Realist dunyoqarashining shakllanishida dunyoviy bilimlarda erishilgan kashfiyotlar ham katta rol o‘ynaydi.
(XVIII asr o‘rtalarida K.Linniy o‘simliklari va hayvonot dunyosining birinchi klassifikatsiyasini tuzdi. J.Byufonning barcha jonzotlarning birligi va uning turlarining muhit almashuviga qarab o‘zgarishi haqidagi fikri. J.Kyuve XIX asr boshlarida tirik organizm organlari orasidagi aloqa va ularning bir-biriga ta'siri haqidagi fikri va boshq.) Balzak ham «Insoniyat komediyasi»ni so‘zboshisida Kyuve va Sent - Ilerlarning tilga olib o‘tadi.
Realizmining umumiy qonuniyatini ishlab chiqqan, milliy hususiyatlarini shakllantirgan yozuvchilar sarasiga Fransiyada F.Stendal, O.Balzak, P.Merime, G.Flober, Sh.Bodler, P.J.Beranje;
Angliyada – Ch.Dikkens, Utekkeriy, E.Gaskell, Sh.Bronte, J.Eliot, Amerikada esa realistik sanoatning muhim bir davri deb U.Uitmen, G.Bicher–Stou ijodi, romantizm ko‘proq saqlanib turgan Germaniyada esa Geyne va Fontane ijodining so‘nggi davrlari kiradi.
Fransuz realizmining shakllanishi mamlakatdagi muhim siyosiy voqyealar bilan bog‘liq. Ayniqsa 1830 y. iyul inqilobi katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |