Glossariy
Абзац - Paragraph - Абзац
Агглготинатив тиллар — agglutinative languages - агглютинативные языки
Агглютинатив - аgglutinate - агглютинативный
Агглютинативлашган - аgglutinating - агглютинативный
Алифболи - Аlphabetic(al) - 1 алфавитный; 2 азбучный
Амалий тилшунослик — Applied Linguistics - Прикладное языкознание
Амалий услубият — Applied stylistics - Прикладная стилистика
Аналитик қурилиш — Analytical system - Аиалитический строй
Бадиий матн - Artistic text - Худоjественный текст
Байналмилал лексика - International vocabulary — Интернациональная лексика
Бобо тил - Proto (tongue - base) — Праязык (язык—основа)
Гап - Proposal - Предлоjение
Изоҳли луғат - Dictionary — Толковый словарь
Имло - Orthography, spelling — Орфография, правописание
Имло луғати - The spelling dictionary — Орфографический словарь
Инглиз тили - English - английский язык
Мавҳум - Abstract - Абстрактный|
Мазмун - content - содержание,
Мазмуний - notional - значимый, смысловой
Таҳлил қилмоқ - Аnalyze - Разлагать, анализировать
Ташқи омиллар - External factors — Внешные факторы
Тема - Theme - Тема
Тил - Language — Язык
Тил бирлиги - A unit of language — Единица языка
Флектив - flecting - флективный
Фразеологик бирлик - Phraseological unit — Фразеологическая единица
Reja:
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida sinfiy-g‘oyaviy kurash ancha kuchaydi. Bunga asosiy sabab Rossiya iqtisodiyotining kapitalistik davrga kirishi va kapitalistik zulmning kuchayishi edi. Ishchilar kapitalistik zulmga qarshi kurashish uchun siyosiy tugaraklar, tashkilotlarga va, nihoyat, sotsiol-demokratlar partiyasiga birlasha boshladilar.
Turkiston sotsial-demokratlari xalq ommasi o‘rtasida izchil tashviqot olib borish bilan birga ,”Russkiy Turkestan”, “Samarqand”,”Rabochiy”nomli gazetalar nashr qildilar. Shu bilan birga, Markaziy Rossiyadan “Iskra”, “Vperyod”, “Proletariy”, “Borba” gazetalari hamda “Zarya” jurnali kelib turardi.
O‘z navbatida, o‘sha davr o‘zbek adabiy tili taraqqiyotiga o‘z ta'sirini ko‘rsatmay qolmasdi. O‘zbek tili tarixi uch inqilob davri umumiy tilning shakllanishidagi boshlang‘ich davridir. Bu davrda birinchi marta umummilliy til g‘oyasi tug‘ildi. Bu masalani mustamlaka rejimi davrida amalga oshirish mumkin emas edi, chunki milliy masalani to‘la hal qilish sohasida turli xil g‘oyalar va qarashlar paydo bo‘ldi.
Bu davrda o‘zbek tili fonetikasida quyidagi o‘zgarishlar yuz berdi:
a) unli va undoshdoshlar tizimida i, e, o unlilaridagi farqli holat; l, r undoshlarida yumshoqlik hodisasi yuz berdi; v, f tovushlari lab-lab, lab-tish; j, dj tovushlari sirg‘aluvchan qorishiq sifatida farqlandi.
b) rus tilining ba'zi o‘ziga xos tovushlari talaffuz normalariga mos holda o‘zbek tiliga kirib keldi. Masalan, s, щ undosh tovushlari.
v) singarmonizm cheklanda va mavqyeini yo‘qotdi.
g) urg‘u tizimida o‘zgarishlar bo‘ldi. O‘zbek tilida urg‘u bog‘liq urg‘u hisoblanadi. Rus tilining ta'sirida o‘zbek tilida erkin urg‘u ham paydo bo‘ldi.
O‘zbek adabiy tilining morfologik strukturasi ham bir qancha yangi shakllarga ega bo‘ldi.
1. Ko‘plik affiksi –lar, ko‘plik, umumiylik, chog‘ishtirish ma'nolaridan tashqari quyidagi funksiyalarni ham bajaradi:
a) biror predmetning jamini, xilini anglatadi: suvlar ichdim, qalamlar oldim, gazetalar o‘qidim.
b) hurmat ma'nosini bildiradi: akamlar keldilar, oyimlar ketdilar kabi.
2. Kelishiklarining vazifasi ham ancha kengaydi. Ma'lum bir vazifada qo‘llanib kelgan affiks yoki ko‘makchili tuzilmasi qo‘llash hodisasi uchradi. Masalan, Biz kecha boqqa (bog‘da) to‘plandik. Ishlaringizga ( ishlaringizda) muvaffaqiyat tilayman. Shunday deyishga (deyishdan) uyaldim. Otabek irg‘ib otga (otni) mindi va Qutidordan so‘radi. Telefonda gaplashmoq, telefon orqali gaplashmoq, telefog bilan gaplashmoq kabi.
3. O‘zbek adabiy tilida kompozitsiya yo‘li bilan so‘z yasash ko‘paydi. Qo‘shma so‘zlar yasashda asl o‘zbek so‘zlari bilan bir qatorda boshqa tillardan kirgan so‘z va atamalar ham ishtirok qildi. Avto-, agro-, vodo-, geo-, gidro-, -log, -mer, mikro-, -moto, radio-, tele-, teplo-, ultra-, foto-, -xod. Masalan, avtopoyga, gidroinshoot, mikroo‘g‘itlar, radioto‘lqin, radioeshittirish, telemarkaz, teletomoshabin, ultrabinafsha, fotomuxbir kabilar.
4. Jonli tildan adabiy tilga kirgan ko‘plpb yangi juft so‘zlar paydo bo‘ldi: pala-partish, ish-pish, osh-posh, apil-tapil, qora-qura kabilar.
Til uslublarining rivojlanishi tarixiy hodisa bo‘lib, bunga ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotdagi o‘zgarishlar, jamiyatda tilga bo‘lgan yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishi natijasida zarurat tug‘iladi.
Bu davrda o‘zbek adabiy tilida quyidagi uslublarning shakllanganligi ko‘rsatiladi:
1. Adabiy-badiiy uslub. Buning o‘zi poetik va prozaik uslub deb ikkiga bo‘lindi.
2. Publitsistik uslub. Bunga gazeta-jurnal, adabiy-tanqidiy ishlar, pamfletlar, maqolalar va ocherklar uslubi kiradi.
3. Ilmiy bayon uslubi.
4. Professional-texnika uslubi. Bu ishlab chiqarish, texnika adabiyotlari uslubidir.
5. Qonunlashtiruvchi hujjatlar, buyruqlar, topshiriqlar uslubidan iborat rasmiy hujjatlar uslubi.
6. Har xil yozishmalar, kundaliklar va xatlarga xos maktubiy uslub.
Bu davrda o‘zbek adabiy tilida kirish so‘z, ibora va gaplar ham ancha rivojlandi. Masalan, -To‘g‘ri yomon odam jasosini tortishi kerak, - dedi Saida (A.Qahhor). Bu student (o‘tgan yili musobaqada ikkinchi o‘rinni olgan edi) shaxmatga juda berilgan.
Atov va so‘z-gaplarning har xil turlari kelib chiqdi. Masalan, Tong. Quyosh ko‘kka qizil lentalar yoydi. Salom, salom. Bormilar? (“Mushtum”).
Ravishdosh va sifatdosh shakllari bilan bog‘lovchi vositalar parallel qo‘llanadigan bo‘ldi. Masalan, Boshim og‘rib, ishga chiqa olmadim // Boshim og‘riganligi sababli ishga chiqa olmadim.
O‘zbek adabiy tilida qo‘ma gaplarning turli xillari paydo bo‘ldi. Masalan, -ki bog‘lovchisi bilan birikkan turdagi ergashgan qo‘shma gaplar: Baxtim borki, har narsa go‘zal ko‘rinadi mening ko‘zimga. Ishqilib, uni qo‘lga kirgizinki, boshqa nonko‘rlarga namuna bo‘lsin.
Juda uzoq davrni o‘z ichiga olgan o‘zbek adabiy tili taraqqiyotida XIX asrning II yarmi va XX asr boshlaridagi adabiy til o‘ziga xos alohida o‘rinni egallaydi. Bu davr adabiyotini ko‘zdan kechirar ekanmiz, uning til va uslubi masalalarida jiddiy, muhim yangiliklar maydonga kelganligini ko‘ramiz. Bular o‘zbek xalqi hayotida yuz bergan ijtimoiy o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan.
Agar XIX asr boshlarida o‘zbek adabiy til tarixida Alisher Navoiy tili ta'siri va uni xalq tiliga yaqinlashtirish g‘oyasi kuchli bo‘lsa (buni Gulxaniy, Munis, Maxmur, Ogahiy, Abulg‘ozi asarlari tilida ko‘rishimiz mumkin) shu asrning 60-yillaridan keyin ham adabiy til tarixida Navoiy an'anasi ma'lum darajada davom etadi, ammo bunda rus tiliga xos so‘zlar va shakllarni ko‘plab uchratamiz. Bunday xol Muqimiy, Zavqiy, Komil Xorazmiy, Avaz O‘tar asarlari tilida sezilarlidir.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshiga kelib o‘zbek xalqining ijtimoiy hayotida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Tili, urf-odati, madaniyati bir bo‘lgan o‘zbek xalqi uchta mayda xonlikka ajralgan holda yashadi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya O‘rta Osiyoni o‘ziga qaram qilib oldi.
Bu davr o‘zbek adabiy tili taraqqiyoti tarixida ham o‘ziga xos bir davrni tashkil qiladi. O‘zbek adabiy tilining Alisher Navoiy tomonidan asoslangan va rivojlantirilgan me'yorlari asrlar davomida o‘zgara bordi va eskira boshladi. Muqimiy tili Navoiy tilining – eski o‘zbek adabiy tilining davomi hisoblansa-da, undan ko‘p jihatdan farq qiladi. Buning sababi shuki, til o‘zida jamiyat va iqtisodiy turmushda bo‘lgan barcha o‘zgarishlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita aks ettiradi. Shuning uchun ham Muqimiy asarlari tilida so‘zlashuv nutqiga xos xususiyatlar, badiiy adabiyotga xos uslub va grammatik shakllar hamda rus tiliga xos leksik elementlar mavjud.
Muqimiyning o‘zbek adabiy tiliga qo‘shgan hissasi uning xalqchilligini oshirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi. Shoir xalqqa tushunarli tilda yozishni o‘z uslubining ajralmas xususiyatlaridan biri qilib olishi bilan oldinga asrlarda yashab o‘tgan ijodkorlarga nisbatan birmuncha ilgarilab ketdi.
Muqimiy o‘z fikrlarini sodda, ixcham va xalqqa tushunarli tarzda ifoda etish uchun maqollar va hikmatli so‘zlarni ko‘p qo‘llaydi. Shoir ba'zi xalq maqollarini leksik va grammatik jihatdan o‘zgarishsiz bersa, ba'zilarini qisman o‘zgartiradi. Ayrimlarini she'rning qofiya va mazmuniga singdirib yuboradi:
Arzon emas beillat, qimmat emas behikmat,
Noinsofu betavfiq olgan ekan Bekturboy.
Bor masalkim, yaxshi odam der edim, o‘zi budur;
Yo‘qsa aylardim qachon sizlarga men da'vo anor,
Gar qilich boshimga kelsa, degayman rostin.
Tegdi kasofati bari yurtga ham.
Borki masal, birniki mingga degan.
Muqimiy asarlarida xalq so‘zlashuv nutqiga xos leksik xususiyatlar ko‘p uchraydi. Bulardan, ba'zi leksik xususiyatlarning adabiy tilda ekvivalenti bor,ba'zilariniki yo‘q. Muqimiy asarlari tilida ko‘rpa, tezak, ezma, ko‘sav, mag‘zoba, hurjun, shilqim, purboq, kerilmoq, kekirmoq, o‘sol, qolg‘ich, injiq, paqir, tag uchraydi. Shulardan qolg‘ich, injiq, paqir, kallakbor, tag, joy so‘zlarining o‘zbek adabiy tilida sinonimi yo‘q.
Oshiqidin choyxo‘rini bexabar qolg‘ich olur
Bir miri o tu bir paqir aravang
Barcha kallakdoru barcha pahlavon qurbaqalar
Hoji o‘zi murdor ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |