x va h undoshlari alohida fonemalardir.
i bilan boshlanuvchi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida x yoziladi: ix-tiyor, ix-cham, ix-los, ix-tisoslik; qolgan bo‘g‘inlarida kelsa h yoziladi: il-hom, i-ho-ta, is-loh;
e bilan boshlanuvchi so‘zlar tarkibida asosan h yoziladi: ehson, ehtirom, ehrom, ehtiyot, ehtiyoj.
x va h ayrim so‘zlarda ma’no farqlashga xizmat qiladi: xol (dog‘)-hol (ahvol); xam (egik)-ham (yuklama); shox (daraxt shoxi)-shoh (podshoh); rux (metall)- ruh (arvoh);
Ayrim so‘zlarda yonma-yon kelgan ikkita bir xil undoshdan biri tushirilsa, so‘z xato hisoblanmaydi, faqat so‘z ma’nosi o‘zgaradi; qattiq-qatiq; silla-sila; tilla-tila; mashshoq-mashoq; cho‘qqi-cho‘qi; ushshoq-ushoq;
Siyla, biyron, ziyrak so‘zlarida y undoshi tushirilganda so‘z xato hisoblanmaydi, ma’no o‘zgaradi: sila, biron, zirak.
‘ belgisi.
‘ belgisi tovush ifodalamaydi:
a) ‘ belgisi unli tovushdan keyin kelsa, unlini cho‘ziqroq talaffuz etish uchun xizmat qiladi: ma’no, ma’rifat, ta’limot.
b) ‘ belgisi undoshdan keyin kelsa, keyingi bo‘g‘inni ajratish uchun xizmat qiladi: mas’ud, mas’ul, jur’at, sun’iy.
‘ belgisi ma’no farqlash uchun ham xizmat qiladi: sher (hayvon)-she’r (ijod mahsuli); qala (ish harakat)-qal’a (qarorgoh); tana (vujud)- ta’na (minnat); nasha (o‘simlik)- nash’a (zavq); sanat (fe’l)-san’at (ot); surat (tasvir)-sur’at (tezlik); tarif (toifa)- ta’rif (sifatlash);
Hozirda ikki xil yozuvdan foydalanilmoqda. O‘zbek xalqi VII asrlargacha runik, uyg‘ur, so‘g‘d, moniy, braxma yozuvlaridan foydalangan. XV asrda arab yozuvi bilan bir qatorda uyg‘ur yozuvi qo‘llangan. VIII asrda 1929 yilgacha arab yozuvi; 1929-1940 yillarda lotin yozuvi; 1940 yildan hozirga qadar kirill yozuvidagi rus alifbosidan foydalanilmoqda.
Lotin yozuviga o‘tish to‘g‘risidagi qaror 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilindi. 1993 yil 2 sentyabrdagi qarorga muvofiq lotin alifbosi 31 ta harf va bitta tutuq belgisi (‘apostrof) dan iborat deb belgilandi. Keyinchalik, 1995 yil 6-7 may qaroriga muvofiq bu alifboga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra alifbo 26 ta harf va 3 ta harf birikmasidan (Ch, Sh, Ng) iborat (jami: 29 ta harf) deb belgilandi. Lotin alifbosiga o‘tish dastlab 2000-yil- gacha bo‘lgan muddatda belgilandi. O‘zgartirish haqidagi qarorga asosan 2005-yilga- cha, deb uzaytirildi.
Orfografiya so‘zi ikkita grekcha so‘zdan tashkil topgan, ya’ni orthos to‘g‘ri va grapho yozaman. Demak, orfografiya so‘zining ma’nosi to‘g‘ri yozishdir. Shu sababli orfografiyaning asosiy vazifasi alifboning yozuvdagi qo‘llanish qoidalari, so‘zlarning yozilishi va bo‘g‘in ko‘chirish qoidalarini o‘rganishdan iborat.
Tilshunoslik fanida harflarni ishlatishning bir necha usuli mavjud. Ular quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |