Iqtisodiy mezon esa
axborotning iqtisodiy qadr-qimmati o‘sishini
hisobga olishni nazarda tutadi. Yalpi ishlab chiqarishning ichki mahsulotida
axborot biznesi ulushining ko‘payishi jamiyat rivojlanishining axborotlashgan
jamiyat tomon harakatlanishini bildiradi.Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish
darajasini aniqlash uchun olimlar tomonidan “Yalpi raqamli mahsulot”
ko‘rsatkichini kiritish taklif qilinmoqda. U axborot texnologiyalari yoki axborot va
intellektual tarkibiy qism yordamida iqtisodiy sektorlarda yaratilgan iste’molchi
uchun foydali bo‘lgan axborot, tovar va hizmatlarining bozor qiymatini aks
ettiradi.Iqtisodiy mezonni eng birinchilardan bo‘lib, amerikalik olim Fris Maxlup
taklif etgan, u axborot sohalariga ta’lim, huquq, noshirlik ishi, ommaviy axborot
10
vositalari va kompyuterlarni ishlab chiqarishni kiritdi. Mark Porat esa birlamchi va
ikkilamchi iqtisodiyot sektorlari orasiga farq kiritgan amerikalik olimlardan biri
hisoblanadi. Birlamchi sektor aniq iqtisodiy baholanishi mumkin, chunki u
bevosita bozor qiymatini yaratadi. Ikkilamchi sektor iqtisodiyot uchun muhim
hisoblansada, ammo uni iqtisodiy baholanishni amalga oshirish ancha mushkul
amal hisoblanadi, chunki u kompaniyalar va davlat korxonalari ichidagi axborot
faoliyatini o‘z ichiga oladi. Axborot jamiyatini aniqlashning iqtisodiy mezoni
amerikalik olim,professor Gerbert Shiller ishlarida ham o‘zining nazariy asosini
topgan. U “axborot va kommunikatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday
innovatsiyalarga nisbatan bozorning o‘rni hal qiluvchi bo‘lib qoladi: axborotlar
tovar bo‘lib qolishi kerak,ya’ni ularga kirish yo‘li faqat tijorat asosida bo‘ladi”-
degan hulosaga keladi. Bunday holatda axborot ko‘proq har qanday boshqa
tovarlarga o‘xshab qoladi. Shillerning ta’kidlashicha, bozor tamoyillari axborot
sohasida ham xuddi kapitalistik jamiyatdagidek to‘laligicha ishlaydi. Shu mezonga
mos holda, ishlab chiqarilgan axborotlarning miqdori va sifati to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ularni foyda olish imkoniyati mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda bozor
tamoyillariga asosan, qanday ko‘rinishdagi axborotni ishlab chiqarish kerak, kim
uchun va qanday shart-sharoitlarda, degan savollarga duch kelinishi tabiiy hol
hisoblanadi. Ushbu iqtisodiy mezonga qarshi quyidagi e’tirozlar ilgari surilmoqda:
axborot sektoriga nimani kiritmoq kerakligi haqidagi masalani hal etishda,
yashirin sharh va baholi mulohazani chetlab o‘tish mumkin bo‘lmay qoladi.
Natijada axborot sektorining iqtisodiy ahamiyati bo‘rttirib ko‘rsatilishi
mumkin. Misol uchun, F. Maxlup o‘zining «bilimlar sohasi»ga “axborot
binolari”ni qurishni kiritadi, bu esa shunga o‘xshash binolar, masalan,
universitetlar va kutubxonalar qurilishi oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash
uchun mo‘ljallangan omborxona inshootlari qurilishidan keskin farq qilishini
nazarda tutadi. M. Porat o‘zining “ikkilamchi axborot sektori”ni tadqiq
etganda, u har qanday sohani axborot va noaxborot qismlarga bo‘lib oladi.
Ammo bunday “o‘ylash” va “bajarish” kabi bo‘linishda masalan, turli
11
vazifalarni o‘z ichiga oladigan nazorat kompyuter tizimlari operatorining
ishini qaysi bo‘limga qo‘shish kerakligini aniqlash qiyin bo‘lib qoladi;
axborot hajmlarini o‘lchashga qiymatli yondashuv ijtimoiy ahamiyatga ega
iqtisodiy faoliyatning har xil turlarini tenglashtirib qo‘yadi. Bunday
yondashuvda masalan, reklamaga sarflangan $1 ilmiy jurnalni nashr qilish
uchun sarflangan $1ga tenglashtiriladi.
3.
Mehnat mezoni.
Bu yerda aholi bandlik tuzilmasi va bu tuzilmaning
o‘zgarish tendensiyasi ko‘rib chiqiladi. Faoliyat yurituvchi jamiyat a’zolarining
ko‘pchiligi axborot sohasida ishlaganda, jamiyat o‘z rivojlanishining raqamli
axborotlashgan bosqichiga kirib boradi deb tushuniladi. Bunday yondashuvda
axborot jismoniy bo‘lmagan mehnat uchun xomashyovazifasini bajaradi.
Zamonaviy raqamli iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi insonlar bo‘lib,
ularning asosiy vazifasi axborot yaratish va undan foydalanishdan iborat bo‘ladi.
Mehnat mezoni amerikalik sotsiolog Deniyel Bell asarlarida o‘z nazariy asosiga
ega bo‘ldi. U har qanday bosqichda butunlay va yaxlit holda mehnatning ustuvor
yo‘nalishi bilan belgilanadigan ijtimoiy tuzilish turkumlarini taklif qildi. Uning
fikricha, industrial rivojlanish davrigacha bo‘lgan jamiyatlarda qishloq xo‘jalik
mehnati asosiy faoliyat turi bo‘lgan, industrial jamiyatlarda eng ko‘p tarqalgan
mehnat manufakturalardagi mehnat bo‘lsa,postindustrial jamiyatda bandlikning
asosiy turi hizmat ko‘rsatish sohasi ustuvorligida namoyon bo‘ladi. Bunday
o‘zgarishlarning asosiy sababini Bell ishlab chiqarish samaradorligining o‘sishi
tufayli deb tushuntiradi. Ishlab chiqarish unumdorligining o‘sishi sababli,
jamiyatda o‘qituvchilar, shifokor hamda shifoxonalar va shu kabilar sonining
oshishi imkoniyati paydo bo‘ladi. Industrial jamiyat qanchalik ko‘p ne’matlar
yaratsa, hizmat ko‘rsatish turlari shunchalik ko‘payadiki, industrial soha ishchilari
hizmat ko‘rsatish sohasiga o‘tadi. Hizmat ko‘rsatish sohasida mehnatni
avtomatlashtirish qiyin bo‘lgani sababli, ushbu sohada ishlaydigan ishchilar soni
industrial ishlab chiqarish unumdorligi o‘sgan sayin oshib boraveradi. Shuning
uchun ish bilan bandlik keskin pasayib ketishiga mutlaqo o‘rin qolmaydi, deb
hisoblaydi D.Bell. Yuqoridagi mehnat mezoniga qarshi quyidagi e’tirozlar
12
bildirilgan:
mehnatni axborot va noaxborot turlarga ajratishning ob’yektiv usuli mavjud
bo‘lmaydi. Masalan, temir yo‘ldagi yo‘naltiruvchilar yo‘llar, poyezdlarning
harakatlanish jadvali, marshrutlar haqida katta hajmdagi ma’lumotiga ega
bo‘lishlari kerak. Shunga qaramay, ular industrial asr xodimlariga kiritiladi;
Raqamli axborot jamiyatida intellektual va texnik ziyolilardan tashkil topgan
yangi sinf jamiyatning rivojlanish omili bo‘lib hizmat qiladi. Ushbu sinf
a’zolarining soni qanchalik o‘sib bormasin, ularning soni aholining band qismidan
juda kam bo‘lib qolaveradi.
Yuqoridagi axborotlahsgan jamiyat bilan bog’liq bo’lgan masalalarni
oydinlashtirgandan so’ng, kriptovalyutalar olamiga sayohatimizni boshlaymiz.
Hozirgi davrda barcha rivojlangan mamlakatlarda tezkor sur’atlar bilan
rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri – blokcheyn va
kriptovalyutalar bilan amalga oshiriladigan turli xildagi moliyaviy operatsiyalar
bo’lib, ularda faol va ishning ko’zini bilgan xolda ishtirok etish uchun ularning
ma’no-mohiyatini bilish juda muhimdir. Shuni alohida ta`kidlash kerakki,
blokcheyn va kriptovalyutalar bilan ishlashning boshqalaridan asosiy farqi –
ularning tuzilmasi tarqoq (
markazlashmagan
) xoldaligidir. Blokcheyn va
kriptovalyutalar tizimida biror bir yagona markaz yoki bank mavjud emas va
barcha tarmoq
Do'stlaringiz bilan baham: |