Gumanitar fanlar fakukleti ” O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi Ismadiyorov Qobiljonning Tilshunoslik asoslari fanidan tayyorlagan



Download 49,1 Kb.
bet1/13
Sana18.07.2021
Hajmi49,1 Kb.
#122481
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tilshunoslik asoslari


Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Gumanitar fanlar fakukleti ”



O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi
Ismadiyorov Qobiljonning


Tilshunoslik asoslari fanidan tayyorlagan

Mustaqil ish




Chirchiq 2021

Reja:


1.Tilshunoslikka kirish

2.Til va jamiyat

3.Fonetika

1. Til kishilar o‘rtasidagi munosabatning eng muhim quroli bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan va umuminsoniy manfaatlarga xizmat qiladi. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ekan, inson kamoloti haqida fikr yurituvchi barcha fanlarning o‘rganish manbai tilga aloqador hisoblanadi .

Tilning tabiati, mohiyati kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasi, strukturasi va bu strukturani tashkil etgan elementlarning o‘zaro munosabati, uning ichki mexanizmi, ishlash principlari kabi muhim masalalarni ilmiy o‘rganishni, tilni har taraflama tadqiq qilishni talab qiladi.

Til kishilik jamiyati mahsulidir. Tilsiz hech bir voqelik va hodisani, insonning tabiatda, jamiyatda tutgan o‘rnini, jamiyat taraqqiyoti yo‘llarini bilish, o‘rganish mumkin emas.

Tilshunoslik fanining pridmeti, o‘rganish manbai o‘z ichki qonuniyatlariga ega bo‘lgan murakkab tizim –tildir. Tilning o‘ziga xos xususiyatlarini, taraqqiyot qonuniyatlarini o‘rganish mazkur ijtimoiy hodisaga har tomonlama to‘liq ta’rif berish imkonini yaratadi . Til umumiy qonuniyatga bo‘ysunuvchi o‘ziga xos ramzlar tizimi bo‘lib, kishilik jamiyatidagi aloqa - munosabatning eng muhim quroli, fikr ifodasi hamda fikr yuritish asosi , voqelikni avloddan avlodga yetkazuvchi , insoniy kechinmalarni, his –tuyg‘ularni ifoda etuvchi vositadir. Tilshunoslik tarixida tilga turlicha yondashuvlarni kuzatish mumkin .

XX asrdan boshlab tilshunoslik fanining predmetini aniqlashda yangi davr boshlandi. Hozirgi zamon tilshunoslik fanining asoschisi mashhur shveysariyalik olim F.de Sossyur (1857-1913) nazariyasi ta'sirida tilshunoslik fanining predmeti masalasi ham yangicha tus oldi. F. de Sossyurning fandagi asosiy xizmati shundan iboratki, u birinchilar qatori tilning murakkab hodisa ekanligini aniqlagan holda, yangi mukammal va aniq, shakllangan umumiy tilshunoslik nazariyasini yaratib berdi.

Tilshunoslik fanining predmetini aniqlash va uni ta’riflashga intilgan F.de Sossyur- ning qarashlari tilshunoslik tarixidagi muhim masalalarni hal etishda sezilarli ta’sir ko‘rsatdi . F.de Sossyur fikricha, til kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasiga ko‘ra aloqa quroli , fikr ifodalash vositasidir; ijtimoiy tabiati jihatidan til madaniy –tarixiy va ijtimoiy hodisa , ichki tuzilishiga ko‘ra sof belgi - ishoralar tizimidir .

Tilshunoslikning umumiy va xususiy tilshunoslik ; nazariy tilshunoslik, amaliy tilshunoslik kabi qator bo‘limlari mavjud bo‘lib, tilning ayrim jihatlari asosida umumiy qoidalar chiqariladi.

Til - ijtimoiy hodisa. Til jamiyat taraqqiyoti jarayonida yuzaga kelgan. Til - tabiiy, biologik hodisa emas ; tilning mavjud bo‘lishi va uning taraqqiyoti tabiat qonunlariga bo‘ysunmaydi. Til butun jamiyat tarixi jarayonidagi tadrijiy davrlarning mahsuli sifatida umuminsoniy manfaatga xizmat qiladi . Xalq qardosh qabilalar ittifoqi sifatida shakllangan murakkab tarixiy uyushmadir. Xalqning asosiy belgilari: umumiy til , umumiy hudud , madaniyat va ma’naviyat muhitning umumiyligidir . Xalqning asosiy belgilaridan biri bo‘lgan milliy til o‘zaro farqlanuvchi , yetakchi , iqtisodiy va madaniy markaz tili sifatida namoyon bo‘ladi .

Tilning paydo bo‘lishi masalasi insoniyatni qadimdanoq qiziqtirib keladi . Tilning paydo bo‘lishi juda murakkabdir . Bu masala faqat tilshunoslikning emas , boshqa ko‘p fanlarning: antropologiya , psixologiya va etnografiya kabi fanlarning ham o‘rganish obyektidir. Tilning paydo bo‘lishi masalasi – til qachon va qayerda paydo bo‘lgan , dastlab nechta til bo‘lgan , u yoki bu tillar qanday tuzilishda bolgan va shu kabi savollarga hali ilmiy asoslangan mukammal javob topilgan emas. Ba’zi olimlarning fikricha, til taxminan besh yuz ming yillar ilgari paydo bo‘lgan . Qadimgi Yunonistonda faylasuflar tilning qay tarzda kelib chiqqanligi ustida uzoq davr qizg‘in bahs olib borganlar. Tilshunoslik tarixidan ma’lumki , bu masalada grek faylasuflari bir-biriga zid ikki xil farazni o‘rtaga tashlashgan. Demokrit va boshqalar tilda narsa nomi bilan narsa orasida hech qanday bog‘lanish yo‘q , bu nomlar mazkur tilda gaplashuvchi odamlar tomonidan yaratilgan , demak , til inson tomonidan yaratilgan, degan fikrni ilgari surishgan . Bu guruh olimlar anomalistlar deb nom olgan. Platon boshliq boshqa bir guruh olimlar “narsa bilan uning nomi orasida muayyan bog‘lanish bor. Bu bog‘lanish narsalarning xususiyatlaridan, tabiatidan kelib chiqqan va bu bog‘lanish ilohiy kuch tomonidan o‘rnatilgan” degan fikrni ilgari surishgan . Tarixda bu oqim anologistlar deb nom olgan. Fanda tilning kelib chiqishi to‘g‘risida bir-biriga qarama-qarshi nazariyalar mavjud bo‘lib , ular bir-biri bilan kurashib kelmoqda . Bu nazariyalarning ba’zilari til insonlarning bir-biri bilan munosabatda bo‘lishi ehtiyoji natijasida kelib chiqqan deb hisoblasa , boshqalari ayrim shaxslarning o‘z fikrini avval o‘zi uchun , keyin boshqalar uchun bildirishi natijasida kelib chiqqan , deb hisoblaydi . Shu tariqa tilning paydo bo‘lishi va shakllanishi haqida turlicha qarashlar , nazariyalar , farazlar yaratildi . Ushbu nazariyalar tanqidiy tahlil asosida o‘rganilishi lozim . Bu nazariyalar asosan 4 ta :




Download 49,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish