Gulyamov saidahror saidahmedovich raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/218
Sana30.04.2022
Hajmi5 Mb.
#599699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   218
Bog'liq
Raqamli iqt-lat-2019-

O’zbekistonRespublikasi 
Prezidentining 
PQ-3832 
03.07.2018dagi“O’zbekiston Resbublikasida raqamli iqtisodni rivojlantirish 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori



tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu 
rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot 
ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot – 
bu o’ziga hos nazariya bo‘lib, uning o‘rganish ob’ekti, axborotlashgan jamiyat 
hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot nazariyasi o‘z rivojlanishining boshlang‘ich 
davridadir, chunki tsivilizatsiyaning raqamli axborot bosqichiga o‘tishi bir necha 
o‘n yilavvalgina boshlangan.“
Raqamli iqtisodiyot
” atamasi ilmiy amaliyotga 
ispaniyalik va amerikalik sotsiolog, axborotlashgan jamiyatning yetakchi 
tadqiqotchisi Manuel Kastels tomonidan kiritilgan. Bu borada u o‘zining “
Axborot 
davri: iqtisod, jamiyat va madaniyat
” nomli uch jildli monografiyasini chop etgan. 
Hozirgi vaqtga kelib, raqamli iqtisodiyot nazariyasi to‘laligicha hali shakllanmagan 
va ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan keng miqyosda o‘rganilmoqda.Ilmiy 
adabiyotlarda hozirgi zamon “
Yangiraqanli iqtisodiyoti
” turli xilatamalar bilan 
nomlanadi. Masalan, “
postindustrial iqtisodiyot
” (D.Bell), “
axborotlashgan 
iqtisodiyot
” (O.Toffler), “
megaiqtisodiyot
” (V.Kuvaldin), “
axborot va aloqaga 
asoslangan iqtisodiyot
” (I.Niniluto), “
texnoiqtisodiyot yoki raqamli iqtisodiyot
” 
(B.Geyts), “
bilimlarga asoslangan iqtisodiyot
” (D.Tapskott). Ushbu tushunchalarni 
bog‘lab turadigan omil – bu iqtisodiy jarayonlarning globallashuv jarayonida 
axborot texnologiyalarining birlamchi o‘rinni egallashi bo‘lib hisoblanadi.Raqamli 
iqtisodiyot haqida so‘z borar ekan, axborotlashgan jamiyatga ta’rif berib o‘tish 
o‘rinlidir.Axborotlashgan jamiyat deb, unda faoliyat yuritayotgan kishilarning ko‘p 
qismi axborotni, ayniqsa, uning eng oliy shakli bo‘lgan bilimlarni ishlab chiqarish, 
saqlash, qayta ishlash va sotish bilan band bo‘lgan jamiyatga aytiladi. Jamiyat va 
iqtisodiyot rivojlanishining bu bosqichiga jamiyat hayotida axborot, bilim va 
axborot texnologiyalari ahamiyatining yanada oshishi xosdir.Raqamli iqtisodiyot 
ustivar 
bo’lgan axborotlashgan jamiyatgata’rif berishdaiqtisodchilar turli 
texnologik, iqtisodiy, mehnat, fazoviy, iste’mol va kreativ mezonlardan 
foydalanadilar. Quyida ularni har birini batafsilroq ravishda ko‘rib chiqishga 
harakat qilamiz: 
1. Texnologik mezon. 
Yangi texnologiyalar axborotlashgan jamiyatning 



tug‘ilish belgisi deb qabul qilinadi. Bunda kabelli va yo‘ldosh orqali televideniye, 
kompyuter tarmoqlari, shaxsiy kompyuterlar, yangi ofis texnologiyalari va 
boshqalar nazarda tutiladi. Texnologik yangiliklarning bunday hajmi ijtimoiy qayta 
qurishga olib keladi deb tasavur qilinadi, chunki ularning jamiyatga ta’siri juda 
ham sezilarli darajada bo‘ladi. Yaponiyada aloqa va telekommunikatsiya vazirligi 
1975-yildan boshlab, telefon orqali so‘zlashuvlar, axborotni yetkazib berish 
vositalari hajmini o‘lchash, hisobga olish uchun murakkab texnikadan foydalanadi. 
Texnologik mezonga qarshi quyidagi e’tirozlar olg’a suriladi: 

jamiyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hajmini o‘lchashning 
oqilona birligi mavjud emasligi; 

texnologik daraja ko‘rsatkichida jamiyatni axborotlashgan deb atash mumkin 
bo‘lgan nuqtani aniqlashning qiymatli yechimi topilmaganligi muammosi; 

texnologiyalar ijtimoiy sohadan ajralmasdir, ular ijtimoiylikning tarkibiy qismi 
hisoblanadi. 
Misol uchun, u yoki bu tadqiqotlar va ilmiy ishlanmalar masalasida qabul 
qilinadigan qarorlar ijtimoiy ustuvorliklarni ifodalaydi va bu baholovchi 
mulohazalar asosida turli texnologiyalar rivojlanadi. Texnologik determinizm 
texnologiyaga asossiz muhim o‘rin ajratib beradi, lekin texnologiya noijtimoiy 
hodisa sifatida jamiyat rivojlanishining asosiy, ijtimoiy omili bo‘lib hizmat qila 
olmaydi. 
2. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish