Tayanch tushunchalar: O’zbek tili tarixi- o’zbek tilining turkiy tillardan ajralib, mustaqil taraqqiy etishini yoritadigan fan.
O’zbek tilining tarixiy grammatikasi- o’zbek tilining fonetik, morfologik, sintaktik va leksik-semantik tizimini o’rganuvchi o’zbek tili tarixining uzviy qismidir.
O’zbek tili tarixiy grammatikasining manbalari- tarixiy grammatikada tahlili qilish, xulosa chiqarish uchun asos bo’ladigan til faktlarini tashuvchi o’zbek tilida yaratilgan yozma yodgorliklar.
O’zbek adabiy tili tarixi- o’zbek adabiy tilining tarixiy taraqqiyotini, normalari tarixini o’rganadigan o’zbek tili tarixining uzviy qismidir.
Eski o’zbek adabiy tili- XIV asrlarda shakllana boshlagan va XV asrda rivojlangan hamda to XX asrning boshlarigacha qo’llangan adabiy til nomlaridan biridir.
Tarixiy fonetika- o’zbek tili fonetik tizimining taraqqiyot tarixini o’rganadigan o’zbek tili tarixiy grammatikasining bir bo’limidir.
Eski o’zbek youvi- arab alifbosi asosidagi o’zbek yozuvining nomlaridan biri.
Fonetik tizim (sistema)- o’zbek tili va uning taraqqiyoti davridagi unli va undoshlar, fonetik qonuniyatlar, urg’u hamda intonastiya kabi barcha fonetik hodisalarning jamlanmasi.
Unlilar tasnifi- og’iz bo’shlig’ida tilning harakati hamda og’izning ochilish darajasi, lablarning ishtirokiga ko’ra unlilarni guruhlarga ajratish.
YUmshoq unli - old qator unli.
Qattiq unli - orqa qator unli.
Singarmonizm – unlilar uyg’unligi qonuni.
Palatal singarmonizm – unlilarning tanglay (old qator-orqa qator) uyg’unligiga asoslangan singarmonizmning turi.
Unlilarning birlamchi cho’ziqligi – turkiy so’zlarning birinchi bo’g’inida qayd qilinadigan unlilarning tabiiy cho’ziqligi.
Unlilarning ikkilamchi cho’ziqligi – so’zdagi biror undosh tovushning kuchsizlanishi va tushib qolishi hisobiga yuz beradigan cho’ziqlik.
4-ilova Ro’yxatda berilgan manbalarning ketma-ketligini yozilishi tarixiga ko’ra yozib chiqing.
XII asr XIII-XIV asr XIII-XIV asr XIV asr XIV asr XIV asr XIV asr XIV asr XIV asr XIV asr XIV asr XIV asr XIV asr XIV asr
Ahmad Yassaviy Rabg’uziy - - - To’xtamish, Temur Qutluq Xorazmiy Qutb Ali - - - Zamaxshariy - - - - - - - - - Said (Sidi) Ahmad Mansur baxshi
“Hikmatlar” “Qissasi Rabg’uziy” “Tafsir” To’xtamish va Temur Qutluq yorliqlari «Muhabbatnoma» “Xusrav va SHirin” “Qissai YUsuf” «Rohatul- qulub», «Najhul farodis» “Muqaddimatul adab” “YUsuf va Zulaho” “Ravnaul islom” “O’g’uznoma” “Taashshuqnoma” “Sirajul qulub” va “Tazkirai avliyo”
XV asr XVI asr XVI asr XVI asr XVI asr XVI asr XVI asr XVI asr XVI asr XVI asr XVIII asr XVIII asr XVIII asr XVIII asr XVIII asr
- - - Atoiy Sakkokiy Durbek Gadoiy Lutfiy A.Navoiy asarlari Bobur Muhammad Solih Majlisiy Poshshoxoja Abulg’ozi Bahodirxon
Turdi Farog’iy Nishotiy
“Me’rojnoma”, “Baxtiyornoma” SHe’riyati SHe’riyati SHe’riyati SHe’riyati SHe’riyati Barcha asarlari “Boburnoma” “SHayboniynoma” “Qissai Sayfulmuluk” «Gulzor», «Miftohul adl» “SHajarai turk” va “SHajarai tarokima” SHe’riyati “Husni dil”
XVIII asr
XVIII-XIX asrlar
XIX asr 1871y. 1905-1917
Munis
Gulxaniy Maxmur Fazliy Muqimiy Furqat Zavqiy Avaz O’tar
5-ilova Fonetika. Unli va undosh tovushlar. Singarmonizm. Unlilar cho’ziqligi.
-ilova
Эски ўзбек тили даврида қадимги туркий тилга хос ундошларнинг қаттиқ-юмшоқлиги йўқолган. Қуйидаги ундош товушлар қўлланган: Б, Д, Н, Л, Р, Й, С, Т, Г, З, К, Қ, Ғ, П, М, Ш, Ч, Ң. Эски ўзбек тили даврида килиб келган ундош товушлар: Х, В, Ф, Ҳ, Ж ва Җ. Эски туркий тил даврида қўлланган Д’ товуши бу даврда Й (Д, З) товушларига бўлиниб кетган. XIV-XV аср манбаларида баъзи сўзларда ҳам Д’, Й, З Товушлари параллел қўлланганлигини кузатамиз.
7-ilova
Uyga vazifa:
O’tilganlarni takrorlash. O’zbek tiliga doir yozma yodgorliklar tilini tahlil qilishga tayyorlanish.
O’zbek tili tarixiy grammatikasining o’rganilish tarixiga doir izlanishlar olib borgan olimlarning ishlari haqida ma’lumot to’plash.
Tarixiy manbalarning xronologik jadvalini tuzish.
O’tilganlarni takrorlash. O’zbek tiliga doir yozma yodgorliklar tilini tahlil qilishga tayyorlanish.
O’zbek tili tarixiy grammatikasining o’rganilish tarixiga doir izlanishlar olib borgan olimlarning ishlari haqida ma’lumot to’plash.
Manbalardagi arab va fors tilidan o’zlashgan undoshlar qatnashgan so’zlarni topib, lug’at tayyorlashga kirishing.