fonetik, fonematik, an’anaviy, morfologik va simvolik .
Fonetik prinsip. Bunga asosan talaffuzda qanday tovush eshitilsa, shunga mos keladigan harf yozilishi lozim: qorin-qornim, burun- burnim.Bunda tovush tushishi kuzatiladi.
Fonematik prinsip. Bunga asosan tovushlar qanday talaffuz qilinishidan qat’iy nazar, bir xil yozilishini talab qiladi. Masalan, olib ketdidagi b harfi p deb talaffuz qilinadi. Lekin b yozilishi shart.
An’anaviy prinsipda so‘zlar ularda mavjud, hozirgi vaqtda talaffuz qilinadigan tovushlarga asoslanib yozilmay, balki tarixda qanday yozilgan bo‘lsa, hozir ham shunday yoziladi.
Morfologik va simvolik prinsiplar so‘zlarning yozilishida grammatika va leksikaning manfaatlarini nazarda tutadi.
LEKSIKOLOGIYA
Leksikologiya so‘z va uning lug‘aviy ma’nosi haqidagi bo‘lim. So‘z va uning lug‘aviy ma’nosi bilan bog‘liq hodisalar: o‘z ma’no va ko‘chma ma’no, bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik, so‘zning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari (sinonim, omonim, antonim, paronim) leksikologiyada o‘rganiladi. So‘z lug‘aviy ma’no va grammatik ma’noga ega bo‘ladi. So‘zning ob’ektiv borliqdagi narsa, belgi, harakat kabilar haqidagi ma’lumoti leksik (lug‘aviy) ma’no deyiladi. Lug‘aviy ma’no so‘z anglatgan tushunchadir.
Grammatik ma’no grammatik shakllar (qo‘shimchalar) orqali ifodalangan ma’nodir. Masalan, qalam: a) lug‘aviy ma’nosi-o‘quv quroli; b) grammatik ma’nosi: ot, turdosh ot, birlikda, turlanmagan So‘zning lug‘aviy ma’nosini leksikologiya, grammatik ma’nosini morfologiya o‘rganadi.
Lug‘aviy ma’no anglatuvchi til birliklari lug‘aviy birliklar deyiladi. Lug‘aviy birliklar 3 xil: 1) so‘z 2) ibora 3) termin (atama).
Mustaqil so‘zlar ham lug‘aviy, ham grammatik ma’no ifodalaydi; yordamchi so‘zlar esa faqat grammatik ma’no bildiradi.
So‘z ma’nosi ma’lum xususiyatlarga ko‘ra ko‘chadi. Lug‘aviy ma’noning asosiy taraqqiyot yo‘llari (ko‘chish usullari) quyidagicha:
metafora, metonimiya, sinekdoxa, funksiyadoshlik (vazifadoshlik), kinoya.
Metafora - “o‘xshashlik” asosidagi ma’no ko‘chishi. Bunda ma’no ko‘chishi o‘xshashlik asosida ro‘y beradi. Metafora ikki usulda amalga oshadi: a) ma’no o‘xshashlik asosida ko‘chadi: oltin kuz, kumush choyshab, fan cho‘qqilari, litsey qaldirg‘ochlari...b) metafora -dek, -day, kabi, singari, yanglig‘, xuddi, go‘yo so‘zlari yordamida hosil qilinadi, masalan: shishadek osmon, Adashgan it kabi Furqat, xuddi sherdek.
Metonimiya - “aloqadorlik” asosidagi ma’no ko‘chishidir. Bunda narsa-buyum o‘ziga aloqador boshqa nom bilan ataladi. Masalan: Qishloq chetida samovar ochildi (samovar-choyxona); Osmonga tikildi million juft ko‘zlar (ko‘z-odam); Fuzuliyni oldim qo‘limga (Fuzuliyni-kitobini).
Sinekdoxa - butunning nomi bilan qismini atash, qismning nomini atash. masalan: Besh qo‘l barobar emas (qo‘l-barmoq); O‘n qo‘li hunar (qo‘l barmoq).. Besh qo‘lini og‘ziga tiqdi (qo‘l barmoq); Shu bitta tuyoq bilan olti bolani boqdim (tuyoq-sigir); Tirnoqqa zor o‘tdi (tirnoq-farzand).
Vazifadoshlik (funksiyadoshlik) - vazifa asosida ma’no ko‘chishi. Bunda so‘z ma’nosi vazifaga ko‘ra ko‘chadi. Masalan: o‘q qadimda kamon o‘qi ma’nosida qo‘llangan. Hozirda miltiq o‘qi, pistolet o‘qi ma’nolarida qo‘llanadi; kotib, pero, qalam so‘zlarida ham vazifaga ko‘ra ma’no ko‘chishi ro‘y bergan.
Kinoya-qochiriq, kesatiq ma’nolarida aytilgan o‘zgalar “gapi”, “so‘zi”. Kinoya bilan aytilgan so‘z qo‘shtirnoqqa olinadi. Kinoya bilan aytilgan so‘z teskari ma’noda tushuniladi.
Tarixiylik jihatdan o‘zbek tili leksikasi 3 xil:
1) zamonaviy qatlam.
2) eski qatlam.
3) yangi qatlam.
Do'stlaringiz bilan baham: |