2.2. Rimning keyingi istilochilik yurishlari
. Ikkinchi Puni urushi natijasida Rim o`zining eng kuchli raqibi Karfagenni mag`lubiyatga uchratgan edi. Italiyaning bosib olinishi, Karfagen ustidan erishilgan g`alaba Rimni O`rta yer dengizi xavzasidagi eng qudratli quldorlik davlatiga aylantirgan. Rimdan sharq tomonida Makedoniya, Yunoniston, Epir, Salavkiylar podsholigi va Misr kabi juda boy mamlakatlar joylashgan edi. Bu mamlakatning boyliklari Rim quldorlari va harbiylarini doimo o`ziga jalb qilib kelardi. Rimdagi yirik quldorlar va katta yer egalari, xonavayron bo'lgan patritsiylar, savdogarlar va puldorlar Rimning Sharqqa yurishidan manfaatdor bo'lganlar. Ellinistik davlatlarning ichki va tashqi ahvoli Rim bosqinchilik siyosatining muvaffaqiyatiga yordam bergan. Miloddan avvalgi III asrda Bolqon yarim orolidagi davlatlarning xo'jaligida tanazzul boshlangan. Ellinistik davlatlardagi umumiy tanazzul bilan birga sinfiy va sotsial kurash keskinlashgan. Bir qancha shahar va qishloqlarda qullar qo'zg'olonlari, erkin aholining ommaviy harakatlari kuchaygan. Misr va Yunonistonda kambag'allar iqtisodiy talablar bilan chiqqanlar. O'rta dengiz sharqidagi yirik monarxiya va federatsiyalar o'rtasida turli sabablarga ko'ra urushlar doimo olib borilgan.Ellinistik davlatlarning eng kuchlisi bo'lgan Makedoniya va Suriya ellinistik dunyoda birinchilikni egallash va Misrning dengiz orqasidagi yerlarini bo'lib olish uchun urush boshlagan.
Miloddan avvalgi 200-197 yillarda ikkinchi Makedoniya urushi bo'lib o'tgan (birinchisi mil.avv. 215-205 yy.). Rimliklar makedonlarga qarshi Pergam, Rodos, Afina, Etoliya va Axeya ittifoqidan iborat kuchli ittifoq tuzgan. Makedoniyaning Suriya bilan ittifoq bo'lib, Misrning dengiz ortidagi mulklarini bo'lib olish niyatidan xavfsiragan Misr, Pergam va Rodos yordam so'rab Rimga murojaat qilgani urushga bahona bo'lgan. Miloddan avvalgi 197 yilda Fessaliyada Kineskefali qishlog'ida hal qiluvchi jang bo'lgan, bunda Makedoniya to'la yengilgan. Makedoniya flotidan, shuningdek, Yunoniston, Kichik Osiyo va Egey dengizida yerlaridan mahrum bo'lgan. 1 ming talant tovon to'lash, armiyasining 5000 kishidan oshirmaslik majburiyatini olgan. Miloddan avvalgi 196 yilda Yunoniston davlatlari mustaqil deb e'lon qilingan, lekin bu erkinlik uzoqqa bormagan. Rim ularning ichki ishlariga aralasha boshlagan.
Miloddan avvalgi 192-188 yillarda bo'lib o'tgan Suriya urushi bo’lib o’tdi. Makedoniya mag'lubiyatidan so'ng Suriya eng kuchli ellin davlati bo'lib qolavergan. Karfagendan qochgan Gannibal Suriya podshosi Antiox III saroyida boshpana topgan edi. Gannibal urushni Italiyada olib borishni taklif qiladi. Antiox III esa grek shaharlariga ishonib, Yunonistonda urush boshlagan. Faqat Etoliya va Beotiya ittifoqlarigina Suriya yordam ko'rsatgan. Rimliklar Antiox III qo'shinini Yunonistondan haydab chiqargan. Hal qiluvchi jang miloddan avvalgi 190 yilda Kichiki Osiyodagi Magneziya shahrida bo'lib o'tgan. Oz kuch bilan rimliklar porloq g'alabaga erishganlar. Miloddan avvalgi 188 yilda tuzilgan sulhga ko'ra Antiox III Yevropadagi yerlari va Kichik Osiyodagi Tavr tog'lari shimolidagi mulklarini, jang fillari, flotini Rimga berishi, ko’p tovon to'lashi kerak edi. Rimliklar Gannibalni tutib berishni talab qilgan. Gannibal Suriyadan Vifiniyaga qochgan. Bu shahar podshosi uni Rimga tutib bermoqchi ekanini bilgach, Gannibal miloddan avvalgi 183 yilda zahar ichib o'lgan. Antiox III Rimga tovon to'lash uchun Sharqqa hujum uyushtirgan va miloddan avvalgi 187 yilda halok bo'lgan. Rim Suriyadan olgan Kichik Osiyodagi yerlarini Rodos va Pergamga sovg’a qilgan. Bu davrda Salavkiylar davlati zaiflashib qolgan edi.
Bolqon yarim orolida vaziyat keskinligicha qolavergan. Ko'pgina shaharlarda Rimning ta'siri kuchayishidan norozilik orta boshlagan. Makedoniya podshosi Persey (Filippning o'g'li) bu holatdan foydalanib, Rimga qarshi ittifoq tuzishga uringan, lekin u yolg’izlanib qolgan. Miloddan avvalgi 171-168 yillarda uchinchi Makedoniya urushi bo'lib o'tgan. Pidna shahri yonidagi mag'lubiyatdan so'ng Persey qochib ketgan (mil.avv. 162 y.), lekin taslim bo'lgan va tutqunlikda o'lib ketgan. Makedoniya tor-mor qilingandan so'ng to'rt qismga ajratib yuborilib, respublika deb e'lon qilgan. Bu qismlardagi aholining bir-biri bilan aloqasi, qiz olib, qiz berishi, savdo- sotiq qilish, yer-mulk sotish man qilingan. Bu qismlar Rim senzorlari ixtiyoriga o'tgan. Mamlakatning ko'p boyliklari Rimga olib ketilgan. Makedoniyaning ichki ishlariga Rimning aralashishi natijasida mamlakat inqirozga yuz tutgan. Makedoniya tor-mor qilingandan so'ng Rim juda qudratli davlatga aylangan, u istalgan ellin davlatiga buyruq bera olgan. Masalan, Suriya podshosi Antiox IV Misrga hujum qilganda bu urushni to'xtatgan.
Makedoniyaning zo'rlik bilan bo'lib yuborilishi mamlakatning iqtisodiy va siyosiy jihatdan egallashi miloddan avvalgi 149 yilda Rimga qarshi ozodlik harakati boshlanishiga sabab bo'lgan. Qo'zg'olonga o'zini Perseyning o'g'li Filippman deb e'lon qilgan hunarmand Andrisk boshchilik qilgan. Yunon- makedon aholisi, Frakiya qabilalari soxta Filippni qo'llab-quvvatlagan. U turli tabaqalardan ancha kuch to'plagan. Makedoniyaga yuborilgan rimliklarning yangi armiyasi Filipp qo'shinlariga qaqshatqich zarba bergan. Frakiyaliklar Andriskni Rim qo'liga tutib bergan. Qo'zg'olon mag'lubiyatidan so'ng Makedoniya Rim provinsiyasi deb e'lon qilingan.
Xulosa
Xulosa qiladigan bo’lsak, miloddan avvalgi II asrda Rim agressiv tashqi siyosat olib borib, O'rta dengiz Sharqida batamom ustinlikka erishgan. Yunoniston va Makedoniyani bosib olgan. Karfagenni yo'q qilib tashlagan. Ispaniyani bosib olgan.
Karfagenning ko'rish kerak bo'lgan joylaridan biri bu Antoninusning vannalari. Ularning o'lchamlari bo'yicha ular rimlik hamkasbidan keyin ikkinchi o'rinda turishdi. Bugungi kunda o'tmishdagi ulug'vorlikdan ozgina narsa qolmadi, ammo siz bu erda qurilgan tartibiga qarab, binoning ko'lamini baholashingiz mumkin. Karfagenga (Tunis) biron bir ekskursiya, qoida tariqasida, ochiq-oydin qurbongoh dafn qilingan Tophetga tashrif buyurmasdan amalga oshirilmaydi. Bu erda Finikiyaliklar xudolarni tinchlantirish uchun to'ng'ichlarini qurbon qildilar. Bundan tashqari, 36 ming tomoshabinga mo'ljallangan Rim amfiteatriga, ulkan akveduk qoldiqlariga, shuningdek, Maalga suv omboriga qarashga arziydi.
Zamonaviy Tunisda Karfagen davrlari nostalji bilan esda qoladi, chunki o'sha paytda karfagenliklar O'rta er dengizining ustalari edilar. Masalan, Dido qirolichasi 1 Tunis dinarida (chapda rasmda) tasvirlangan, mehmonxonalarning nomlariga qarang: "Gannibal Palace" yoki "Carthage Talasso", istirohat bog'ini eslang, esdalik do'konlari assortimenti qadimiy Karfagen mavzusi bilan to'ldirilgan. Shu bilan birga, zamonaviy arablar Karfagenlik Finikiyaliklar bilan hech qanday aloqasi yo'qligi bilan chalkashmaydi.
Karfagen shahri miloddan avvalgi 814 yilda tashkil etilgan. 500 yil davomida u G'arbiy O'rta er dengizidagi barcha Finikiya koloniyalarining siyosiy markaziga aylandi. Karfagenliklar Sitsiliya, Sardiniya, Korsika, Ispaniyaning bir qismiga bo'ysunadilar. Karfagen 300 dan ortiq kema flotiga ega bo'lgan eng katta dengiz kuchiga aylanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |