1
O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBORATLASHTIRISH
VA TELEKOMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT
QO‟MITASI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“GUMANITAR FANLAR” КАFEDRASI
O‟ZBEKISTON TARIXI FANIDAN
(o‟quv – uslubiy qo‟llanma)
Toshkent - 2015
2
1-mavzu: O‟zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o‟rganishning nazariy –
metodologik asoslari, manbalari va axamiyati. Markaziy Osiyo jahon
sivilizatsiyasining ajralmas qismi.
Reja:
1. Tarixning fan sifatidagi o„rni. Vatanimiz tarixining predmeti va o„rganish
ob'ektlari.
2. Tarixni o„rganishning ilmiy-nazariy va uslubiy asoslari, manbalari.
3. Sivilizasiya tushunchasi va uning vujudga kelishidagi tarixiy sharoitlar.
4. O„rta Osiyoda ijtimoiy taraqqiyotning paydo bo„lishi. Ibtidoiy jamiyat
bosqichlari va uning asosiy belgilari.
5. Mintaqadagi qadimgi madaniyat, aholining diniy e'tiqodlari. "Avesto"
Zardushtiylikning muqaddas kitobi.
O'zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning uzoq yillar davomida olib
borgan og'ir va mashaqqatli kurashining qonuniy natijasidir. Vatanimiz tarixi
mustaqillik xalqimizga nihoyatda qimmatga tushganidan, bu yo'lda katta qurbonlar
berilganligidan guvohlik beradi. Endilikda xalqimizning o'z taqdiri o'z qo'lida, o'z
mamlakatining mustaqilligini mustahkamlash yo'lida astoydil mehnat qilmoqda.
O'zbekiston mustaqillik tufayli xalqaro maydonga chiqdi, davlatimiz
mustaqilligini dunyodagi barcha nufuzli davlatlar tan oldi, jahon hamjamiyatiga
qo'shildi, barcha katta-yu kichik mamlakatlar doirasida o'zining munosib o'rnini
egalladi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasida, Amudaryo va
Sirdaryo oralig'ida joylashgan bo'lib, qadim zamonlardan beri Sharq bilan G'arbni
bog'lab kelgan. Uning maydoni 447,4 ming kv.kmni tashkil etib, G'arbdan
Sharqgacha 1425 kmga, Shimoldan Janubgacha 930 kmga cho'zilgan. U
hududining hajmiga ko'ra dunyodagi 200dan ortiq davlatlar orasida 56-o'rinni
egallaydi.
Respublikamiz aholisi 26 milliondan ortiq bo'lib, jahonda 35 o'rinda turadi.
Aholini to'rtdan uch qismiga yaqini o'zbeklardir. Sayyoramizda 1600dan ortiq
millat va elat yashaydi. O'zbek millatiga mansub aholi son jihatidan dastlabki ellik
yirik millatlar qatoridan joy oladi. O'zbekistonda 130dan ortiq millat va ellat
yashaydi, ulardan to'rtdan bir qismi ruslar, tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar,
tatarlar, uyg'urlar, koreyslar, ukrainlar, armanlar va boshqalar. Respublika
aholisining yarmidan ko'proq qismi qishloq joylarida istiqomat qiladi.
Har qaysi mamlakat, har bir xalq o'zining uzoq va betakror tarixiga ega
bo'lganidek, O'zbekistonning, o'zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmundir.
Qadim zamonlardayoq; Turon, Turkiston deb e'tirof etilgan ona Vatanimiz turli
tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko'ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim
kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoda mashxurdir. Vatanimiz jahon
tarixining turli xalqlar, sivilizatsiyalar tutashgan eng qaynoq shiddatli
chorrahalaridan biri bo'lib, bu zaminda mahalliy aholining fors, hind, xitoy, yunon,
arab, rus xalqlari bilan ma'lum darajada aralashuvi sodir bo'lgan, ularning
3
madaniyati, fani, san'ati va umuman turmush tarzi bir-biridan baxra olgan,
mushtaraklashgan.
Tariximiz ildizlari necha-necha ming yillarga borib taqaladi. O'zbekiston
xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bor. Hozirgi O'zbekiston hududida
dastlabki mustaqil davlat tuzilmalari miloddan avvalgi birinchi ming yillik
boshlaridayoq paydo bo'lib, qariyb 3000 yil davomida takomillashib borgani va
dunyo davlatchiligi rivojida eng yuksak darajaga ko'tarilgani jahonga ma'lum.
Tariximizni o'rganar ekanmiz, yana shuni inobatga olmoq lozimki, o'zbek
davlatchiligi sarhadlari hozirgi mustaqil respublikamiz hududidan ancha keng
bo'lgan. Shu boisdan ham turli davrlarni o'rganishda Markaziy Osiyoga oid
ma'lumotlar ham yoritiladi va bu tarixiy jarayonni to'laroq anglashga yordam
beradi.
Tarix - arabcha so'z bo'lib, "tadqiq etish", "tekshirish", "voqealar haqida aniq
hikoya qilish" ma'nolarini anglatadi. Tarix insonlar haqidagi, ularning uzoq
o'tmishdan bizgacha yetib kelgan hayotiy tajribasi haqidagi fandir.
"O'zbekiston tarixi" fanining predmeti xalqimizning eng qadimgi
zamonlardan to hozirgi kunlargacha bosib o'tgan uzoq va murakkab tarixiy yo'lini,
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma'naviy hayotini xolisona o'rganishdan,
tushuntirishdan iboratdir.
O'zbekiston tarixi ajdodlarimizning yashash uchun kurash, uzluksiz mehnat
tufayli takomillashib borish va hozirgi odamlar darajasiga ko'tarilish jarayonini,
dini, yozuvi, ilm-fani, adabiyot va san'atini yoritadi. Vatanimiz tarixi o'zbeklarning
xalq, millat bo'lib shakllanish jarayonini, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy
merosni, davlatlarning tashkil topishi va ularning ichki va tashqi siyosatini
o'rgatadi. Vatanimiz tarixi xalqimizning ma'lum bir davrlarda boshqa davlatlarga
qaram bo'lib qolganligini, qaramlik azobining naqadar ayanchli, mashaqqatli
bo'lganligini, ajdodlarimizning ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va
ozodlik uchun kurashini va bunda mardlik, jasorat ko'rsatgan xalq qahramonlari va
davlat arboblari faoliyatlarini keng, teran o'rgatadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "Tarixiy xotirasiz
kelajak yo'q" risolasida va boshqa asarlarida olg'a surilgan tariximizga tegishli
dolzarb masalalar o'tmishimizni o'rganishda muhim nazariy va konseptual-uslubiy
poydevor rolini o'ynaydi.
I.Karimov o'tmishni o'rganishda tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan xolisona va
halol amalga oshirish asosiy vazifadir, deb uqdirgan edi. Bu vazifani amalga
oshirish O'zbekiston tarixi fanini o'rganishning ilmiy va uslubiy asoslariga
tayanishni talab etadi.
Insoniyat tarixini, tarixiy voqea, hodisalarni to'g'ri yoritish va o'rganish uchun
bir qator muhim nazariy-metodologik prinsiplarga tayanmoq zarur.
Dialektik metod ana shunday prinsiplardan biridir. Insoniyat hayoti, jamiyat
taraqqiyoti dialektik jarayondir. Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir
bo'ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o'zaro bog'lanishda, uzluksiz harakatda,
ziddiyatli taraqqiyotda bo'ladi deb ta'lim beradi.
Dialektik metodologiya har qanday mamlakat tarixini, shu jumladan,
O'zbekiston tarixini, o'zbek xalqi tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog'liq holda
4
o'rganishni taqazo etadi. Negaki, har bir xalq tarixida milliylik, o'ziga xos betakror
xususiyatlari bilan birga jahon tarixi, butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy
bog'lanishdadir.
O'zbekiston tarixi avvalo Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan,
qolaversa, butun jahon xalqlari tarixi bilan chambarchas bog'langan. Qadim
zamonlardan buyon Vatanimiz Markaziy Osiyo mintaqasidagi ko'pgina davlatlar
bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo'lib kelgan. Bu jihatdan doimo
o'zaro ta'sirda va aloqada bo'lganlar, qo'shilish jarayonini boshidan kechirganlar,
ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy hayoti bir-birlari bilan uzviy bog'liq
o'tgan. Shu sababdan O'zbekiston tarixini qo'shni mamlakatlar tarixi bilan bog'liq
holda, bir xalqni ikkinchi bir xalqqa qarama-qarshi qo'ymagan holda o'rganish
taqozo etiladi.
Tarixiy voqea, hodisalarni o'rganish, tahlil qilish va yoritishda ularga
xolisona, haqqoniy, ilmiy yondashuv muhim metodologik prinsiplardir.
Xolislik qoidasi tarixiy voqea, hodisalarni o'rganayotganda ular bilan bog'liq
bo'lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmuini birga olib
tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishni talab qiladi. Tarixiy hodisalarni
bir butun holda, o'zaro aloqada va munosabatda deb o'rganish darkor.
Tarixni o'rganishda tarixiylik prinsipi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik
qoidasi voqea, hodisalarni o'z davrining aniq tarixiy sharoitidan, o'sha davr
muhitidan, tarixiy rivojlanish jarayonidan kelib chiqqan holda o'rganishni taqozo
etadi. Har bir voqea, hodisani boshqa voqealar, hodisalar bilan bog'lab
o'rgangandagina mazkur voqea hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi o'rnini
to'g'ri aniqlash, belgilash mumkin bo'ladi. Har bir voqea, hodisaga umumiy tarixiy
jarayonning bir qismi, bo'lagi deb qaramoq zarur. Masalan, bironta davlat
faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bo'lsak, u birinchidan
qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo'ldi, ikkinchidan u o'z taraqqiyotida
qanday bosqichlarni bosib o'tdi, uchinchidan uning tarixiy o'rni, mavqei qanday,
degan savollarga aniq javob berish zarur bo'ladi.
Tarixni o'rganishda yuqorida qayd etilgan metodologik prinsiplar bilan bir
qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, falsafiy
tafakkur, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlarni o'tkazish, statistik, matematik va
boshqa usullardan ham foydalanish zarur.
Vatanimiz tarixini tadqiq etish, o'rganishda uni to'g'ri davrlashtirishning
ahamiyati kattadir.
Olimlar o'tmish jarayonini ma'lum bir davrlarga bo'lganlar. Bu davrlar
insoniyat tarixida yirik ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlar, taraqqiyot
bosqichlari bilan bog'liq. Xususan, O'zbekiston tarixi 5 davrga bo'lingan. Ular
quyidagilardir:
1. Eng qadimgi davr (miloddan oldingi ikki minginchi yillar o'rtalaridan to
milodiy IV asr oxirlarigacha).
2. O'rta asrlar davri (V - XIX asr boshlari).
3. Chorizm mustamlakasi davri (XIX asr o'rtalari - XX asr boshlari).
4. O'zbekiston sovetlar hukmronligi davrida (1917-1991 yillar).
5. Milliy istiqlol davri (1991 yildan boshlab).
5
Bu davrlarning har biri yana o'ziga xos, kichik davrlarga bo'linadiki, uni
mazkur qo'llanmaning mazmuni va mundarijasidan yaqqol ko'rish mumkin.
Tarixiy voqealar, xalqlar hayoti nom-nishonsiz yo'q bo'lib ketmaydi, ulardan
tarixiy manbalar guvoh bo'lib qoladi. Tarixiy manbalar ikkiga - moddiy va yozma
manbalarga bo'linadi.
Qadimgi odamlardan bizgacha yetib kelgan mehnat qurollari, idish-tovoqlar,
tanga pullar, harbiy qurol-yaroqlar, uy-joylar, qal'alar, shaharlar, qabrlar, rasmlar
va boshqa narsalar moddiy tarixiy manbalar deb ataladi. Vatanimiz hududida olib
borilgan arxeologik izlanishlar natijasida topilgan moddiy topilmalar, ularning
tahliliy xulosalari odamlar hayotini bilishga imkoniyat yaratadi.
Qadimgi davrlardayoq odamlar o'z fikrlarini yozma bayon etish uchun yozuv
belgilari ixtiro qilganlar. Savodxon kishilar o'zlari yashab turgan, yoki borib
ko'rgan mamlakatlari haqida, ko'rgan-kechirganlarini daraxtlarning pustlog'iga,
toshga, teriga, keyinchalik qogozga yozib qoldirganlar. Xalqlarning hayoti, yuz
bergan voqea va hodisalar haqida yozilgan kitoblar mavjud. Yer va qimmatbaho
narsalarni
in'om
qilish,
meros
qoldirish,
sotib
olish
hujjatlar
bilan
rasmiylashtirilgan. Podshoh va hokimlarning yozma shakldagi qonunlari va
farmonlari saqlanib qolgan. Bular yozma manbalar deyiladi.
Ajdodlarimizning miloddan avvalgi VIII-VII asrlardagi hayotini o'rganishda
"Avesto" kitobi qimmatli yozma manba hisoblanadi. Mazkur nodir kitobda
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, dastlabki davlat tuzilmalarining shakllanish
jarayonlari o'z ifodasini topgan.
Miloddan avalgi V-II asrlarga oid yunon, xitoy, eron, vizantiy, hindi yozma
manbalarida ham Vatanimiz tarixiga oid ma'lumotlar uchraydi.
O'zbek xalqining o'rta asrlardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-
madaniy hayotini o'rganishda Abu Nasr Forobiyning "Fozil odamlar shaxri", Abu
Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", Yusuf Xos
Hojibning "Qutadg'u bilig", M.Qashg'ariyning "Devonu lug'otit-turk. Uch jildlik",
Abu Toxirxo'janing "Samariya", Narshaxiyning "Buxoro tarixi", Nizomulmulkning
"Siyosatnoma yoki siyar ul-muluk", Amir Temurning "Temur tuzuklari", Mirzo
Ulug'bekning "To'rt ulus tarixi" va boshqa nodir kitoblar muhim tarixiy manba
bo'lib xizmat qiladi.
Bizgacha yetib kelgan bunday moddiy va yozma manbalar O'zbekiston
tarixini o'rganishda muhim ahamiyatga ega. O'zbekiston Fanlar Akademiyasining
Sharqshunoslik instituti, Sharq qo'lyozmalar fondi dunyodagi eng yirik
qo'lyozmalar xazinalaridan biri hisoblanadi. Bu yerda 40 mingdan ziyod qo'lyozma
nusxalari, 30 mingdan ortiq toshbosma kitoblar va 10 mingdan ortiq Sharq tillarida
yozilgan xujjatlar mavjud. Shuningdek, Vatanimiz tarixiga oid muhim qo'lyozma
hujjatlar, nodir kitoblar, qimmatli ma'lumotlar horijiy mamlakatlardagi ilm
maskanlari, kutubxonalarda saqlanmoqda. Ana shu qo'lyozma hujjatlar va
kitoblarning hozirgi o'zbek tiliga tarjima qilinishi va nashr etilishi Vatanimiz
tarixini yanada tularoq, xolisona yoritilishiga, tariximiz saxifalaridagi "oq" va
"qora" dog'larning barham topishiga ko'maklashadi.
Vatanimiz tarixini o'rganishda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari,
ma'ruza va nutqlari, farmon va farmoyishlari, mustaqillik davrida qabul qilingan
6
qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlar muhim nazariy metodologik asos bo'lib
xizmat qiladi.
Ajdodlarimiz
hayotini,
turmush
tarzini
o'rganishda
arxeologiya
(qadimshunoslik), etnografiya (xalqlarni tasvirlash), antropologiya (odamning
kelib chiqishi va evolyusiyasi) va boshqa fanlar ko'maklashadi.
Tabiiyki, tarix fani o'tmish merosini yangi avlodlarga to'laqonli yetkazish
bilan ularning ma'naviy tarbiyasiga, komil insonlar bo'lib yetishuviga o'z munosib
hissasini qo'shmoqda. Yurtimiz o'tmishi xalq xotirasi, avlodlar o'rganib saboq
oluvchi hayot maktabidir. Tarix - bu nafaqat o'tmish, uning tahlili, bugungi
kunimiz uchun muhim xulosalar manbai bo'lib, balki u istiqbolimiz rejasini
aniqlashda ham katta ahamiyat kasb etadi.
Tarixning tarbiyaviy ahamiyati ham kattadir. O'zbekiston tarixi yoshlarga
xalqimizning o'tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan chegaralanib qolmaydi, u
yoshlarni vatanparvar, ma'naviy jihatdan komil fuqaro etib shakllantiradi.
Prezident Islom Karimov ta'kidlaganlaridek, yurtimiz tarixi "Har bir fuqaroni,
jumladan, yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko'z
qorachig'iday avaylab-asrashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga o'rgatadi.
O'zimizning boy o'tmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi.
Odamlar qalbida ezgulik tuyg'ularini uyg'otib, bugungi avlod kimlarning avlodi,
kimlarning zoti va vorislari ekanini anglashga undaydi".
Insonda tarixiy xotira o'z Vatani tarixini, o'z xalqi, ajdodlari tarixini bilish
orqali
shakllanadi.
Yaqin
o'tmishda
mustamlakachilar,
totalitar
tuzum
mutasaddilari ko'pgina xalqlarni, jumladan, o'zbek xalqini o'z tarixidan judo qilish,
ularni o'z o'tmishiga loqaydlik bilan qaraydigan, nasl-nasabini eslolmaydigan
manqurtlarga aylantirish siyosatini yuritdi, amaliyotda esa xalqimiz tashqi
dunyodan butunlay uzib qo'yildi, uning bir necha ming yillik boy tarixi
sohtalashtirildi, uni yoshlarga o'qitish va o'rgatishga izn berilmadi.
Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixi o'z o'rnini topdi, barcha o'quv
maskanlarida talaba-o'quvchilarga Vatan tarixini o'qitish davlat siyosati darajasiga
ko'tarildi, Vatan tarixini o'qitish yo'lga qo'yildi. Vatanimiz tarixi millatning,
yoshlarning haqiqiy tarbiyachisiga aylanmoqda. Bu borada Prezident Islom
Karimovning "Tarixiy xotirasiz barkamol kishi bo'lmaganidek, o'z tarixini
bilmagan xalqning kelajagi ham bo'lmaydi", "Tarix - xalq ma'naviyatining
asosidir", "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q", "O'zlikni anglash tarixni bilishdan
boshlanadi", "Inson uchun tarixdan judo bo'lish -hayotdan judo bo'lish demakdir"
degan ifodali -so'zlari va ko'rsatmalari dasturiamal bo'lib xizmat qilmoqda.
O'z o'tmishini, ajdodlari tarixini yaxshi bilgan insonning irodasi kuchli
bo'ladi, uni har xil aqidalar girdobiga tushishdan saqlaydi. O'tmishni bilgan, tarix
saboqlarini anglab yetgan inson hozirgi zamonni yaxshi tushunadi, kelajakni to'g'ri
tasavvur etadi.
O'zbekiston tarixi talaba-o'quvchilarga bugungi kunda mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning mohiyati va natijalarini, milliy,
huquqiy davlatchilikni barpo etish, demokratik, fuqarolik jamiyat qurish, ijtimoiy
yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonlarini o'rgatadi. Bu o'z
7
navbatida yoshlarda ilmiy dunyoqarashni, siyosiy madaniyatni tarbiyalaydi,
jamiyatda o'z o'rnini to'g'ri belgilashga ko'maklashadi.
Xalqimizning buyukligi, kuchi, uning boy ma'naviy merosga ega ekanligi
bilan belgilanadi. Ajdodlarimiz yetishtirib bergan o'nlab, yuzlab jahonga mashhur
olimu-ulamolar, me'moru-binokorlar, naqqoshlar, zargarlar, hunarmandlar, davlat
arboblari, xalq qahramonlari hayoti, dunyoda birinchilar qatorida bunyod etilgan
ilm va ta'lim maskanlari faoliyati talaba-o'quvchilar uchun katta ibrat maktabi,
tarix sabog'idir. Kelajak uchun intilayotgan yoshlar uchun bu boy ma'naviy meros
mustahkam tayanchdir. Uning zaminida tinimsiz va mashaqqatli mehnat, har
qanday to'siqlarni yengish, ilmga va ziyoga intilish kabi xislatlar yotadi. Bunday
xislatlar Vatan tarixini o'qitish orqali yoshlarga singdiriladi.
Tarixiy xotira, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy merosni egallash talaba-
o'quvchilarda halollik, odillik, rostgo'ylik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, ilmga
intilish kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishga ko'maklashadi.
Shu boisdan Vatan tarixini har tomonlama, chuqur o'rganish muhim
ahamiyatga molik vazifadir. Mamlakatimizda mustaqillik sharofati tufayli
bog'chalardan tortib Oliy o'quv yurtlarigacha bo'lgan ta'lim-tarbiya tizimlarida
O'zbekiston tarixi fanini o'qitishga davlat darajasiga ko'tarilgan vazifa sifatida katta
e'tibor
berilmoqda,
g'amxo'rlik
qilinmoqda.
"Tarix
millatning
haqiqiy
tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari
tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy
tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda".
Demak, tarixiy xotira, haqiqatni bilish, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy
merosini egallash talabalarda vatanparvarlik, odillik, xalollik, mehr-oqibat,
bag'rikenglik, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi insoniy fazilatlar shakllanishga
yordam beradi. Xulosa qilib aytganda, tarix bu tafakkur bulog'i. U bizni o'tmish
voqealariga ochiq ko'z bilan qarashga, oq-qorani aniqroq ko'rishga, ziyraklik bilan
anglashga o'rgatadigan, tarixiy shaxslar faoliyatini, hodisalarni qiyoslash,
taqqoslash asosida mustaqil xulosa qilishga da'vat etadi. Shu boisdan tariximizning
buyuk murabbiyligini doimo yodda tutaylik, e'tibor va ehtirom bilan o'rganaylik.
Odamzodda ong paydo bo'libdiki, o'z davriga xos turmush tarziga, moddiy va
ma'naviy madaniyatiga, ya'ni ma'lum darajadagi sivilizatsiyasiga ega bo'la
boshlagan. Markaziy Osiyo, xususan O'zbekiston xalqlari ham qadim zamonlardan
beri hayot tarzini takomillashtirar ekan, turli qulayliklar yaratgan, odatlar, rusumlar
esa an'anaga aylangan.
Ajdodlarimiz qoldirgan bu bebaho meros keyingi yillarda chuqur
o'rganilmoqda. Qadimshunoslar va boshqa olimlar o'lkamiz o'tmishini tadqiq etib,
bu makon jahon sivilizatsiyasining o'choqlaridan biri ekanligini ta'kidlaydilar.
O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" asarida "Hozir
O'zbekiston deb ataluvchi hudud" ya'ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki
umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo'lganligini jahon tan olmoqda", -
deydi.
"Sivilizatsiya" qanday ma'noni bildiradi? Bu so'z lotinchadan olingan bo'lib, u
hozirgi zamonda odamning komillikka, yetuklikka intilish mazmunida talqin
8
etiladi, shuningdek, u inson hayoti uchun qulayliklar yaratish jarayonini
ifodalovchi tushuncha ham. Adabiyotda bu so'z "tamaddun" deb ham ataladi, va
madaniy hayotga, taraqqiyotga erishuv jarayoni ma'nosida ishlatiladi. Qomusiy
kitoblarda sivilizatsiya - jamiyat taraqqiyoti jarayonida yaratilgan moddiy va
ma'naviy boyliklar. Shuningdek, ularni yanada ko'paytirib va takomillashib borish
usullarining majmui deyiladi.
Ibtidoiy jamiyat va uning davrlari insoniyat qadim-qadimdan o'z davriga xos
turmush tarziga, moddiy va ma'naviy madaniyatga ya'ni ma'lum darajadagi
sivilizatsiyaga bo'lgan. Davrlar o'tishi natijasida insoniyat sivilizatsiyasi darajasi
o'sib, rivojlanib, takomillashib borgan. Bu jarayon odamlarning mehnat qilish
usuli, qanchalik darajada moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratish va ko'paytirib
borishi bilan bog'liq kechgan.
U yoki bu sivilizatsiya haqida so'z borganda insoniyatning yashash uchun
kurashi, tinimsiz mehnati, ma'naviyat va ma'rifatga intilishi tufayli o'zi uchun
yaratgan jismoniy va madaniy qulayliklar, ov va mehnat qurollari, kiyim bosh, uy-
joy va oilaviy munosabatlari, ishlab chiqarish usullari, maishiy xizmat vositalari,
ijtimoiy ong va ma'naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy hayoti, axloqiy-huquqiy
munosabatlari darajasi asosida tavsiflanadigan ma'lum bir tarixiy davr tushuniladi.
Masalan, qadimgi Sharq sivilizatsiyasi, Antik Yevropa sivilizatsiyasi, Islom
sivilizatsiyasi, Xristian sivilizatsiyasi hozirgi zamon sivilizatsiyasi kabi
tushunchalarda insoniyatning iqtisodiy - ijtimoiy, siyosiy hayoti, turmush tarzi,
ahloqi, bilim saviyasi, mehnat qurollari va hokazo jihatlari mujassamlashgan
bo'ladi.
Har bir mintaqada sivilizatsiya davriy nuqtai nazaridan ertaroq yoki kechroq,
o'ziga xos shaklda shakllanib, rivojlanib borgan. Tarixiy, ilmiy tadqiqotlar bizning
Vatanimiz - O'zbekiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o'choqlaridan biri
ekanligidan dalolat bermoqda.
XX asrning birinchi yarmidan boshlab arxeolog olim V.L.Vyatkin boshliq
guruh Samarqand, Xorazm va Termizda, M.E.Mossop boshliq arxeologik guruh
Ohangaron vodiysida, A.A.Potapov Farg'ona vodiysida qidiruv va nozim ishlarini
olib bordi. 30-40 yillarda O'zbekiston, Moskva va Leningrad olimlari hamkorligida
bir necha arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etildi.
Ikkinchi jahon urushidan so'ng Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi tarixini
o'rganish maqsadida yirik arxeologik ekspeditsiya guruhlari tashkil etildi. Keyingi
yillarda respublikamizning taniqli arxeolog olimlari A.Asqarov, O.Islomov,
A.R.Muhammadjonov, Ye.V.Rtveladze, T.Shirinov va boshqalar yetakchiligidagi
tadqiqotchilar O'zbekiston qadimgi tarixini o'rgandilar. Ular tomonidan qator
ilmiy, ommabop o'quv qo'llanmalar yaratildi. Bular orasida A.Asqarovning
"Buxoroning ibtidoiy davr tarixidan lavhalar" (T.Fan. 19736), "Sopollitepa" (T-
1973), O.Islomovning "Peshchera Machay" (T-1975), "Obishirskaya kultura" (T-
1980),
Ye.V.Rtveladze,
A.X.Saidov
va
Yu.V.Abdullaevning
"Qadimgi
O'zbekiston sivilizatsiyasi: davlatchilik va huquq tarixidan lavhalar" (T-2001) kabi
asarlari alohida o'rin tutadi.
Mazkur asarlarni, shuningdek, Vatanimizning qadimgi davri tarixiga oid
boshqa asarlarni o'rganish orqali O'zbekiston odamzod ilk bor paydo bo'lgan o'lka
9
ekanligini aniqlash ajdodlarimizning qadimgi hayoti turmush tarzi, moddiy va
ma'naviy madaniyati haqida zarur bilimga ega bo'lish mumkin. Ibtidoiy jamiyat
odamlarning yashash tarzi, jismoniy va aqliy tuzilishi, ular tomonidan yasalgan
mehnat qurollarining turi va materialiga ko'ra bir qancha davrlarga bo'linadi.
Kishilik tarixining ilk bosqichi hisoblangan bu uzoq o'tmish bir necha million
yillar davom etgan. Bu davrda ming yilliklar osha ibtidoiy odam nihoyatda sekinlik
bilan kamol topib, hozirgi zamon odami qiyofasiga kirgan. Uning mehnat qurollari,
asosan, toshdan yasalgani bois odamzod o'tmishining bu ilk bosqichi fanda "tosh
davri" yoki "ibtidoiy to'da" davri deb yuritildi.
Bu ulkan davr Yevropada 3 bosqichga bo'lib o'rganiladi: polialit - qadimgi
tosh davri (mil. av. 3 mln. yil - 10-11 ming yillik); mezolit - o'rta tosh davri (mil.
av. 11-10 ming yil - 8-7 ming yillik) va neolit yangi tosh davri (8-7 ming yil - 6-5
ming yillik).
Poliolit. Bu bosqich o'z navbatida 3 pog'onaga bo'linadi. Quyi polialit, o'rta
polialit, yuqori poliolit.
Quyi poliolit (Ibtidoiy to'da davrining boshlanish). Bu davr mil. av. 3-1,5-1
mil. yil - 100 ming yillikni o'z ichiga oladi.
Hozirgi O'zbekiston yerlarining tabiati kishilik tarixini ilk bosqichlaridayoq
bu yerlarda ibtidoiy odamzod to'dalarining yashashi uchun qulay bo'lgan Turon
yerlarida bundan qariyib 700 ming - 1-1,5 mil. yil muqaddam ibtidoiy odamlar
yashagan.
Kishilikning ibtidoiy to'da bosqichida odamlar tabiiy sharoit taqozosi bilan
yirtqich hayvonlar xavfi tufayli to'da-to'da bo'lib yashashga majbur edi. Ov vaqtida
yolg'iz hayvonga ko'pchilik bo'lib ov qilganlar. Ibtidoiy to'da davrida odamlar
o'rtasida oilaviy aloqalar hali aniq tartibga tushmagan. Markaziy Osiyoda yashagan
ibtidoiy odamlar fanda sinantron nomi bilan ataladi.
Ilk poliolit odamlari ov qilish, terib-termachlab ozuqa topish uchun toshdan,
sulkdan, daraxt shoxlaridan turli mehnat qurollari yasaganlar. Shu tufayli ular
"Homohobilis" - "bilag'on odam" deyiladi.
O'zbekiston hududida ilk poliolit davri odamlari yashagan manzilgohlar
Farg'ona vodiysining So'x tumanidagi Semung'ur g'oridan va Toshkent
viloyatining Angren shahri yaqinidagi Ko'lbuloq makonidan topilgan va
o'rganilgan. Bu davr ibtidoiy odamlarining suyak qoldiqlari (bosh suyagining bir
bo'lagi, yelka suyagi va o'ndan ortiq tishlari) arxeolog O'.Aslonov tomonidan
Selung'ur g'oridan topilgan. Fanda unga "Fergantron" ("Farg'ona odami") shartli
nom berilgan. Selung'urdagi topilmalar va ularni o'rganish yer yuzida
odamzodning paydo bo'lish muammosi yechimiga qo'shilgan ulkan hissa bo'ldi.
Endilikda Markaziy Osiyo ibtidoiy odamzod ilk paydo bo'lgan joylar qatoriga
kiritildi.
Arxeolog M.Qosimov rahbarligida Ko'lbuloq makoni tadqiq etilib, uning oshil
davriga oid 22 ta, muste davriga oid 24 ta qatlam o'rganildi. Ko'lbuloq topilmalari
(tosh qurollar, hayvon va parranda suyaklari, o'simlik qoldiqlari va x.k.) ibtidoiy
odam to'dalarining mashaqqatli hayoti, tosh qurollar yasash texnikasi bu yerlarning
tabiati hamda ibtidoiy ovchi va termogilarning turmushda sodir bo'lgan tadrijiy
siljishlarni aniqlash imkonini berdi.
10
Shunday qilib, qadimgi odamlarning mashg'ulotlari terib ozuqa topish,
hayvonlarni ovlash, tosh qurollar yasash va ularni mukammallashtirishdan iborat
bo'lgan. Mana shundan mehnat jarayonida odamlarning o'zlari ham o'zgarib,
takomillashib borgan.
O'rta poliolit (m.av. 100 ming yillik - 40-32 ming yillik) Ibtidoiy to'da
davrining so'ngi bosqichi arxeologiya fani davriy tizimida Mute madaniyati deb
yuritiladi. Bu davrda yashogan ajdodlar esa ibtidoiy odam shajarasida neandertal
nomi bilan fanga kiritilgan. Hozirgi vaqtda O'rta Osiyoda neandertal
zamondoshlari yashagan makonlar 90dan ortiq joyda uchratilgan. Toshkent
viloyatida Obiraxmat g'ori, Xo'jakent, Poltov, Ko'lbuloq makoni, Samarqand
viloyatida Omonqo'ton g'ori, Qo'tirbuloq, Zirabuloq, Novoiy viloyatida Uchtutda
topilgan va tadqiq qilingan.
Teshiktosh g'oridan topilgan neandertal odamning suyak qoldiqlari fan
olamida jiddiy kashfiyot bo'ldi. Odam suyaklari atrofiga terib chiqilgan arxar va
Buxoro bug'usi shoxlarining topilishi odamni dafn qilish marosimining ibtidoiy
ko'rinishlari bilan bog'liq.
Xullas, O'rta poliolit davrida odamlar olov chiqarishni, gulxanlar yoqib,
sovuqdan va xavf-xatardan saqlanishni, go'shtni o'tda pishirib iste'mol qilishni bilib
olganlar. Dastlabki diniy e'tiqod paydo bo'lgan.
Yuqori poliolit. M.av. 40-33 ming yil avval tosh davrining so'nggi bosqichi -
yuqori poliolit boshlandi. U mil.av. 1210 ming yilliklargacha davom etgan. Bu
davrda hozirgi zamon odami (kramanon) shakllandi. O'sha davr odamlari fanda
"Xomo-sopines" - idrokli odam deb nomlangan.
Mehnat qurollari takomillashdi, tosh bilan birga suyak va yog'ochdan ham
foydalanildi. Odamlar bu davrda faqat g'orlarda emas, balki tekisliklarda ham
makon qura boshlaganlar.
Hozirgi zamon odamining 3 irqi yevropoid, negroid va mongoloid qiyofalari
ham o'sha vaqtda vujudga kelgan. Ona tomonidan urug'doshlik mustahkamlanib
matrearxat paydo bo'ldi. Tasviriy va amaliy san'atning ibtidosi ham o'sha davrdan
boshlandi. Hozirgi kunda O'rta Osiyoda bu davrga mansub 30dan ortiq
yodgorliklar topib o'rganilgan. Ular orasida ayniqsa Samarqand makoni, Toshkent
viloyatida Oqtosh makoni va Ko'lbuloq topilmalari muhim.
Yuqori poliolit bosqichida muzlik davri tugab, iqlim issiqlash boshladi.
O'simlik va hayvonot dunyosi ham asta-sekin hozirgi qiyofaga kirdi.
Mezolit - bu davr o'rta tosh davr (mil.av. 11-7ming yilliklar orasi) ham
deyiladi. Mezolitda o'q-yoy kashf etilgan va bu o'sha davr odamlari hayotida buyuk
burilish bo'ldi, chunki ovdan keladigan yemaklik hajmi ortdi. Tosh qurollar va
ularni yasash takomillashdi, hayvonlarni qo'lga o'rgatish boshlandi.
Mezolit davrida ungurlar devoriga o'yib chizilgan yoki rangli bo'yoqlar bilan
tasvirlangan ibtidoiy san'at paydo bo'ldi.
O'zbekistonda Obishir g'orlari xilma-xil mayda tosh qurollari bilan ajralib
turadi. Bu davrga oid bir qancha yodgorliklar Toshkent atrofida Qo'shilish
(Bo'zsuv yoqasida), Surxandaryoda Magay g'orida o'rganildi.
Neolit - bu davr yangi tosh davri (mil.av 8-5 ming yillik)dir. Neolit odamlari
tosh qurollarni yasashda yangi usullar - silliqlash, parmalash, arralash usullarini
11
ixtiro etadilar. Bu davrda mikrolit qurollar yasash takomillashdi. Ovchi jamoalar
endilikda yerto'la, chayla yoki kapalar qurib ba'zan guvalalardan kulbalar bino
qilib, o'troq hayot kechirishga o'tadilar. Bu joylarda neolit davrining ilk qishloqlari
qad ko'targan. O'troq turmush tarzining qaror topishi bilan dehqonchilik va
chorvachilik vujudga keldi. Kulolchilik kashf qilindi. Jundan ip yigirish, mato
to'qish va tikuvchilik ixtiro qilindi.
Mil. av. 5-3 ming yillikda hozirgi O'zbekiston yerlarida (Xorazm va Buxoro
vohasi) Kaltaminor madaniyatiga mansub ovchi va baliqchilar yashagan. Bu
madaniyatning eng nodir va muhim yodgorligi Janbos IV - Janbos qal'a makoni va
Tolstov manzilgohlaridir.
Eneolit davri. Mil.av. 4-3 ming yilliklarda tosh davri tugab, eneolit (mis tosh)
davri boshlandi. Bu davrda tosh bilan birga, metaldan, dastavval misdan qurol
yasashga o'tildi. Biroq mis tarkiban yumshoq va mo'rt metall bo'lgani sababli
mehnat va ov qurollarining aksariyati hamon toshdan ishlanar edi.
Bu davr arxeologik yodgorliklari Zarafshon quyi oqimida "Kaptarning qumi",
shuningdek, Nomozgohtepa Qoratepa (Turkmaniston) kabilarda o'rganilgan.
Jez davri. Bu davr O'zbekiston yerlarida mil.av. 3 ming yillik oxiri - 2 ming
yillikka to'g'ri keladi. Mis, qalay va qo'rg'oshin qorishmasidan jez (bronza) kashf
etildi. Natijada mehnat qurollarining turi ko'paydi, jezdan keskin tig'li qurol
yarog'lar, ro'zg'or va kosmetika (pardoz) buyumlari, ma'budalar, naqshdor muhrlar
yasala boshlandi. Ot, eshak, tuya va xo'kizdan transport vositasi sifatida
foydalanildi, hayvonlarga qo'shiladigan aravalar vujudga keldi va g'ildirak kashf
etildi. Birinchi mehnat taqsimoti dehqonchilikdan chorvachilik ajralib chiqdi.
Jez davri manzilgohlari Sopolitepa, Sarazm, Zomonbobo kabilardir.
Temir davri. Temir davri yodgorliklari O'zbekiston yerlarida mil.av. IX-VI
asrlar va undan keyingi davrlarga oid. Ular Xorazm, Baqtriya, Sug'd, Choch
yerlarida va Farg'ona vodiysida o'rganilgan. Temirdan xo'jalik hamda qurol
yarog'lar yasashda keng ko'lamda foydalanila boshlandi. Dehqonchilik maydonlari
kengaydi va sug'orish inshootlari qurish rivojlandi. Chorvachilik ham o'sdi. Bu
davrga kelib hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi. Mehnat unumdorligi
o'sishi bilan qo'shimcha mahsulot ishlab chiqarila boshlandi. Bu esa ibtidoiy jamoa
tuzumining yemirilishiga olib keldi. Temir va po'latdan yasalgan buyumlardan
keng miqyosda foydalanish qishloqlar taraqqiyotiga ham samarali ta'sir ko'rsatdi.
Qishloqlar murakkab mudofaa inshootli qal'alarga aylantirib mustahkamlandi.
Bindixontepa, Kuchuktepa, Qiziltepa, Talashqontepa va boshqa yodgorliklar shular
jumlasidandir. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, O'zbekiston qadimgi shahar
sivilizatsiyasi ilk bor shakllangan hududga kiradi. Bunga Sopolitepa va Jarkuton
topilmalari misol bo'la oladi.
Dastlabki sivilizatsiya ma'lum darajada til va yozuvlar bilan bog'liq. Yozuv
madaniyatining eng qadimgi o'choqlari Misr, Mesopotamiya, Old Osiyodir.
Markaziy Osiyoda ham yozuv mil.av. paydo bo'lgan. Yozuv yaratish
harakatlarining dastlabki qadamlarini xalqamizdagi qoyatoshlarga ishlangan ajoyib
suratlarda ko'ramiz. Bundan 2,5 ming yil avval yurtimiz xalqlari ilk bor chizma
belgilarda nutq tovushini ifodalovchi (fonetik) yozuv tajribasini yarata boshlagan.
Bu harakat axmoniylar davrida ma'lum bir yozuvga aylangan. Mutaxassis olimlar
12
mil. av. V-III asrlarda oramiy yozuvlari tajribasi asosida So'g'd, Xorazm, Baxtar,
Parfiya kabi o'lkalarda mahalliy tillarni ifodalashga mo'ljallangan yangi yozuvlar
yaratildi, deb ta'kidlaydilar. Bular fonetik ifoda jihatdan oramiydan farq qiluvchi
mustaqil yozuv tizimlari bo'lgan. Mil. av. IV-III asrlarda, shuningdek, Yunon
imlosi ham ishlatilgan. Ajdodlarimiz turkiy-run (Urxun-Enasoy), uyg'ur, so'g'd
yozuvlarini qo'llaganlar.
Demak, mintaqamizda qadim paytlarda turli yozuvlar paydo bo'lib, ular
takomillasha borgan, mahalliy tillar va lahjalar xususiyatlarini aks ettirgan va shu
tariqa Markaziy Osiyo madaniyatining rivojiga o'z ulushini qo'shgan.
Respublikamiz xududida tillarning shakllanishi bir necha ming yillarni o'z ichiga
oladi. Manbalarga asoslanib aytish mumkinki, bu yerlarda qadimgi mahalliy tillar-
turkiy, so'g'diy bo'lgan. O'rta asrlarda esa ular bilan birga forsiy, arab, chig'atoy va
eski o'zbek tillari rivoj topa boshlagan.
Qadim zamon odamlarida turli tabiiy va g'ayri tabiiy kuchlarga ishonch
tuyg'ulari paydo bo'ladi. Shu alfozda urug'chilik davrida totemizm, ajdodlar ruhiga
sig'inishlar, sehrgarlik, shamanlik kabi e'tiqod va marosimlar vujudga keladi va
tarqaladi. Bu dastlabki e'tiqodlar, ayniqsa totemizm o'sha paytda paydo bo'la
boshlagan san'atda turli hayvonlar siymosi sifatida o'z aksini topgan edi. Bunday
siymolar Fargonaning ayrim qishloqlaridan, Toshkent viloyatining Chinoz, Sijjak
tumanlaridan, Samarqand atrofidan, Amudaryo sohillaridan topilgan Keyingi
davrlarda tabiatning turli hodisa va namoyondalarini ilohiylashtirish, ularga e'tiqod
qilish va sig'inish davom etgan.
Ajdodlarimiz ko'pincha voqelikni afsonaviy tarzda tushunganlar. O'sha
paytlarda asta-sekin mifologik tafakkur yuzaga kelgan. Tadqiqotchilarning
aytishlaricha, insoniyat qabilachilikkacha bo'lgan davrda totemizmga amal qilgan
bo'lsa, mifologiya qabilachilik davrining maxsuli bo'lgan. Xususan, miloddan
avval Turon zaminida yaratilgan va Markaziy Osiyo xalklarida mashhur bo'lgan
"O'g'iznoma" dostonidan bu jarayon o'z ifodasini topgan. Bu asar o'sha paytdan
beri og'izdan-og'izga o'tib ma'lum darajada o'zgarib mintaqa xalqlari folklorida
bugun xam nufuzli urin egallaydi.
Ibtidoiy jamiyatning yemirilib borishi jarayonida yangi diniy aqidalar vujudga
kela boshladi. Shu jumladan, odamsimon xudolar, ajdodlar ruhiga sig'inish, oxirat
to'g'risidagi
afsonalar
paydo
bo'ladi.
Endi
diniy
tasavvurlar
ancha
murakkablashadi, milliy aqidalar asosida jahon dinlari, xususan, zardushtiylik
shakllana boradi.
Shuningdek, arxeologik topilmalar va yozma yodgorliklar bundan 2-2,5 ming
yil avval Surxondaryo va Farg'ona viloyatlarida zardushtiylarning olovxonalari
bilan bir qatorda buddaviylarning ibodatxonalari bo'lgani, ulardan minglab e'tiqod
qiluvchilar foydalanganligidan xabar beradi.
Ajdodlarimiz ma'lum bir odatlar, rasm-rusumlar, udumlarni o'ylab
topganlar, ular asta-sekin an'analarga, hayot qoidalariga aylangan. Shunday
alfozda qadriyatlar vujudga kelgan, ular esa, o'z navbatida, kishilarni ma'naviy
yetuklikka da'vat etgan. Bunga yorqin misol Navro'z udumlaridir.
Tadqiqotchilarning fikricha, Navro'z bayrami bundan taxminan 3,5-4
ming yil avval paydo bo'lgan. Markaziy Osiyoda qadimgi dehqonlar qishni
13
kuzatib, bahorni qarshilash marosimini shunday deb ataganlar. U davrlarda
aholining aksariyati dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullangan. Navro'z
yangilanish, poklanish ramzi, inson umidlari, niyatlarini ifodalash belgisi
sifatida paydo bo'lgan. Uni bayram qilish turli udum, urf-odatlar,
irimlar bilan qilgan, asrlar osha yangi an'analar bilan boyib borgan. Demak,
qadimgi ajdodlarimiz tabiat mavsumlarini anglaganlar, ularni e'zozlaganlar,
ularga asoslanib o'z maqsad va niyatlarini amalga oshirishga intilganlar.
Mintaqamizning muhim xususiyatlaridan biri uning murakkab etnik-madaniy
chorraxada joylashganidir. Aholi bir qancha turli qavm, qabila va elatlardan tashkil
topgan va ular etnik jihatdan aralashgan holda yashaganlar. Shu bilan birga
aholining ko'pchiligini turkiy va forsiy- tojik ajdodlari bo'lgan, ular o'zaro
hamjihatda yashaganlar, san-manga bormaganlar. Bu ham bag'rikenglik, tolerantlik
hislatlarining sarchashmalari bo'lsa kerak.
Qadimda o'lkamizda yashagan aholining ma'naviy va madaniy qiyofasi
mashhur "Avesto" mazmunida o'z ifodasini topgan. Ma'lumki, bu muqaddas kitob
Markaziy Osiyo xalqlari to'g'risidagi dastlabki noyob manbadir. "Avesto"
avval xalq og'zaki ijodi shaklida tarqalgan va bir necha asrlar davomida og'izdan-
og'izga o'tib, qadimgi Turon, Xuroson, Eron, Ozarbayjon elatlarining ijtimoiy-
iqtisodiy hayotini, olam haqidagi tasavvurlarini va diniy qarashlarini o'zida aks
ettirgan. Bu asar ko'p yillar davomida zardushtiylik-otashparastlik dinining ulamo
qoxinlari tomonidan to'ldirilib, takomillashtirilgan. Abu Rayxon Beruniyning
"O'tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar" kitobida ta'kidlanishicha, "Avesto" ilk
bor mil. av. VI asr boshlarida to'liq holda 12 ming qoramol ( xo'kiz) terisiga zarxal
xarflar bilan bitilgan. Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr Makedonskiy) sharqni zabt
etganda "Avesto"ning nodir nushasidan o'ziga ma'qul bo'lgan joylarini tarjima
qildirib olib qolgan, boshqa qismini esa yoqtirib yuborgan. Shu sabab, bu qomusiy
asarning 5 dan 3 qismi kuydirib yuborilgan. Keyinchalik-milodiy I-IV asrlarda
"Avesto"ning qolgan qismlari jamlanib, ayrim joylari qayta tiklanib, yangidan
kitob holiga keltirilgan. Bizga qadar "Avesto"ning ayrim qismlarigina yetib
kelgan. Bular: "Yasna" - ibodat paytida ijro etiladigan matnlar, "Yasht"-
otashparastlarning tangrini ta'riflash madhiyalari, "Vendidot" - zulm timsoli -
devlarga qarshi qonunlar va afsonalar, "Visparat" - ibodat yo'sinlari va mazmuni
haqida ma'lumotlardir.
"Avesto" katta hajmda bo'lganligi sabab, dindorlarning kundalik faoliyatida
foydalanishi uchun kichik "Avesto" ham yaratilgan. Unga katta "Avesto"dan tanlab
olingan duolar kiritilgan. Demak, "Avesto"da zardushtiylik dinining qonun-
qoidalari, ibodat vaqtida ijro etiladigan qo'shiqlari bitilgan.
"Avesto" ta'limotining asoschisi tarixda payg'ambar nomi bilan tanilgan
Zardushtra (Zardust) ismli shaxs bo'lgan. Zardushtra - oltin tuyali yoki oltin tuya
yetaklovchisi degan ma'noda ishlatilgan. Zardushtra otashparastlik g'oyalarini o'z
hamfikrlari bilan birgalikda Katta Xorazm, Baqtriya, So'g'diyona, Eron,
Ozarbayjon qisman Hindiston aholisi o'rtasida targ'ib etgan.
Beruniy keltirgan rivoyatga ko'ra, Baqtriya podshosi Vishtasp va malika
Xutaosa birinchilardan bo'lib zardushtiylik e'tiqodini qabul etganlar, so'ng bu din
keng yoyilgan.
14
"Avesto"da dunyo ezgulik va yovuzlikning doimiy kurashidan iborat, ezgulik
xudosi Axuramazda (Xurmuzd) yovuzlik tangrisi Axriman ustidan g'alaba
qozonishi bayon etilgan. Zardushtiylik dinida olov muqaddaslashtirilib, u
insonning baxtu-saodati ramzi sifatida ulug'langan.
Zardushtiylik jamiyatda barcha odamlar tanasining rangidan, tili, urf-odatlari
va yashagan joylaridan qat'i nazar, osoyishtalik bilan yorqin hayot kechirishga
haqlidir, deb hisoblaydi. Bu din odamlarni jur'atli, dovyurak, yetuk insonlar
bo'lishga da'vat etadi. Otashparastlikda zamin (er), suv, quyosh va xavo ilohiyat
darajasiga ko'tariladi va ularni ifloslash og'ir gunoh hisoblanadi. Kitobda
aytilishicha, Zardusht odamlarga murojaat qilib, yerga, tuproqqa sifatli urug'lar
sepinglar, pirovard natijada o'zlaringiz har xil illatlardan va balolardan holi
bo'lasizlar. Bilib qo'yinglar, ishlov berilmagan tashlandiq yerlarda turli kasalliklar,
iflos narsalar va balo-qazolar paydo bo'ladi. Demak, sizlar yerga ishlov berib, unga
yaxshi urug' sepib, tuproqni e'zozlasangiz har xil balolardan qutulasiz, hayotga,
insonga ishonchingiz kuchayadi, yashagan joyingizga, vataningizga mehringiz
oshadi, deydi. Ko'rib turibmizki, zardushtiylikda tabiatga ehtirom asosiy yo'nalish
bo'lgan. Zardushtiylik diniga oid turli buyumlar, rasmlar, urf-odat asoratlari
qadimgi Xorazm, So'g'd va boshqa o'lkalarda ko'plab topilgan.
Ko'pchilik tadqiqotchilarning fikricha, "Avesto"ning Vatani Amudaryo sohili,
aniqrog'i qadimgi Xorazmdir. Bu asarda olingan 16 yirik hududiy-geografik
nomlarning ko'pchiligi O'rta Osiyoga taalluqlidir. Bular Xorazm, So'g'd, Baqtriya
yurtlari, Xisor, Pomir, Tiyonshon tog'lari, Kaspiy, Orol, Issiqko'l suv xavzalari,
Amudaryo va Sirdaryolardir. Demak, bu muqaddas asarda geografiyaga oid
mulohazalar ham bisyor.
"Avesto" jahon olimlari tan olgan boqiy yodgorlik, noyob tarixiy manba. U
dunyoning ko'p tillariga tarjima qilingan. Kitob fransuz, ingliz, rus, nemis, fors va
boshqa tillarda chop etilgan. Asarning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan
o'rni beqiyosdir. Shuning uchun ham 1999 yil noyabrda YUNESKO bosh
konferensiyasi "Avesto" yaratilganligining 2700 yilligini dunyo miqyosida keng
nishonlashga qaror qildi, 2001 yil oktabrida Xorazm zaminida "Avesto" va uning
insoniyat taraqqiyotidagi o'rni mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o'tkazildi.
Ma'lumki, qadimgi zamon moddiy va ma'naviy taraqqiyoti fanda antik, ya'ni,
qadimgi sivilizatsiya deb ataladi Jahonning turli mintaqalarida vujudga kelgan
bunyodkorlik va taraqqiyot bora-bora umuminsoniy qadriyatlarga, madaniyatga,
sivilizatsiyaga aylandi. O'zbekiston esa insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi
o'choqlaridan biri bo'lgan. Demak, o'lkamizda yashab o'tgan qadimgi odamlar
jahon ravnaqiga, uning bugungi rivojiga o'zining munosib hissalarini qo'shganlar.
Shu bois bugungi mustaqil O'zbekiston xalqlarida milliy g'urur bilan birga
taraqqiyotga, sivilizatsiyaga intilish hissi kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |