12A3rdfgDfhgJkgRe4F6zrHHTer45HHDfSFg
Ushbu manzilga mos bo’gan yopiq kalit esa quyidagicha bo’ladi:
Qwfdg354JJfshridg2F12A3rdfgDfhgJkgRe4F6zrHHTer45HHDfSFg4KskS
FgERT176Ge4Gs
Huddi shu yopiq kalit egasigina yuqorida ko’rsatilgan manzildan birkoinlarni
jo’nata oladi. Har bir bitkoin manzilga faqat bittagina yopiq kalit mos keladi va
ular o’ta murakkab matematik formulalar orqali o’zaro bog’langan. Manzilni
bilgan xolda unga mos bo’lgan yopiq kalitni topish nazariy jihatdan ham,
amaliy jihatdan ham mumkin emas. Bitkoin tarmog’ining har qanday
foydalanuvchisi mustaqil ravishda va tekinga istalgan sondagi bitkoin manzillar
va yopiq kalitlarni yaratishi mumkin. Mumkin bo’lgan manzillarni juda ham
ko’plab variantlari bo’lgani uchun ikki marta bir hil manzilni generatsiya qilish
ehtimolligi deyarli nolga tengdir. Misol uchun, Ravshan ismli tarmoq
ishtirokchisi o’z yopiq kaliti yordamida bu yopiq kalitini hech kimsaga
bildirmasdan turib, o’zining bitkoin manzilidan istalgan bitkoin manzilga pullar
jo’natishi mumkin. Buning uchun u o’z kom’yuterida kerakli tranzaktsiyani
hosil qiladi va uni yopiq kalit bilan imzolaydi. Bu tranzaktsiyani tarmoqqa
jo’natishdan avval Ravshanning komp’yuteridagi bitkoin-dastur ushbu
ma’lumotni bir qancha matematik formulalar yordamida qayta ishlaydi va
natijada raqamli imzo deb ataladigan mahsus kodni generatsiya qiladi. Bu
jarayon Ravshanning komp’yuteri tarmoqqa ulanmagan bo’lsa ham avtomatik
tarzda bajarilaveradi. Raqamli imzo tranzaktsiya va yopiq kalitlarning konkret
juftligi uchun unikal bo’ladi va u bank chekidagi imzoga o’xshab ketadi.
Shundan so’ng Ravshan raqamli imzoni tranzaktsiya bilan birgalikda bitkoin
tarmoqqa jo’natadi. Ravshanning raqamli imzosini olgan komp’yuterlar unga
mos bo’lgan yopiq kalitni topa olmaydilar, chunki raqamli imzo
397
yaratilayotganda juda ham murakkab matematik formulalar yordamida hisob
kitoblar bajarilgan. Ammo Ravshanning raqamli imzosi va uning bitkoin
manzilidan foydalangan xolda raqamli imzo Ravshanning adresiga mos bo’lgan
yopiq kalit yordamida yaratilganiga ishonch hosil qilish mumkin. Shunday
qilib, tranzaktsiyaning ikkala tomonida ham kriptografik operatsiyalar
bajariladi: bir tomonda raqamli imzo hosil qilinsa, ikkinchi tomonda raqamli
imzo tekshiriladi. Bitkoin-tarmoqning barcha tugunlari barcha tranzaktsiyalarni
tekshirishlari lozim, chunki bu ishni bajarish uchun hech qanday boshqa
markaziy organning o’zi mavjud emas. Ravshanning haqiqiy yopiq birkoin
manzili borligiga ishonch hosil qilinganidan so’ng, komp’yuter tizimi ushbu
manzilda jo’natilish uchun mo’ljallanilgan pullar bormi yoki yo’qligini
tekshiradi. Buning uchun tugunlar Ravshan ko’rsatgan manzildagi oldingi
barcha bitkoin-tranzaktsiyalarning yozuvlarini skanirovka qiladilar. Bitkoin
tarmoqning yaratuvchisi Satoshi Nakamoto ham agar tugunlar tranzaktsiyalarni
ular olingan zahoti yozib qo’salar, jiddiy muammolar paydo bo’lishini yaxshi
tushungan. Chunki har bir tranzaktsiya haqidadi ma’lumot bir tugunlarga
oldinroq va boshqalariga keyinroq kelgandan so’ng, har bir manzilda
saqlanayotgan bitkoinlar soni bo’yicha tushunmovchiliklar paydo bo’lishi
mumkin. Tarmoq sinxronizatsiyasi muammosini hal qilish uchun Satoshi
tarmoqning har bir tuguni ishtirok etishi mumkin bo’lgan mug’ombirona
konkurs o’tkazilishi tashkil etishini taklif qildi. Konkursda ishtirok etayotgan
tugunlar eng so’nggi tranzaktsiyalarni bloklar deb ataladigan ruyhatlarga
yig’adilar. Blok hosil qilinganidan so’ng, unga mahsus kriptografik xesh-
funktsiya
SHA 256
ni qo’llaydilar. Bu xesh-funktsiya istalgan qiymatga ega
bo’la oladi va ularning asosida unikal 64-razryadli qiymatni generatsiya qiladi.
Konkurs ishtirokchilari esa boshida bir qancha nollar bo’lgan xesh-funktsiyali
blok tuzishga harakat qiladilar. Masalan, agarda konkurs shartlari bo’yicha
boshida beshta nolli xesh-funktsiya topish talab qilinsa, u xolda quyida
keltirilgan ikkita xesh konkursda g’alaba keltira olar edi:
398
Do'stlaringiz bilan baham: |