NILUFARNAMOLAR - NUMPHAEALES QABILASI.
Bu qabila 3 ta oilani o'z ichiga oladi. Ular asosan akvarium usimligi xisoblanadi. Bu qabilaning keng tarqalgan oilalaridan biri nilufardoshlar oilasidir.
NILU FAR DOSHLAR (NYMPHAEACEAE) OILASI
Bu oilaga 5 ta turkumga mansub 70 ta tur kiradi. O'zbyokistonda oilaning bitta ok nilufar (Nymphaea Candida) nomli turi qo'llarda o'sadi. Gullari yakka-yakka, ok rangli. Kosachasi 4-(5) ta, gultojibarglari 12 va undan ko'p. Changchisi 20 va undan ko'p. Mevasi rezavorsimon, suv ostida yetiladi.
O'simlikning ildiz poyasida nimfain alkaloidli, oshlovchi moddalar, 20 foiz kraxmal, 5-6 foiz glyukoza, urug'ida 45-47 foiz kraxmal bo'ladi.
Guli kaynatmasi surgi sifatida, sariq kasalligida, uykusizlikda, ildizi kaynatmasi (kandsiz) ichketishga karshi, ildiz poyasi buyrak va siydik pufagi kasalligida ishlatiladi. (18-rasm).
SINFCHA (AJDODCHA) AYIQTOVONkabilar- RANUNCULIDAE
Ayiqtovonkabilar sinfchasi 4 ta qabila, 13 ta oila va 200 taga yaqin turkumga mansub 4000 taga yaqin turlarni birlashtiradi. Ular asosan o'tlardan iborat.
AYIQTOVONNAMOLAR (RANUNCULES) QABILASI
Bu qabilaga mansub o'simliklar asosan ut, ba'zan buta va lianalardan iborat. Barglari oddiy va murakkab yon bargchasiz. Gullari ikki jinsli yoki bir jinsli, aktinomorf yoki zigomorf. Gulqurg'oni qo'shkurgonli yoki oddiy kurgonli, changchilari ko'p sonli yoki 6 ta (ba'zan 3 ta). Urug'chisi apokarp.
Ayiqtovonnamolar qabilasiga 8 ta oila kiradi. Ular orasida Ayiqtovondoshlar, menispermdoshlar, zirkdoshlar kabi oilalar bor.
Ayiqtovondoshlar - RANUNCULACEAE oilasi.
Bu oilaga 66 ta turkum, 2000 ga yaqin tur kiradi. O'zbyokistonda esa 20 turkumi, 107 tri o'sadi. Ayiqtovondoshlar oilasiga mansub o'simliklar asosan ko'p yillik ut va ayrim buta hamda bir yillik o'tlardan iborat. Bu oilaga kiruvchi o'simliklarning barglari oddiy, yonbargchasiz, poyada ketma-ket yoki qarama-qarshi bo'lib joylashadi. Gullari ikki jinsli, aktinomorf (isfarak va sanchiq o'tlardan tashqarisi).
Ayiqtovon - Ranunculus repens xashorotlar yordamida changlanadi. Mevasi apokarp, ko'p bargakli O'zbyokistonda oilaning urug'ida 1,40 foiz efir moyi saklovchi sedana - Nigella safiva va dorivor isfarak -Delphinium semiborbatum , ok parpi -Aconitum talassicum , sugur ut (Adonis turkerstanica) kabi turlari bor. Ayiqtovondoshlar oilasi 6 ta oilachaga bo'linadi, pgulardan 5 tasining vakillari O'zbyokistonda o'sadi.
Ayiqtovondoshlar oilasining qo'yidagi turlari - Knoring isfaragi (Delphinium knorringianum), Zafarshon parpisi (Aconijum seravschanicum ), ok parpi (Aconitum talassicum), boysun pufanagi (Anemone baissunensis), buxoro pufanagi (Anemone bucharica) cho'zik pufanak (Anemone protracta), tillarang sugurut (Adonis chrysocyathus), tuksiz sugurut (Adonis leiosepala), oltoy trolliusi (Trollius aitaicus), O'zbekeiston Respublikasi Kizil kitobiga kiritilgan (20-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |