Gumanitar fanlar fakulteti O’zbek adabiyotshunosligi kafedrasi


Abdulla Qahhor asarlarida satira



Download 77,68 Kb.
bet8/9
Sana03.07.2022
Hajmi77,68 Kb.
#735023
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi

Abdulla Qahhor asarlarida satira

Abdulla Qahhor prozaning deyarli barcha turlarida qalamini charxlab olgandan keyin, adabiyotimizning qiyin janrida ijod etib, to`rtta diqqatga sazovor bo`lgan sahna asarlarini yozdi. San`atkorning dramaturgiya sohasidagi xizmati uning komediyalari bilan xarakterlanadi.
Abdulla Qahhor jajji hikoyalarida satirik va yumorist sifatida o`z talantining yangi qirrasini namoyish qildi. Unda kulgichilikka taomil zo`r edi. Buni juda ko`p asarlari aytib turibdi. U yomonga o`z idealini, davr nafasini qarshi qo`yadi, asarlarining mazmuniga, xarakterlarning mohiyatiga kulgini, masxarani singdirib yuborish bilan uning jamiyatdagi ulkan kuchini, ijobiy xarakterini yaqqol ko`rsatadi.
Muallif shu davrning muhim mavzularidan biri – qo`riq erlarni o`zlashtirish mavzusidagi “Shohi so`zana” (“Yangi er”, 1949-1953) komediyasidir.
Atoqli rus dramaturgi Nikolay Pogodin “Yangi er”ni “talantli komediya” deb atashi ham bejiz emas.
“SHohi so`zana” komediyasida qo`riq erlarning – Mirzacho`lning o`zlashtirilishidan ko`ra ba`zi kishilar ongidagi sho`rning bartaraf etilishi mavzui birinchi o`ringa olib chiqilgan. Urushdan keyingi o`zbeк adabiyotidagi asosiy konflikt – yangilik bilan eskilik o`rtasidagi ziddiyat bu komediyada o`zining teran badiiy tasvirini topgan. Ushbu asarda muallif ustalik bilan kulgili holatlar yaratgan va hajviy bo`yoqlardan mohirona foydalangan holda konfliktni o`ziga xos ravishda hal qilgan. Ushbu komediya xorijiy mamlakatlar sahnasida ham o`ynalib, o`zbek teatr sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish qilindi.
Abdulla Qahhor keyinchalik “Og’riq tishlar” (1954), “Tobutdan tovush” (1962) hamdа “Ayajonlarim” (1967) komediyalari bilan o`zbek dramturgiyasi rivojiga salmoqli hissa qo`shdi. Bu asarlarda, xususan “Tobutdan tovush”da o`sha davr uchun xos bo`lgan illatlar hajv o`ti ostiga olindi. Ayniqsa so`ngi asarda Abdulla Qahhor o`ziga xos nozik tuyg’u bilan jamiyatdan poraxo`rlikdek dahshatli illatni tag-tomiri bilan yo`qotish istagida uning ayrim ko`rinishlarini sahnaga olib chiqdi, u “So`nggi nusxalar” nomi bilan ham sahna yuzini ko`rdi.
Og’riq tishlar To‘rt pardali komediya
Epilogi bilan
QATNASHUVCHILAR:
N a s i b a — o‘rta maktab o‘quvchisi.
R o h i la — o‘ning onasi.
M a r a s u l H u z u r j o n ov — Nasibaning eri, tish doktori.
F o t i m a — uning onasi.
Z u h r a — Fotimaning singlisi. Nasiba o‘qiydigan maktabning qorovuli.
P o‘ l a t j o n D o m l a — maktabning direktori.
N a z i r a }
V ye r a } Nasibaning dugonalari.
A h a d j o n Z a r g a r o v — rayijrokom raisining o‘rinbosari.
O q i l a — uning birinchi xotini.
X u m o r x o n — uning ikkinchi xotini.
R i z a m a t — Xumorxonning tog‘asi, rayijrokomning xo‘jalik mudiri.
Voqea bizning kunlarda bo‘lib o‘tadi.
BIRINCHI PARDA
BIRINCHI KO’RINISH
Marasul Huzurjonovning o‘z hovlisidagi kabineti. Kabinetni ko‘cha tomonidagi derazadan ko‘ramiz. Derazaning ikki tomonida yozuvlar, «Tish doktori. Tish texnigi. Yo‘l muyulishidan». M a r a s u l, bekorchilikdan pashsha tutib o‘tiribdi. Z a r g a r o v kiradi.
Z a r g a r o v (soatiga qarab). Marasul, uka, Oqila kelmadi-ku? A, Oqiladan darak yo‘q-ku?
M a r a s u l. Oqilaxon opam... Avtobus soat uchda keladi. Lekin, ertalabki avtobusga chiqolmasam, tushgisiga chiqarman degan edi.
P a u z a
Z a r g a r o v. Hm... Qattiq xafa emasmi?
M a r a s u l. Ustiga xotin olasizu, xafa bo‘lmaydi-mi?
Zargarov. Yo‘q, avzoyidan janjal qiladigan emasmi demoqchiman?
M a r a s u l. Yo‘q... yig‘ladi!
Z a r g a r o v. Yig‘ladi. Xayriyat! Yig‘lagan bo‘lsa janjal qilmaydi... Kimni oldi, deb so‘ramadimi?
M a r a s u l. So‘radi. Xumorxon degan bir juvonni oldilar, dedim.
Z a r g a r o v. Tinch kelib ketadi degin? Shundoq bo‘lsa ham nasihat qilib, etini o‘ldirib, undan keyin meni chaqirgin. Men uyda bo‘laman. (Chiqmoqchi bo‘ladi).
Ichkari eshikdan F o t i m a kiradi.
F o t i m a. Hoy, onang aylansin. Marasul... (Zargarovni ko‘rib.) Assalomu alaykum... Marasul, ish buziladiganga o‘xshaydi-ku: ZAGSning qog‘ozi bo‘lmasa dom-la-imom nikoh o‘qimas emish.
Z a r g a r o v. Nikoh? Shu gapni mening oldimda gapirmasangiz nima qilar edi!
M a r a s u l (qabulxona eshigiga qarab-qarab onasiga). Sekinroq gapirsangiz-chi!(Zargarovga yolvorib.) Yana bitta akalik qiling, jon aka! Bir og‘iz aytib qo‘-ying!
Z a r g a r o v. Jinni bo‘ldingmi?.. Endi domla-imom-ga «niqoh o‘qi» deyishim qoldimi?!
M a r a s u l. Yo‘q, ZAGSga aytib qo‘ying deyman! Gapga tushunmaydigan bir odam o‘tiripti... hech ko‘nmaydi!
(Trubkaga.) Yigirma bir o‘n, ikki... ZAGSmi? Kim? Siz bilan rayon ijroiya komitetining rais o‘rinbosari o‘rtoq Zargarov gaplashmoqchilar! (Trubkani Zargarovga beradi.) ZAGS mudiri!
Z a r g a rov (trubkaga). Him... salom... Doktorning ishini to‘g‘rilab beringlar! Marasul Huzurjonovning ishini... Qiz yosh?!
F o t i m a. Yosh emas, yilma-yiliga o‘n sakkizga kirgan!
M a r a s u l. Yosh emas, o‘n sakkizda, men bilaman deng!
Z a r g a r o v. Yosh emas, o‘n sakkizda, men bilaman deng... yo‘q, men o‘zim bilaman! A? To‘qqizinchi sinfda o‘qisa o‘qiyveradi-da! Men to‘rtinchi sinfda o‘qiganimda yigirma yoshda edim! Menga qarang, javobgarlikdan qo‘rqmang. Har qancha javobgarlik bo‘lsa bizga ortavering... Ko‘taraverib yelkalarimiz qadoq bo‘lib ketgan!
M a r a s u l (uning yelkasini silaydi). Yashang!
Z a r g a r o v (trubkaga). Menga qarang, uka! Mening bu ishga tayin bo‘lganimga hali yil ham bo‘lgani yo‘q, gapimni qaytarib, bunaqa, obro‘yimni to‘kadigan bo‘lsangiz xafalashib qolamiz! A? Kuyov bilan kelin mening oldimda, hozir boradi. Registratsiya qiling, bo‘lak gap yo‘q! (Trubkani zarda bilan qo‘yadi.)
F o t i m a. Xudoyo umringizdan baraka toping! Katta bo‘lish xo‘p yaxshi-da! Kimga nima desa — naqd!
M a r a s u l. Boring, Nasibani maktabidan aytib keling, issig‘ida bora qolaylik!
F o t i m a. Hozir aytib kelaman.
Z a r g a r o v. Lekin men aralashganimni hech kimga og‘zingizdan chiqarmang!
F o t i m a. Xo‘p bo‘ladi. (Chiqadi.)
Ko‘kragiga juda ko‘p znachok taqqan R i z a m a t kiradi.
Z a r g a r o v. Ha, Rizamat! Tish og‘rib qoldimi? Bunaqa araq ichishga tish emas, otning taqasi ham chidamaydi.
R i z a m a t. Araq ichmay qo‘yganman, xo‘jayin!
Z a r g a r o v. Shunaqami... (Ko‘kragini ko‘rsatib.) Uho‘, taqmaganing choynakning qopqog‘i qolipti xolos-a! (Chiqadi.)
R i z a m a t. Menga qara, uka, Rizqixo‘ja ikkoving shu qiliqlaringni menga qilmasalaring nima bo‘lar edi?!
M a r a s u l. Nima qilibmiz?
R i z a m a t. Boshida pisanda qilmovdimmi!... Og‘zingga siqqanini ol, lekin tilla tish deb zanglagan taqa qo‘yma demovdimmi! ...
M a r a s u l. Yo‘g‘e! Sizga shunaqa qilamizmi?- O’tiring-chi...
R i z a m a t (kresloga o‘tiradi). Kechadan beri o‘xchiy berib o‘lib bo‘ldim-ku.
M a r a s u l. Og‘zingizni oching! Uf, bay-bay, ichingiz-da it o‘lganmi!.. (Birdan). E-e-e!.. Attang! Tish qo‘ygan-dan keyin uch kun araq ichmay turing deyish mutlaqo esimdan chiqipti-ya! Qani (tishini ko‘rib). Ha, mana tamom... miokardiodistrafiya!
R i z a m a t (cho‘chib). A?
M a r a s u l. Miokardiodistrafiya!
R i z a m a t. Obbo, xudo urdi, endi nima qilaman! Nega aytmading, aytsang tishimga saqich yopishtirib ichar edim-ku...
M a r a s u l. Mutlaqo esimdan chiqipti! Mayli, ziyoni yo‘q, to‘g‘rilaymiz... Siz hozir Rizqixo‘janing‘ oldiga boring, men telefon qilaman, chorasini ko‘radi. Yo‘lda ichib-netib yurmang tag‘in.
R i z a m a t. Yo‘q-yo‘q, xudo xohlasa yetib borarman. (Chiqadi.)
M a r a s u l (trubkaga.) O’n bir, o‘n sakkiz... Rizqi! Rizamat akaga nuqul o‘zidan qo‘yibsan-ku! Borib-borib o‘rtoq Zargarovning qaynag‘asiga shunaqa qilasanmi! Qo‘ysang-chi, og‘zi ko‘karib yotibdi! Endi bir-birimizni aldashimiz qoldimi! Hozir boradi, to‘g‘rilagin! Araqdan miokardiodistrafiya bo‘lipti dedim, sen ham shunaqa degin.(Turbkani qo‘yadi.)
O q i l a kiradi.
E-e, keling, Oqilaxon opa... Qaysi avtobusda kelishingizni bilmaganim uchun kutib olgani chiqolmadim. Yaxshi keldingizmi?..
O q i l a. Shukur... Qanilar, xotin ustiga xotin olgan Ahadjon boy qanilar?
M a r a s u l. Hozir... (Trubkani oladi.) Yigirma besh, o‘n besh... Ahadjon aka, keldilar... Tezroq chiqing! (Trubkani qo‘yadi.) Oqilaxon opa, ishning foyda chiqa-digan tomonini ko‘zlayverganingiz ma’qul. Janjaldan hech kim baraka topgan emas. Indamay qo‘ya qoling.
O q i l a. Nega indamas ekanman! O’n yetti yil xizmatini qilib pirovardida ko‘rganim shu bo‘ldimi? Mening yuzimni qilmasa uch bolasining yuzini qilsa bo‘lmasmidi?.. Bundan o‘n yetti yil burun bitta danak eksam hozir soyasida o‘tirib mevasini yer edim. (Yig‘laydi.)
M a r a s u l. Oqilaxon opa... Foyda chiqadigan tomonini ko‘zlayvering.
Z a r g a r o v kiradi. Oqila beixtiyor o‘rnidan turadi.
Z a r g a r o v. Ha, yaxshimisan... (Pauza.) Bolalar yaxshimi?
O q i l a (ko‘z yoshini artib). Yaxshi... Xayriyat, bola-lar esingizda bor ekan!
Z a r g a r o v. Ahmoq bo‘lma!.. O’tir! Endi nima bo‘lib shundoq bo‘lganini aytib o‘tirishga fursatim yo‘q — idorada odamlar meni kutib o‘tiribdi. Bo‘lar ish bo‘ldi, bo‘yovi sindi. Ixtiyor o‘zingda, agar shu gapni ko‘chaga chiqaraman desang, mayli, chiqar, lekin o‘ylab ish qil! O’zingga qiyin bo‘ladi: uchta bolang bor, qo‘lingda hunaring yo‘q... Yo‘-yo‘q,. ko‘chaga chiqarmayman, sabr qilaman desang...
M a r a s u l. Sabrning tubi oltin!
Z a r g a r o v. Balli! Ot aylanib qozig‘ini topadi!
Magazindan kelayotgan Xumorxon deraza oldiga yetganida qo‘lidagi o‘ramni tushirib yuboradi.
X u m o r x o n. Voy! Marasul aka!.. Qarashib yuborsangiz-chi!
M a r a s u l (Zargarovga). Xumorxon opam!..
Zargarov (darrov kresloga o‘tirib). Oh! Voh! Sug‘ur! Sug‘ursang-chi!
M a r a s u l (omburni chog‘lab). Hozir... Hozir...
X u m o r x o n. Voy, nima qildi?
O q i l a X u m o r x o n ga tikilganicha qoladi.
M a r a s u l (Xumorxonga). Dunyoda tish sug‘urtirishdan yomon azob yo‘q. Siz boravering, ko‘rmay qo‘ya qoling.
X u m o r x o n. Og‘ritmay oling! (Chiqadi.)
O q i l a uning ketidan qarab, asta o‘rnidan turadi.
Z a r g a r o v (cho‘ntagidan pul olib Oqilaga beradi). Ma, bolalarga biron narsa olib ber.
0 q i l a. O’zingiz qachon borasiz? Bolalar dada deb jonimdan bezor qilishyapti!(Yig‘laydi.)
Z a r g a r o v. Shu hafta ichi boraman. Bolalarni o‘pib qo‘y! Bor!
O q i l a tovush chiqarmay yig‘laganicha chiqib ketadi.
M a r a s u l. Ahadjon aka, juda qaltis ish-da... bir chuvingiz chiqsa bormi — bu yog‘ingiz raykom, bu yog‘ingiz prokuror-a!
Z a r g a r ov. E, vahima qilaverma!
M a r a s u l. Odam qarigan sayin yoshini xohlar ekan-da!.. Xumorxonni olmasdan shunday o‘ynashib yuraversangiz bo‘lmasmidi?
Z a r g a r o v. O’ynashib yurib shunaqa bo‘lib qoldi-da! Bir kuni «bo‘yimda bo‘lib qoldi» deb yig‘lab keldi. Yolg‘on ekan-ku, qo‘rqqanimdan, qorni ko‘zimga katta ko‘-rinibdi. Shu!.. «Tog‘am bilib qolsa meni so‘yadi, xotin ustiga bo‘lsa ham ol», deb turib oldi. Tog‘asi boyagi Rizamat, o‘shanda ham menda zavxoz edi, har kuni salomga kiradigan bo‘lib qoldi: har kirganda «so‘yib kelmadimikin» deb yuragim jig‘ etib ketadi, degin!.. Bundan tashqari, o‘ylab qarasam, bizday odamning bisotida bitta kulturniyroq xotin bo‘lsa ham ziyon qilmas ekan. O’zing o‘ylab ko‘r: xotining bo‘lsa-yu, orada gaplashguday gap bo‘lmasa, biron joyga olib borolmasang, mehmon kelganda dasturxonda ortiqcha bo‘lib o‘tirsa!.. Qiyin-da! Bechora Oqila, o‘zi juda halol, mehnatkash, bolalarga juda mehribon, qisqasi bahosi yo‘q xotinu, orqada qolib ketdi!
M a r a s u l. Savodi bor shekilli?
Z a r g a r o v. Bor edi! Bir oz bor... juda yosh olgan edim-da, yettinchimi, sakkizinchimi sinfda o‘qir edi. Keyin o‘qiyolmadi: katta dargoh, bola-chaqa, qozon-tovoq... Qolib ketdi!.. Qo‘y bu gaplarni! Meni yana biron uch ming so‘m qarzdor qilib tur. Xumorxonni kurortga jo‘natmasam bo‘lmaydi. Oqilaning tapti bosilguncha ko‘zdan nariroq turgani ma’qul.
F o t i m a kiradi.
F o t i m a. Nasiba darsda ekan, aytdim, hozir dars tamom bo‘lishi bilan keladi.
M a r a s u l. Pulingiz bormi? Ahadjon akamga yana uch ming so‘m zarur bo‘lib qolibdi.
F o t i m a (shoshib). Pulim yo‘q.
M a r a s u l (qulog‘iga). Undoq demang, bering, kerakli odam.
F o t i m a. Hadeb olaveradimi?.. Koshki bersa!.. (Ichki belbog‘idan pul olib tez sanab beradi.) Ming! Ikki ming!.. Uch ming!
Qizlarning ashulasi, N a s i b a ning «Sizlar ketaveringlar, orqalaringdan yetib boraman!» degani eshitiladi. Hamma derazadan qaraydi.
N a s i b a (kiradi). Salom...
F ot i m a. Aylanay...
M a r a s u l. Ie, kiyinmasdan kelibsiz-ku!
F ot i m a. Voy, girgitton! Kiring! Kiring!
Z a r g a r o v (Nasibaga zehn solib). Him... (Marasulga.) Formada olib bora ko‘rma, formani ko‘rib ZAGS mudirining jini qo‘zg‘amasin tag‘in.
M a r a s u l. Yo‘-yo‘q! Xudo urdimi!
Z a r g a r o v. Bo‘yi juda past ekan-da!
F o t i m a. Tufli bor! Poshnasi bir qarichlik tuflimiz bor!
Z a r g a r o v. Xo‘p, boringlar, hashamini keyin qilasizlar. Xo‘p, men ketdim, odamlar kutib qoldi. (Chiqadi.)
F o t i m a. Qani, yuring, girgitton!
Ikkovi ichkariga kirib ketadi. Marasul ashula aytib asboblarini yig‘ishtiradi va kiyinadi. Ichkaridan Fotima, boshqa ko‘ylak va baland poshna tufli kiygan N a s i b a zo‘rg‘a yurib chiqadi.
M a r a s u l. Qani, ketdik!
N a s i b a (Fotimaga). Tag‘in ZAGSga boramizmi?
F o t i m a. Bu safar beto‘xtov ZAGS qiladi, Ahadjon akangiz buyurdilar.
M a r a s u l. Endi portfelning keragi yo‘q. (Portfelni olib uloqtiradi.)
F o t i m a. Boringlar! Ilohi omin!.. Tezroq qaytinglar, oshning guruchini solmay turaman!
M a r a s u l bilan N a s i b a chiqadi. Fotima kresloga o‘tirib yuziga fotiha tortadi.
AYAJONLARIM
Ikki parda, olti ko‘rinishli pyesa
QATNASHUVCHILAR
K a r i m j o n — yosh vrach. 
U m i d a — yosh vrach. 
B o‘ s t o n — Karimjonning onasi. 
J a m o l — kolxoz raisi. 
Sh a k a r — Umidaning onasi. 
A sh u r a l i ye v — Umidaning otasi. 
T o‘ t i n i s o — qo‘shni xotin. 
X a y r i — To‘tinisoning qizi. 
S o b i r j o n — montyor.
BIRINCHI PARDA
BIRINCHI KO’RINISH
Aeroport parkida xilvat bir go‘sha, Pastak stol, Uchta kursi. Tashqarida samolyotlar hayqirmoqda. Diktor tovushi: «672-marshrut bo‘yicha 67-reys bilan uchuvchi samolyotga yo‘lovchilar chiqarilmoqda. Yo‘lovchilar, samolyotga chiqishlaringizni so‘raymiz!»
U m i d a (bir qo‘lida chamadoncha, bir qo‘lida guldasta, Shakarni boshlab kiradi).Samolyot vaqtida kelar ekan, ayajon, mana shu yerda o‘tira turaylik.
Sh a k a r, Uff!.. Nasibang Karimjonning nasibasiga qo‘shilgan ekan, men nima deyman, bir muhabbating o‘n bo‘lsin, deyishdan boshqa so‘zim yo‘q!.. Lekin qishloq qizlari shaharga talpinyotganda sening qishloqqa ketishingga hech chidolmayman!
U m i d a. Ayajon, aytdim-ku: hukumat qaerga tayin qilsa o‘sha yerda bir-ikki yil ishlab berishimiz kerak! Kelganimdan beri yelib-yugurib zo‘rg‘a unatdim: ikkovimizni bir rayonga yuboradigan bo‘lishdi. Rayonga borsak bas, u yog‘ini Karimjon akam kolxoz raisi bilan qishdayoq gaplashib ketganlar... Bir-ikki yil ishlaymiz, undan keyin, bir gap bo‘lar... (Soatiga qarab.) Ie, samolyot allaqachon qo‘nipti-ku! (Tashqariga qaray-di.)Voy, ana Karimjon akam!
Umida yugurib chiqadi va Karimjon bilan kiradi,
K a r i m j o n. Salom, ayajon...
Sh a k a r (uning peshanasidan o‘padi). Qo‘sha qaringlar!..
K a r i m j o n. Dadam yaxshilarmi...
Sh a k a r. Yaxshi. Keladigan edi, lektorlarning seminari bor ekan, kutdik-kutdik, chiqavermaganidan keyin kelaverdik. Seminar tamom bo‘lgandir, hozir kelib qoladilar... Karimjon, uyga kirmas ekansiz-da.
K a r i m j o n. Umidaxon aytgandilar-ku: issig‘ida borib qog‘ozlarni topshiraylik, ishimizga o‘rnashaylik, undan keyin kelaveramiz-da!
Sh a k a r (o‘pkasi to‘lib). Bittayu bitta qizim... Butun umrim, bugungi kunim, kelajagim hammasi shu. Men Umidani sutim bilan boqdim, mehrim bilan o‘stirdim, bunga tikilgan tikanga ko‘z qorachig‘imni tutdim. Gulday qilib o‘stirdim. Mana, sizga nasib qilgan ekan, ko‘kragingizga taqib oldingiz. Ming marta roziman. Dadasi ham rozi. Umidani siz ham gulday asrang, hech qachon so‘lmasin, hamisha yashnasin!.. Ikkovlaring podruchka qilib yursalaring shahar ko‘chalariga qandoq yarashasizlar!..
K a r i m j o n. Albatta...
Sh a k a r. Umidaxon qiz bo‘lib qo‘liga bitta igna olgan emas, umrida bitta piyola yuvgan emas, faqat, faqatgina o‘qigan! Shuning uchun sochini tarasa ham qo‘li qavaradi!
U m i d a. Voy, aya, bu meni maqtaganingizmi, yomonlaganingizmi? Yotoqxonada pol yuvar edim, deraza yuvar edim!
Sh a k a r. Biz vaqtida o‘qiyolmadik, shuning uchun yaxshi turmush qilolmadik. Sizlar o‘qidilaring, yaxshi turmushni to‘liq ko‘rishlaring kerak. Shaharda bo‘lsalaring kir-chiringni o‘zim chinniday qilib yuvdirib, dazmollatib beraman!
K a r i m j o n. Qo‘ysangiz-chi, aya! O’zimizdan ish ortmaydi.
Sh a k a r. Yo‘-yo‘q, siz ham doktorsiz, bunaqa ishlarga siz ham qo‘l urmang! Shunaqa xotinlar ham bor! Eriga kir yuvdiradi, qoshini terdiradi... Bularga qolsa bolani ham eri tug‘ib bersa!.. Dadang muncha hayalladilar?
U m i d a. Hayronman...
Sh a k a r. Dadang ikkovimiz to‘ying rejasini chizib qo‘ydik. Shaharda to‘ylar alomat bo‘layotibdi.
K a r i m j o n. To‘y to‘g‘risida izmu ixtiyor sizlarda...
Sh a k a r (sumkasidan surat oladi). Aytganday, qizim, qanaqa surat yubording menga, nahot shu Karimjon bo‘lsa!
Umida suratni olib qotib-qotib kuladi.
K a r i m j o n (suratni olib), Ie! ZAGSdan o‘tgan kunimiz o‘rtoqlarimizni chaqirgan edik. Shunda Umidaxon olgan edi. Toza boplabsiz-ku!.. Uy qorong‘iroq edi. O’zimdan galstugim yaxshi tushibdi...
Sh a k a r. Siz ham ayangizga Umidaning shunaqa suratini yuborganmisiz?
K a r i m j o n. Yo‘q, men... surat yuborganim yo‘q.
U m i d a. Aya, rostini aytsam, Karimjon ayalariga hali ma’lum qilmagan ekanlar.
Sh a k a r (cho‘chib). Rostdanmi?
K a r i m j o n. Rost. Ma’lum qilmaganimni Umidaxonga ham yaqinda aytdim.
Sh a k a r (tashvishda). Nega ma’lum qilmadingiz, ayangizning ko‘zlagan qizlari bormi?
K a r i m j o n. Yo‘q...
Sh a k a r. Voy, ko‘zlagan qizlari bo‘lmasa, nega ma’lum qilmadingiz?
K a r i m j o n. Har kelganimda «senga unaqa qiz olib beraman, bunaqa qiz olib beraman» deyaverar edilar.
Sh a k a r. Qanaqa qiz axir?
Karimjon. O’zlari sal eskicharoq... u kishiga xat qilmaganimning boisi shu: «olti oy oldin yig‘lab o‘tirmasinlar», dedim.
Sh a k a r. Yo‘q, ayangiz qanaqa qizlarni yoqtiradilar?
K a r i m j o n. U kishining yoqtirganlarini qo‘yaverasiz, nuqul sochdan gapiradilar!
Sh a k a r (xotirjam bo‘lib). Bundoq deng!.. Sochdan gapirsalar, xudoga shukur, Umidaning sochi yetarlik! Bir kilo qo‘yning junini setkaga solib, boshiga tang‘ib yuradigan qizlar ham bor!.. Lekin ayangizga ma’lum qilmaganingiz chakki bo‘libdi! Olti oy oldin yig‘lasalar bu choqqacha taqdirga tan berib yupanib o‘tirar edilar. Endi to‘satdan ro‘para bo‘lsalaring... Xush ko‘rsalar-ku, yaxshi, xush ko‘rmay ikkovlaringnn oldilariga solib quvsalar nima bo‘ladi?
TOBUTDAN TOVUSH)
Uch parda, yetti ko‘rinishli komediya
QATNASHUVCHILAR
Suxsurov Nusrat — poraxo‘r.
Netayxon — Suxsurovning xotini.
Obidjon — Netayxonning o‘gay ukasi.
Qori — qo‘shni, machit imomi.
Yusuf — Suxsurov boshliq muassasa xodimi.
Hojar — Suxsurovlarning asrandi qizi.
Shobarot — qamalgan kishining ukasi.
Navro‘zov — militsiya kapitani.
Chol.
Birinchi guvoh.
Ikkinchi guvoh.
Militsionerlar.
Voqea bizning kunlarda bo‘lib o‘tadi.
BIRINCHI PARDA
BIRINCHI KO’RINISH
Machitga devor qo‘shni Nusrat Suxsurovning hashamatli hovlisida mehmonxona. Uning bir eshigi hovliga, ikkinchisi ko‘cha eshigiga tomon ochiladi. Burchakda kattakon qora pechka. Pechka mehmonxonadan yoqiladi. Divan. Qoziqda salla bilan to‘n. Bu yerda tuni bo‘yi ichkilik bo‘lgan. Xontaxtada konyakdan bo‘shagan shishalar, keragidan ko‘proq ryumka, qolgan-qutgan ovqat. Hamma uchib yotibdi: Nusrat Suxsurov divanga intilganu yetolmagan; Yusuf Suxsurovning bir oyog‘ini quchoqlaganicha qolgan; fartuk tutib olgan Qori sichqon poylagan mushukday jag‘ini xontaxtaga qo‘yganicha pishillab yotibdi. Suxsurov baland, Yusuf undan pastroq xurrak tortmoqda. Xo‘roz qichqiradi. Ichkaridan sochlari to‘zigan, yelkasiga naridan-beri bir nima tashlab olgan Netayxon ich ko‘ylakda kiradi, hammaga, ayniqsa Suxsurovga diqqat bilan razm soladi; hamma qattiq uyquda ekaniga ishonganidan keyin kelib Qorini turtadi.
Abdulla Qahhor hayotining so`nggi kunlarida sho`ro jamiyatida shaxsga sig’inishning avj olishi orqasida yuz bergan fojialarni tasvirlovchi “Zilzila” qissasi ustida ish olib bordi. Biroq uni tugata olmagan.
Ayni paytda Abdulla Qahhor asarlari rus, arman, belorus, gruzin, latish, litva, moldovan, mordov-erzya, ozarbayjon, tatar, tojik, tuvin, turkman, uyg’ur, ukrain, chechen, qoraqalpoq, qirg’iz, qozoq, eston kabi tillarga tarjima qilingan. Uning ayrim hikoyalari esa arab, bengal, bolgar, v’etnam, ingliz, ispan, mongol, nemis, polyak, rumin, frantsuz, fors tillarida chop etilgan.
Ulug’ san`atkor yozuvchimiz ijod bulog’i qaynab turgan bir pallada og’ir darddan 1968 yil 25 mayda 61 yoshida dunyodan o`tdi.
Abdulla Qahhor ijodi bo`yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yozilgan va yozilmoqda hamda bir qator yirik monografiyalar, tanqidiy va biografik risolalar nashr etilgan.
Jumladan: Q.Abdusamatovning “Abdulla Qahhor” (hayoti va ijodi haqida) (1957), “Abdulla Qahhor” (hayoti va ijodi haqida ocherk) (1960), M.Sultonovaning “Abdulla Qahhor uslubining ba`zi masalalari” (1967), “Yozuvchi uslubiga doir” (1973), M.Qo`shjonov, U.Normatovning “Mahorat sirlari” (1968), M.Qo`shjonovning “hayot va nafosat” (1970), “Abdulla Qahhor ijodida satira va yumor” (1973), “Abdulla Qahhor mahorati” (1988), N. Rahimjonovning “Abdulla Qahhor va Hamza teatri” (1971), N.Qo`chqorovning “Badiiy so`z ustasi” (1976), M.Abdurahmonovaning “Ruhiy dunyo tasviri” (1977), S.Mirzaevning “Xalq sevgan adib” (Yozuvchi Abdulla Qahhor- ning hayoti va ijodi haqida) (1977), M.Tursunxo`jaevaning “Tarjima san`ati” (Abdulla Qahhor asarlari misolida) (1977), N.SHodievning “Ruhiyat rassomi” (1977), K.Qahhorovaning “Chorak asr hamnafas” (Ўzbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor haqida xotiralar) (1987), O.Sharafiddinovning “Abdulla Qahhor” (hayoti va ijodiy faoliyati haqida lavhalar) (1988), shuningdek, “Adabiyotimiz avtobiografiyasi” (1973), “Abdulla Qahhor” (hayoti va ijodi) (1987), “Abdulla Qahhor zamondoshlari xotirasida” (1987), rus tilida I.Barolinaning “Abdulla Kaxxar” (Ocherk tvorchestva) (1957), L.Batning “Nezabivaemie vstrechi, literaturnie besedi” (Vospominaniya) (1972), M.Agatovning “Ob avtorax vashix knig literaturnix kompozitsiy po materialam kriticheskoy i memuarnoy literaturi” (1972), V.Oskotskiyning “Negasimoe plamya kostra” (1977), M.Bekjanovaning “Razvitie satiricheskix traditsiy Gogolya v tvorchestve Abdulli Kaxxara” (1978) kabi risolalar yaratildi.
Adibning “Ayajonlarim”, “Og’riq tishlar”, “Shohi so`zana”, “Tobutdan tovush” kabi asarlaridan p’esalar yaratildi va teatr sahnalarida qo`yildi. “Sinchalak” povesti bo`yicha kinofil’m yaratildi.
Abdulla Qahhor adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun “O’zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni bilan (1967) taqdirlandi. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti (1966) mukofotiga sazovor bo`lgan. Mustaqillik yillarida esa “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
Abdulla Qahhor rang-barang ijodi va ulkan so`z san`atkori sifatidagi faoliyati bilan o`zbek xalqi madaniyatining yanada yuksalishiga katta hissa qo`shdi. 1987 yilda adib yashagan uyda Abdulla Qahhor uy-muzeyi tashkil etildi.
hozirgi kunda uning nomi Toshkent va Qo`qondagi bir necha ko`cha, maktab va jamoa xo`jaliklariga, shuningdek madaniyat uylari va respublika Satira teatriga berilgan.
Uning “Sarob” romani qayta-qayta nashr qilingan. Jumladan, 1995 yilda “XX asr o`zbek romani” turkumida chop etildi.
Yozuvchi XXI asrda yashovchi avlodlarga XX asr o`zbek jamiyatining qiyofasini namoyon qiladi, chunki uning asarlari chinakam o`zbekona nasr namunasi edi. “Adabiyot ko`ngil ishi, ilhom samarasi” ekanligini anglagan o`zbek kitobxoni Abdulla Qahhor asarlarini mutolaa qilar ekan, yozuvchi iste`dodiga albatta tan beradi. Zeroki, sevimli adibimizning o`zi orzu qilgan asarlari “adabiy go`zallik”ning nasrida o`z aksini ko`rsatgan. “Adabiy go`zallik” ila yo`qrilgan asarlarini hali ko`p o`qiymiz.
Abdulla Qahhor tarjimon
Abdulla Qahhor adabiyot tarixida o`z sahifasini ochgan, o`z ovozi va uslubiga ega bo`lgan yozuvchi sifatida, san`atkor sifatida qimmatlidir. Uning bir qancha asarlari millionlab kitobxonlarning e`tiborini qozondi. Yozuvchi asarlari butun dunyoga mehnatsevar, donishmand o`zbek xalqi haqida, uning ma`naviy kamoloti haqida hikoya qiladi.
Abdulla Qahhor ijodining g’oyaviyligi va zamonaviyligi uning haqqoniyligidadir.
Abdulla Qahhor faqat novellachi, yirik janrlarda asarlar yaratgan yozuvchi sifatidagina emas, balki yaxshi tarjimon sifatida ham mashhurdir. U avvalo rus adabiyoti, keyin chet el adabiyotidan qator asarlarni o`zbek tiliga tarjima qilib, keng kitobxonlar ommasiga taqdim etgan. O’zbek kitobxonlari Abdulla Qahhor orqali ushbu tarjimalarni o`qishga muyassar bo`lganlar.
Ma`lumotlarga ko`ra, Abdulla Qahhor dastlab, rus adabiyoti- dan 1931 yilda F.Gladkovning “Olovli ot” romanini, keyinchalik A.Serafimovichning “Temir oqim” romanini (1933), A.P.CHexovning “Kashtanka” hikoyasini (1936), A.S. Pushkinning “Kapitan qizi” qissasini (1939, 1949, 1972), N.V.Gogolning “Uylanish” p’esasini (1940), N.Virtaning “SHimoliy front: hikoyalar, ocherklar, portretlar”ini (1942), B.Gorbatovning “Aleksey Kulikov-jangchi” asarini (1943), A.Il’ichenkoning “qalb xotirasi” asarini (1943), L.SHapironing “Uchinchi o`g’il: Razvedkachi Sirojiddin Valiev haqida kinematograf uchun 12 epizoddan iborat povest'”ini (1943), N.V.Gogolning “Revizor”: 5 pardali komediyasini (1952, 1974, 1980), L.N.Tolstoyning “Urush va tinchlik” romanini (1954), A.Gaydarning “Timur va uning komandasi” asarini (1974) o`zbek tiliga tarjima qilgan.
Shuningdek, u Yu.Arbatning “Razvedkachi”, M. Zoshenkoning “Grafin”, “Kulrang eski”, “Ov”, “Sartaroshxonada” kabi hikoyalarini, A.Kononovning “Kutib olish” hikoyasini, V.Stavskiyning “Zirhteshar Rahmonov”, A.P. Chexovning “Grisha”, “Yovuz niyatli kishi”, “Lozim choralar”, “Niqob”, “Oy tutilishi”, “Sarlavhasiz”, “Semiz va oriq”, “Unter Prishibeev”, “Xameleon”, “Chinovnikning o`limi”, “Chiqdi” kabi hikoyalarini mohironalik bilan o`zbek tiliga tarjima qilgan.
Tarjimon Abdulla Qahhor arman adabiyotidan M.SHaginyanning “Gidrotsentral'” romanini (1933), ukrain adabiyotidan V.Vasilevskayaning “Kamalak” povestini (1944), Ivan Lening “Tog’ oraliqlari” romanini (1932), frantsuz adabiyotidan E.Zolyaning “Tegirmon hamali” asarini, qoraqalpoq adabiyoti- dan T.Qayipbergenovning “Sovuq bir tomchi” qissasini (1965), A.Klossning “Bizning parovoz ilgari bos” hikoyalari (1933), tojik adabiyotidan R.Jamilning “Mening doktorim” hikoyasini (1949), arab adabiyotidan “Bir soatlik xalifa”, “Ming bir kecha” kitobidan yangi hikoya va afsonalar (2-nchi nashrini) (1974) kabilarni o`zbek tiliga tarjima qilgan.
Abdulla Qahhorning tarjimonlik mahorati shundaki, u o`ta aniqlikdan qochib, masalaga ijodiy yondoshadi, uning uchun originalning tarjimasiga rasmiy muvofiqligi emas, balki originalga teng qimmatlilik, yozuvchining badiiy uslubini qayta yaratish muhimdir. U tarjimada faqat rasmiy talablarga rioya qilish nuqtai nazaridan qarovchilar bilan kelisha olmaydi.
O’zbek kitobxoni Gogolning Abdulla Qahhor tarjima qilgan “Revizor” komediyasini o`g’irkan, undagi komik obrazlarni jonli tasavvur qiladi va deyarli tarjima asar ekanligini sezmaydi. Komediyaning tarjimasi aniq, ta`sirchan bo`lib, tarjimon ba`zi joylarda originaldan oqilona chekinadi.
Xulosa
Abdulla Qahhor boshqa xalqlar namoyandalarining asarlarini tarjima qilib, ularni o`zbek kitobxonlariga tanitgan tarjimon, novella asarlar va satiric asarlar ustasidir. . Adabiy ta’lim har bir o‘quvchidan o‘zgacha badiiy idrokni, asrni his etishni, kashf qilishni va yagona xulosaga emas, turfa yechimlarga, xulosalarga kelishi tabiiy hol sifatida baholaydi, to‘g‘ri deb biladi. O‘quvchilar bitta asarni o‘qib o‘raganishsada, undan turlicha hissiy ta’sirga, quvvatga ega bo‘ladilar, rango-rang xulosalar yasaydilar. O‘quvchilarning badiiy tafakkurini o‘stirishda; badiiy asarlar, ayniqsa, hikoya janrining imkoniyatlarini to‘liq ochib berilishida; so‘z sehri, qudratini teran his qilinishida; hayotning asl suratini – badiiy talqinini o‘qib, zaruririy xulosalar hosil qilinishida; o‘tmish bilan bugun o‘rtasidagi taraqqiyot darajasini muqoyasa qilinishida; fikrni ifodalashning sodda, siqiq shakllarini o‘rganib, mantiqiy fikrlash 1 Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Т. “Шарқ”. 1997. 4-10 бетлар. 70 imkoniyatlarini kengaytirilishida; o‘quvchining olam haqidagi, odam haqidagi bilimlarini boyitishda, shubhasiz, Abdulla Qahhor asarlarining ham alohida o‘rni, mavqei bor. Adabiy ta’lim amaliyotida Abdulla Qahhor asarlarini: hikoya, qissa va romanlarini o‘rganish yuzasidan juda boy pedagogik tajriba to‘plangan, ommalashtirilgan. Bir qarashda, adib asarlarini o‘rganish yuzasidan aytilmagan fikr, tavsiya etilmagan metod yoki usulning o‘zi qolmagandek. Chindan ham, Abdulla Qahhor asarlari o‘zbek adabiy ta’lim jarayonida uzoq yillardan beri o‘rganilmoqda, o‘rgatishning yangi-yangi qirralari kashf etilib, keng o‘qituvchilar jamoasiga amaliy foydalanish uchun tavsiya etilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, aytish mumkinki, Abdulla Qahhor asarlarini o‘rganishda hali yechimini kutayotgan bir qancha muammolar yo‘q emas. Masalan: 1. Adib asarlari matni ustida ishlashning istiqbolli ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish. 2. Abdulla Qahhor hikoyalari misolida hikoya janri tadqiqini yangi pog‘onaga yuksaltirish. 3. Abdulla Qahhor asarlari orqali o‘quvchilarning fikrlash quvvatini oshirish, so‘zdan foydalanish uquvini, shakllantirish, mustahkamlash, badiiy tafakkurini o‘stirish. 4. Abdulla Qahor asarlarini o‘rganishning innovatsion metod va usullari tizimini ishlab chiqish. 5. Abdulla Qahhor ijodini o‘rganish yuzasidan yangilangan uslubiy qo‘llanmalar yaratish. Abdulla Qahhor ijodini o‘rganishga yangicha yondashuv maqsadi yo‘lida olib borgan kichik tadqiqotimizni, sa’y-harakatimizni ummondan tomchi sifatida baholash mumkin. Tadqiqot, avvalo, bizda o‘zimizga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamladi; Abdulla Qahhor ijodini chuqurroq tahlillash imkonini yaratdi; adabiy ta’lim jarayoni haqidagi bilimlarimizni boyitdi; Respublikamizda faoliyat olib borayotgan ilg‘or pedagoglarimizning ish tajribalaridan bahramand etdi; hikoya janrining cheksiz imkoniyatlarini kashf qildik; o‘quvchilar jamoasi bilan ishlash 71 ko‘nikmalarini hosil qildik; maktab hayotiga, ta’lim berish jarayoniga kirib bordik; elkamizga og‘ir va sharafli kasbiy mas’uliyat yuklanayotganini teranroq his qila boshladik; o‘zimizda ijodkorlik, tadqiqotchilik, ilmga, izlanishga chuqurroq mayl, istak – maqsad tuydik; kelajak padagogik faoliyatimizda oddiy, bir maromda tebranuvchi o‘qituvchi bo‘lib emas, aksincha, tinimsiz izlanadigan, olg‘a intiladigan, ilmga boy, metodik tajribaga hisobsiz o‘qituvchi bo‘lish maqsadi qat’iy qaror topdi; eng muhimi, bizlarga nazariy, amaliy saboq bergan ustozlarimizning mehnatlari zoe ketmaganini o‘zimiz misolimizda idrok etdik; dillarimizni g‘urur, shunday yurtda yashash baxtidan shukronalik, o‘qituvchi degan sharafli, muqaddas nomga hamisha munosib bo‘lish kabi pokiza tilaklar, ezgu maqsadlar egalladi.


Download 77,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish