7-BOB.
KRIPTOVALYUTALAR
VA
BLOKCHEYN
TEXNOLOGIYALARNING RIVOJLANISH TENDENTSIYALARI
7.1.Kriptovalyutalarning rivojlanish jarajoni
Internet va elektron savdo rivojlangan sayin insonlarning “
uzoqlardan-
masofadan turib
” elektron pullar to’lashlariga to’g’ri kela boshladi. Bunda
pulni masofadan turib qo’ldan qo’lga berishning esa umuman iloji yo’q.
Shuning uchun ham pullarni bir insondan ikkinchisiga masofadan turib
o’tkazish jarayonida o’ziga hos vositachilarga, ya’ni elektron to’lov tizimlari,
bank yoki kur’yerlarga murojaat etish kerak bo’ladi. Har qanday vositachi esa
bajarayotgan pul o’tkazmalariga bog’liq bo’lgan operatsiyasi uchun
qandaydir to’lov olib qoladi, chunki hech kim tekinga ishlashni hohlamaydi.
O’tkazilayotgan pul miqdori qancha ko’p bo’lsa, vositachiga bo’lgan
to’lovlar tufayli pulni yo’qotish ham shunchalik ko’p bo’ladi, albatta.
Axborot texnologiyalari va elektron savdo rivojlangani sari ko’pchilik
odamlar pul o’tkazmalari bilan bog’liq harajatlarni kamaytirish borasida
o’ylanib qolishdi, ya’ni, qanday qilib ushbu harajatlarni kamaytirish va pul
o’tkazmalari foydali ish koeffitsientini iloji boricha yuz foizga oshirgan
xolda elektron biznesni yuritish mumkin? Bu borada turli xildagi taklif va
molohazalar juda ko’p edi, lekin ularning barchasi bir qancha sabablarga
ko’ra rad etildi.Chunki tovar va hizmatlar oldi-sottilaridagi vositachilarga
bo’lgan to’lovlarni olib tashlaganda ham, turli-tuman firibgarlardan qanday
himoyalanish – pulni aynan Siz o’tkazganingiz yoki uni olganingizni qanday
isbotlash mumkin? Bu muammoning yechimi 2009-yillarda Satoshi Nikamoto
deb nomlangan shaxs yoki shahslar guruhi tomonidan murakkab kriptografik
265
matematik xisob-kitoblar natijasida ishlaydiganYangielektron to’lov tizimini
ommaga taqdim etgandan so’ng topildi. Bunday to’lovlarni amalga oshirishda
ishlatiladigan pul birligining nomi esa bitkoin deb ataldi. Bitkoin kriptografik
elektron pul birliklari maxsus elektron hamyonlarda saqlanib, bunday
hamyonlarga pul tushirish va ularni turli xil maqsadlarda ishlatish mumkin.
Biror-bir bitcoin-hamyon hisobidan qancha elektron pul ketgani yoki unga
kelganini aniqlash uchun, mutaxassislar bir hamyondan yoki boshqa
manzildan ushbu elektron hamyonga qancha bitkoinlar kelganini barchaga
ochiq xolda ko’rsatishni taklif etdilar. Ya’ni, siz kriptovalyuta tarmog’iga
ulanganingizda, barcha bitcoinlar oldi-sotdisini aniq va ravshan ko’rishingiz
va kuzatishingiz mumkin bo’ladi. Shuningdek, barcha bitkoin hamyonlar
anonimdirlar (
ya’ni, hamyonning egasi kim ekanligi aytilmaydi
), shuning
uchun ham Sizning tanishingiz qaysi hamyon uniki ekanini aytmagan bo’lsa,
Siz hech qachon bu haqida bila olmaysiz.Tizimdagi hisob-kitoblarni
muntazam ravishda amalga oshirib borish kerakligi tufayli, bitcoinlarning
ma’lumotlar bazasi tezkor ishlashi uchun katta quvvatli zamonaviy
kompyuterlar kerak bo’ladi. Bunday quvvatli komp’yuterga ega bo’lish
uchun minglab kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulash talab etiladi. Bu
kompyuterlar
foydalanuvchilarning
komp’yuterlari
ham
bo’lishi
mumkinalbatta. Ulardan biri esa istagingizga ko’ra Sizning komp’yuteringiz
bo’lishi ham mumkin. Agarda foydalanuvchi, o’z kompyuteri videokartasi
quvvatini tegishli dasturlardan foydalangan xolda bitcoin tizimini qo’llab-
quvvatlash uchun taqdim etsa, bu yordami uchun unga o’sha bitcoin
valyutasining o’zida mukofot berishadi. Bunday pul topish usuli esa
“
mayning
” deya nom olgan. Quyida zamonaviy kriptovalyutaning afzallik va
kamchiliklar tomonlarini keltirib, ularga izoh beramiz.
•
Chegaralangan
. Kriptovalyuta yaratilgan algoritmga asosan, ja’mi
21 000 000 gacha bitcoin topish mumkin, bundan so’ng esa bitkoin
yetishtirish to’xtatiladi. Buning oqibatida nima bo’lishini hech kim
bilmaydi, agarda moliyaviy portlash bo’lmasa, kriptovalyuta
266
muomalada qoladi va vaqti-vaqti bilan o’z kursini o’zgaritirib
turaveradi.
•
To’liq mahfiylik
. Bitcoin-hamyonning raqamlari orqali uning egasi kim
ekanligini bilib bo’lmaydi, buning oqibatida noqonuniy pul aylantirish
va firibgarlikka yo’l ochiladi.
•
Ta’minlanmaganlik
. Kriptovalyuta, real pullarga o’xshab, doimiy
rezerv bilan ta’minlanmagani va bu bilan bog’liq boshqa sabablarga
ko’ra, bitcoin kursi kutilmaganda to’liq nolga tushib ketishi ham hech
gap emas.
•
Rasmiy ravishda ishlamaydi
. Bitcoin moliya tizimiga yomon ta’sir
ko’rsatishi mumkin, shu sababli ko’p davlatlar (
shu jumladan, bizning
mamlakat ham)
kriptovalyutaga ishonchsizlik bilan qaraydi. Rossiyada
bitcoin yetishtirish bilan shug’ullanganlarni javobgarlikka tortish
bo’yicha qonun tayyorlashgan, lekin hozircha bu ish to’liq yo’lga
qo’yilmagan. Balki bitcoinlar hech qachon rasmiy ishlamasa ham
kerak, chunki uni qonuniylashtirishsa, bitkoin real valyutani o’rnini
egallashi ham mumkin bo’ladi.
•
Unchalik mashxur emas
. Hozircha ko’pgina moliyaviy muassasalar,
Internet-do’konlar va boshqa servislar bitcoinga ishonishmaydi va
kriptovalyuta
evaziga
maxsulot
sotmaydilar.
Mashxurlashishi
chegaralangani boyis Bitkoin to’liq ishlatilmayapti.
Hozirgi davrdagi eng mashhur kriptovalyutalarning emblemalarini
(
shartli
belgilari,piktogrammalarini
)
quyida
nazardan
kechirishingiz
mumkin:
267
Kriptovalyutalarni mayining qilish uchun foydalanish mumkin bo’lgan
eng yaxshi dasturiy ta’minotlarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
CGMiner
–Ushbu dastur virtual pullarni topish bo’yicha ishlaydigan
professionallar uchun mo’ljallangan. Ammo uning to’liq quvvat bilan ishlashi
uchun faqatgina katta quvvatli komp’yuterlar talab qilinadi. Foydalanuvchiga
esa MS DOS buyruqlarini yaxshilab o’zlashtirib olish zarur bo’ladi.
Dasturning ijobiy tomonlariga videokarta ishini tezlashtirish funktsiyasi
mavjudligi va buning natijasida xeshlashtirish jarayoni tezlashtirilishini
kiritish mumkin. Bundan tashqari, dasturning optimal ishlash rejimini tanlash
imkoniyati ham uni boshqa dasturlardan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |