?» deya e’tiroz bildiradi. Muallif buni tan oladi, asar xususida bundan ham keskinroq ta’nalar aytilishini biladi, biroq, baribir, o‘z ijodiy aqidasiga sodiq qoladi, o‘shanday kishilar ko‘ngli uchun asarga avval mo‘ljallaganidek. ,,O‘tmishdan lavhalar» emas, ,,O‘tmishdan ertaklar» degan ramziy-majoziy nom berish bilan cheklanadi.
Bir joyda qo‘nim topolmay, qishloqma-qishloq ko‘chib, azondan kechgacha ter to‘kib ishlab, tinimsiz temir taqillatib, kichkina xonadon dasturxonini to‘kin qilolmay, armonda yurgan omadsiz ota, sakkizta bolasini qora yer bag‘riga berib, o‘jar qaynona dag‘dag‘alari, darbadar hayot mashaqqatlari tufayli ozib-to‘zib, «arvak» holiga tushgan mushtipar ona. shafqatsiz darbadar turmush, tahqir-u xo‘rliklardan «indamas». ..soqovga aylangan bola haqidagi lavhalar o‘quvchining yurak-bag‘rini ezib yuboradi. O‘zgalarning hayoti-chi? Yozuvchi mehnatkashlar hayotiga oid biri biridan ayanchli, biri biridan dahshatli lavhalar keltiradi. Yo‘qchilik, jaholat qurboni Babarning mudhish taqdiri, ochilmasdan gul g‘unchaligida xazon etilgan «hur qiz» -Sarviniso halokati-har biri dahshat, fojia! Qonsiz, shaxs halokatidan xoli, biroq gumrohlik, jaholat bilan bog‘liq, bir qarashda kulgili tuyulgan hodisalar ham aslida o‘zicha bir fojia! Chunonchi, katta shahar Qo‘qondan bor-yo‘g‘i yigirma chaqirim naridagi qishloq ahli German bilan urush boshlanganligi xabarini ikki oydan keyin, o‘shanda ham tasodifiy suratda eshitadi; kishilarning ko‘ziga oddiy hodisalar-mashinaning chok tikishi, patefonning qo‘shiq aytishi, bir palla tarvuzning po‘chog‘ida ko‘rsatilgan oddiy «nayrang», ohanraboning temir kalitni o‘ziga tortishi, tug‘ruqxonada odamning tug‘ilishi, «shayton arava»-velosiped mingan kishining harakati barcha-barchasi g‘ayritabiiy, mo‘jiza bo‘lib ko‘rinaveradi. Jo‘n, ba’zan tasodifiy xatti-harakatlar juda ko‘ngilsiz va dahshatli oqibatlarga olib keladi. «O‘likning yog‘ini, tirikning tirnog‘ini yeyishga tayyor» turgan «ajdaho» To‘raqul vofurush, o‘jar, dog‘uli Valixon so‘fi, olg‘ir, mug‘ambir ellikboshi, oqposhshoning arzandasi yuzboshi bilan bog‘liq hikoyalar dillarni larzaga soladi. Qissada goho ko‘ngilga huzur baxsh etuvchi nurli lavhalar, kishilararo hazil-mutoyibalar ham uchraydi, biroq bu quvonchli daqiqalar uzoqqa bormaydi, tezda avvalgisidan battarroq, dahshatliroq hodisalar bilan almashadi. Oqdomlaning jinnixonasi yonida umrguzorlik qilish azobidan qutulib, Yaypanga ko‘chgan oilaning yo‘ldagi holatini eslaylik: yo‘l bo‘yidagi devorsiz, devori qulagan, nuragan bog‘lar, qing‘ir-qiyshiq uylarini quchoqlab yotgan chorbog‘lar, qiyg‘os gulga kirgan daraxtlar... Butun qishloq kattakon bog‘ga o‘xshaydi. Shu damlarda oila a’zolari qatori Abdullaning ham ko‘ngli chog‘, o‘rik g‘o‘rasini yeganda hamma yoqni bahor hidi tutib ketadi, butun bahor shu chigitdakkina g‘o‘raning ichiga qamab qo‘yilganday tuyuladi... Afsus, bu quvonch uzoqqa bormaydi. Mana shu go‘zal makonda oila manfur kimsa Vofurush xonadoniga tushib qoladi, oilaning galdagi ko‘rguliklari boshlanadi... Oilaning yana bir ko‘chgan joyi-Oqqo‘rg‘on qishloq emas, anjirzor bog‘lar, chorbog‘larda nuqul anjir. Oila tushgan hovli sahnida ikki tup anjir, shoxlarida shig‘il mevalar, kindigidan sap-sariq sharbat oqib yotibdi; ochlik bo‘lishiga qaramasdan, unga hech kim tegmagan... Quvonchli hodisa, vaziyat; biroq shu zahoti dilni g‘ash qiladigan holat; hovlining egasi bulturgi vaboda bola-chaqasi bilan qirilib ketgan; oila mana shu xosiyatsiz maskanda yashashga majbur...
Butun asar mana shunaqa ko‘ngilsiz voqealar tizimidan tashkil topgan.



Download 17,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish