FRANSUA RABLE (1494-1553)
Frantsuz Uyg`onish davri adabiyotining eng ulkan namoyondalaridan biridir.
Fransua Rablening ijodi Uyg`onish davrining boshqa vakillari ijodidan tubdan farq qiladi.
U o`zidan oldingi uzoq davrlar frantsuz adabiyoti va madaniyatining aloqa iplarini
Uyg`onish davri madaniyati va adabiyoti taraqqiyoti bilan mahkam bog`langan
san'atkordir. Rablening qudratli va sexrli qalamiga mansub bo`lgan yangi nasrning
frantsuz adabiyotida tug`ilishi butun Ovro`pa adabiyotida romanchilik janrini boshlab
berdi. Uyg`onish davrining va undan keyingi asarlarining ham yozuvchilari F.Rable
ijodidan katta bahramand bo`ldilar.
Fransua Rable 1494-yil 4-fevralda Shinon yaqinida dunyoga kelgan. Uning
asarlarida Shinon atrof-muhitining tabiati juda qiyomiga yetkazib tasvirlanishidan ham
Rablening bolaligi Ven daryosining qirg`og`i bo`ylarida o`tganligiga kitobxon zarracha
shubha qilmaydi.
Umuman, Rable tug`ilgan Luara vodiysidan yana Ransa, Dyu Belle, Obine kabi
frantsuz Uyg`onish davrining yirik vakillari ham yetishib chiqqanligini hisobga olsak, bu
vodiy frantsuz Renessansining beshigi bo`lganligiga zarracha shubha qilmasa ham bo`ladi.
1510-yilda Rable monastirga xizmatga kiradi va turli tillarini o`rganishga
kirishadi.Rablening La Bomett i Fontan le Kont bilan hamkorlikda tashkil etgan adabiy
to`garagiga Tirako, Amori Bushar kabi huquqshunos va faylasuvlar ham kelib qo`shiladi.
Ular bu to`garakda Fransiya Uyg`onish davri gumanizmi yo`nalishlariga asos solgan
edilar. 1530-yildan boshlab Tibbiyot ilmini chuqur o`rgana boshlagan Rable ko`p
odamlarning hayotini vrach sifatida qutqarib qoladi, kasalxonalarda ishlaydi, tibbiyot
doktori degan darajani oladi. Rable juda ko`p mamlakatlarda bo`lib, turli toifadagi insonlar
hayotini chuqur o`rganadi. Rable bir necha yil Parijda yashab frantsuz qiroli Frantsisk
huzurida xizmat qiladi, lekin tezda bu yerdan ketdi, u hayotining keyingi pallalarida
ruhoniylikdan voz kechib ijod bilan shug`ullanadi, diniy tortishuvlarning avj olib ketishi
va insonparvar kishilarning ko`plari Fransiyadan quvg`in qilina boshlaganida Rable ham
vatanidan ketishga va vaqtincha chet ellarda istiqomat qilishga tug`ri keladi.
Rablening nomini jahonga mashhur qilgan eng buyuk asari «Gargantyua va
Pantagryual» romanidir.
Roman besh kitobdan iborat bo`lib, uning birinchisi 1533-yilda, ikkinchisi 1534-
yilda, uchinchi kitobi 1546-yilda, to`rtinchi qismi-1552 yilda va romanning so`ngi kitobi
1564-yilda yozuvchi vafotidan so`ng nashr qilingan.
«Kitobimni ochingiz va unda bayon qilingan voqealar haqida yaxshilab o`ylab
ko`ringiz, -deb yozgan edi F.Rable. Shunday qilsangiz, tushunasiz asarning sarlavhasini
o`qish bilan unda be'mani narsalar bayon etilar ekan, degan xayolga kelish mumkin, lekin
aslo bunday emas, siz mutloq ishona berishingiz mumkinki, uni o`qish natijasida ham
jasoratli, ham dono bo`lasiz, chunki mening kitobimda butunlay boshqacha yo`sindagi rux
va qandaydir faqat yuksak didli kishilarga tushunarli bo`ladigan ta'limotni ko`rasizki, bu
esa sizga bizning din, xuddi shu kabi siyosatimiz ro`zg`orshunoslikka doir o`ta maxfiy va
dahshatli sirlarni ochib beradi. O.Qayumov tarjimasi Haqiqatan ham Rablening mazkur
romani qattiq hazil, kulgi mutoyibalar, nozik kinoyalarga juda boy. Xalq uslubida yozilgan
105
Aim.uz
mazkur asarning maydonga kelishida Lionda nashr etilgan «Buyuk va ulkan pahlavon
Gergantyura haqida ulug` va qimmatli xronikalar» xalq kitobining ahamiyati katta
bo`lgan.
Rable asarining bosh qahramoni Utopiya mamlakatining bahaybat pahlavoni
Granguzening ug`li bahodir pahlavon Gargantyuadir. Gargantyuaning ilk o`qituvchisi
Tubal Olofern quruq sxolastik diniy o`qitishning ramzi sifatida beriladi. Gargantyua
birgina o`qituvchisi boshchiligida bir qo`llanmani rosa un uch yilu olti oy va ikki xaftada
o`qib chiqishga muvaffaq bo`ladi va Olofern vafot etadi.Uning ikkinchi o`qituvchisi
Jobelen Bride ham aljigan chol bo`lib chiqadi va o`g`lining aqlli bo`lishi o`rniga kundan-
kunga tentaklashib boroyotganligidan norozi bo`lgan ota o`qituvchini haydab yuboradi. Bu
bilan Rable o`rta asr ta'lim-tarbiya usulini, quruq yodlash uslubiyatlari ustidan kuladi.
Nihoyat Garantyuaga muallim sifatida gumanist, taraqqiyparvar bilimli inson
Ponokrat tarbiya bera boshlaydi. Uning tarbiyasi natijasida Gorgantyua har tomonlama
bilimga ega bo`lgan, uddaburon va nihoyatda sog`lom bahodir bo`lib yetishadi. Bu bilan
Rable Uyg`onish davrining yangi aqidalarini yoqlaydi, eskicha maktab va hayot bilan
xayrlashish taraqqiyot zamini ekanligini ta'kidlaydi.
Romanning keyingi qismida otasining yurti bo`lmish Utopiya yurtiga
o`zboshimchalik bilan bostirib kelgan qushni mamlakat qiroli Pikroxol qo`shinlari ustidan
Gargantyuaning g`alaba qozonishi tasvirlanadi. Romanning keyingi kitobida
Gargantyuaning Pantagryuel degan bahodir o`g`lining tug`ilishi va u bilan bog`liq bo`lgan
qahramonona sarguzashtlar hikoya qilinadi.
Gargantyuaning 524 yoshida Pantagryuel o`g`li dunyoga kelgan. Romanda
Gargantyua yoqtirib qolgan va doimo o`z yonida olib yuradigan Panurg obrazi ham yaxshi
ishlangan. Panurg Gargantyua huzurida xizmat qilishga o`tishgacha boshidan ko`p
sarguzashtlarni kechirgan. U oddiy shahar bolasi bo`lib «pul topishning oltmish uch
yo`lini bilgan, ularning eng to`g`risi, eng oddiysi sezdirmasdan o`g`irlash edi».
Romanning keyingi qismlarida ham Panurgning olimlar bilan tortishuvlari hikoya qilinadi.
Shuningdek, kitobning oxirgi qismida Pantagryuel va Panurgning «Ovoz chiqaruvchi
orol»ga borib qolishi va u yerda tekin tomoq, yeb semirib ketgan qushlar dunyosiga tushib
qolishi hikoya qilinadi.
Umuman, Rablening «Gargantyua va Pantagryuel» romani o`rta asr jaholatiga,
eskicha turmush tarziga, eskicha ta'lim-tarbiyaga qarshi yozilgan, ularni keskin fosh
etuvchi buyuk asardir.
Yuqorida bayon etilganlardan F.Rablening mazkur asarida ertaksimon voqealar
tasvirlanar ekan-da, degan xulosa chiqmasligi lozim, chunki unda yozuvchi o`zi yashab
turgan frantsuz hayotining keng manzarasini ham chizadi. U o`zining mazkur asarida katta
bir mehr va tushunish bilan frantsuz dehkonlari hayotini tasvirlaydi.Rable shahar hayotida
kun kechirayotgan turli tabaqa vakillarining hayotini ham haqqoniy tasvirlaydi, kitobni
o`qir ekanmiz ko`z oldimizdan hunarmand, savdogar, non yopuvchi, daydi va hatto
o`g`rilar hayoti jonlanadi. Shuningdek, shahar ziyolisi, doktiri, masxarabozlari, turli
toifadagi folchilarning kun kechirish tartibi qalamga olinadi.
Yozuvchi asar vokealarini goh saroy dabdabalariga,goh ibodatxonaga, goh esa
huvillab yotgan qal'aga, goh dorilfunun ma'ruzaxonalariga ko`chiradi.
Rable o`rta asr xayotining turli urush va tinchlik kunlarini, yarmarkalar qizib turib,
masxarabozlar «Hunar» ko`rsatayotgan lavhalarini, qurg`oqchilik bo`lib hosil kam bo`lgan
damlardagi holatlarni ham haqqoniy tasvirlaydi. Rable o`zining asarida barcha gumanitar
106
Aim.uz
fanlarning rivojiga katta mehr-muhabbat bilan qaraydi. Umuman, Rablening «Gargantyua
va Pantagryuel» asari umum Ovrupa Uyg`onish davri erishgan barcha ijodiy
muvaffaqiyatlar va holatlarning o`zida mujassamlantirgan ekanligini mamnuniyat bilan
qayd etib frantsuzchaga tarjima kiladi. Shundan so`ng novellaga qiziqish yanada kuchayib
ketadi. XVI asrning 30-yillarida Nikola de Trua, Bonavantyur Depare, 40-yillarida
Margarita Navarrskaya, Noel Dyu Fayl, Jak Tayurolar ko`plab novellalar ijod qildilar. XVI
asrning ikkinchi yarmidan boshlab esa lirik nazm va Uyg`onish dramaturgiyasi keng
quloch yoza boshladi. Masalan, usha davrda Eten Jodelning (1532-1573) «Asira
Kleopatra» degan fojiasi katta shuhrat qozongan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |