Guliston davlat universiteti y. Tojiyev, M. Latipov «til tarixi»



Download 9,49 Mb.
bet248/382
Sana05.07.2022
Hajmi9,49 Mb.
#741600
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   382
Bog'liq
portal.guldu.uz-TIL TARIXI

Savol va topshiriqlar:
1. «O’zbek adabiy tili tarixi» fani nimani o’rganadi?.
2. Adabiy til shakllari nimalardan iborat?
3. O’zbek tili tarixiga oid qanday adabiy manbalarni bilasiz?^
4. Adabiy tilning shakllanishida uslublar taraqqiyotining ahamiyati nimadan iborat?
5. Adabiy tilning og’zaki va yozma shakllari deganda nimani tushunasiz?
Tayanch tushunchalar:
O’zbek tili tarixi - o’zbek tilining turkiy tillardan ajralib mustaqil taraqqiy etishini yoritadigan fan.
Kadimgi turkiy til - barcha turkiy qavmlar uchun mushtarak sanalgan turk runiy yozma yodgorliklari, ularning fonetik, leksik va morfologik va sintaktik xususiyatlarini o’rganuvchi fan.
O’zbek tilining tarixiy grammatikasi - o’zbek tilining fonetik, leksik-semantik, morfologik va sintaktik tizimining o’rganuvchi o’zbek tili tarixining uzviy kismi.
O’zbek adabiy tili tarixi - o’zbek adabiy tilining tarixiy taraqqiyotini, normalari tarixini o’rganadigan o’zbek tili tarixining uzviy qismi.
O’zbek adabiy tili tarixi fanining manbalari - buyuk so’z ustalari tomonidan yaratilgan adabiy yodgorliklardir.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI



  1. Abdurahmonov G‘. Qadimgi turkiy til. –Toshkent, 1992.

  2. Rahmonov N. , Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. –Toshkent, 2009.

  3. Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Qozoqboyev M. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. –Toshkent, 2008.

  4. Ashirboyev S., Azimov I. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. Toshkent, 2002.

  5. Tursunov U., O‘rinboev B., Aliev A. O‘zbek adabiy tili tarixi. - Toshkent, 1995.



5-mavzu.
O‘zbek adabiy tilining qadimgi turkiy davri.

O‘zbek adabiy tili va qadimgi turkiy til. Turk hoqonligi davridagi matnlarning adabiy normalari va ularning keyingi davrdalardagi taraqqiyoti, turkiy run yozuvlari, uyg‘ur va boshqa yozuv yodgorliklari haqida umumiy ma'lumot.


Bu davr tilini VII asrdan, ya'ni turk xoqonligi (tukyu imperiyasi) tashkil topgan davrdan XIII asrgacha juda katta hudud (O‘rta Osiyo, Qozog‘iston, Sharqiy Sibir va Shimoliy Mo‘g‘uliston) da yashyagan turkiy urug‘ va qabilalarning tili tashkil qiladi. Qadimgi turkiy adabiy til davri, avvalo, turkiy tillarning to‘liq tabaqalanishi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, bu davrdv turkiy tillarning taraqqiyoti o‘sha vaqtlarda tashkil topgan g‘arbiy va sharqiy turkiy qabila ittifoqlari, davlatlarning tarkibiga kirgan qabilalarning tarixi bilan bog‘liq holda davom etadi. Demak, tarixiy rivojlanish, qo‘shilish va markazlashish jarayonida ajralib chiqa boshlagan turkiy tillar jamiyatning muhim aloqa vositasi bo‘lib xizmat qilar edi. 64
Qadimgi turkiy adabiy til o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Xususan, bir tomondan, runiy va uyg‘ur yozuvlari bilan bitilgan VII-X asrlarda yuzaga kelgan qadimgi yodgorliklarning tili hamda ikkinchi tomondan, X-XIII asrlarda yaratilgan asarlarning tili o‘zining ko‘pgina fonetik va grammatik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qilib turadi. Shuning uchun ilmiy adabiyotlarda, turkiy tillar tarixini davrlashtirishga bag‘ishlangan asarlarda bu davrlar bir-biridan ajratilib, “qadimgi turkiy til” va “eski turkiy til” atamalari bilan yuritiladi. Shuningdek, keyingi asrlarda yuzaga kelgan yodgorliklarning tili bevostia o‘sha davrga ma'lum turkiy tilning, jumladan, qarluq, uyg‘ur, qipchoq kabi tillarning xususiyatini aks ettiradi. Ayni zamonda mana shu davrlarda turkiy qabilalar negizida elat(xalq) larning tashkil topishi, demak, qabila tillari negizida elat (xalq) tillarining shakllanishi jarayoni boshlangan edi.
Bu davrda turkiy tillar to‘la tabaqalanadi, o‘zining mustaqil rivojlanish yo‘liga kiradi. Bu davrda turkiy urug‘ va qabilalar Xun (ham Sharqiy Xun, ham G‘arbiy Xun) davlati tarkibiga kirar edi. VI ars o‘rtalarida turklar kuchayib, yirik bir qabila ittifoqiga birlashdi, qo‘shni qabilalarni yengib, 552 yilda o‘zlarining mustaqil davlatlarini – turk xoqonligi barpo qiladi. 555 yilga kelib Markaziy Osiyodagi xalqlar Manchjuriya va Enasoy qirg‘oqlarigacha bo‘lgan yerlarni o‘zlariga qaratib oldilar. Harbiy va siyosiy qudrati asta-sekin kuchayib borgan turk xoqonligi eftalitlar davlatini tor-mor qiladi, Amudaryo va Orlogacha bo‘lgan joylarni VI asrning 70-yillarida esa Shimoliy Xitoydagi Chjou va Si davlatlarini bosib oladi. Xoqonlikning chegarasi Amudaryodan Hindistongacha cho‘zilar edi. Ammo qabilalar o‘rtasidagi o‘zaro urushlar aralashuvi natijasida VI asrning 80-yillarida turk xoqonligi parchalanib, Sharqiy turk xoqonligi va G‘arbiy turk xoqonligiga bo‘linib ketdi.
Sharqiy turk xoqonligi Markaziy Osiyoda o‘z hokimiyatini o‘rnatdi. VII asrning 2-choragida Xitoyga qaram bo‘lib qoladi. 681 yilda xoqon qutlug‘ (Ilterin) va uning maslahatchisi Tonyuk mustaqillikni qo‘lga kiritdilar. Sharqiy turk xoqonligining keyingi kuchaygan davri 682-745 yillarga to‘g‘ri keladi. Xoqon Qopag‘on (691-716 yillar) davrda turklar Samarqandgacha borib yetadilar.Xoqon Bilga vafoti (734 yil) dan keyin kuchaygan o‘zaro kurashlar natijasida Sharqiy turk xoqonligi parchalanib ketadi, 745 yilda esa uyg‘urlar tomonidan bosib olinadi.
Markazi yettisuv bo‘lgan G‘arbiy turk xoqonligi esa mustaqil davlat sifatida VII asrning birinchi yarmida Sharqiy Turkistondan Kaspiy dengizigacha bo‘lgan yerlarda o‘z hukmronligini o‘rnatadi. Qo‘shni davlatlar bilan savdo-sotiq ishlari rivojlanadi. Samarqand, Buxoro, Choch (Toshkent), Marv, Chorjuy kabi katta shaharlar obod bo‘ladi. Ammo Xitoy va shimoliy qo‘shni davlatlarning hujumi ichki o‘zaro urushlar natijasida G‘arbiy turk xoqonligi tugatiladi. Turklarning bir qismi Sharqiy Turkistonda o‘zlarining ittifoqini barpo qiladi, yettisuv va uning atroflarini esa tirgeshlar qo‘lga kiritadi. Keyinroq esa bu yerlar Oltoydan ko‘chib kelgan qarluqlar qo‘liga o‘tadi. O‘g‘uzlar esa g‘arbga tomon yurish qilib, VIII asrda Sirdaryoning quyi qismi havzasida Qoraqumgacha bo‘lgan hududda o‘z davlatlarini barpo qiladilar.
Turkiy tillar taraqqiyotining 3-bosqichiga, ya'ni qadimgi turkiy davrdagi turkiy urug‘ va qabilalar, ularning tillariga oid juda ko‘p yozma manbalar, tarixiy yodgorliklar mavjud. Jumladan, turk xoqonligi tarkibiga kirgan turkiy urug‘lar va ularning tillari O‘rxun-Enasoy yodgorliklari orqali aniqlangan. O‘rxun-Enasoy yodgorliklarining ko‘pchiligi rus olimlari tomonidan topilgan. Bular orasida, ayniqsa, sibirlik o‘lkashunos N.M.Yadrinsev 1889 yilda Mo‘g‘ulistonda O‘rxun daryosi bo‘ylaridan topgan yodgorliklar katta ahamiyatga ega. Xuddi shunday yodgorliklarning kattagina bir qismi Enasoy daryosining yuqori qismidan va Qirg‘izistondagi Talas vodiysidan, shuningdek, Baykal ko‘li atroflari, Lena daryosi sohillaridan ham topilgan.
O‘rxun-Enasoy yodgorliklari asosan toshlarga o‘yib bitilgan yozuvlarda idish, tangalar kabi buyumlarda va qog‘ozlarda yozilgan bitiklardan iborat bo‘lib, bir qancha vaqtlar olimlar uchun o‘qilishi jumboq bo‘lib qoladi. Shunga ko‘ra, u qadimgi skandinav-german tillariga oid run, runiy yozuvi nomi bilin ham yuritilgan. Faqat XIX asrning 90-yillarida bu yozuvni dastlab Daniyalik olim V.Tomsen va rus turkshunosi V.V.Radlov o‘qiydilar. Ular bu yodgorliklarning til xususiyatlari turkiy xalqlarga tegishli ekanligini aniqlab beradilar. Shundan keyin ko‘p yillar davomida bu yozuvlarni tarjima qilish, til xususiyatlarini o‘rganish va nashr etish sohasida katta ishlar qilindi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI



  1. Abdurahmonov G‘. Qadimgi turkiy til. –Toshkent, 1992.

  2. Rahmonov N. , Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. –Toshkent, 2009.

  3. Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Qozoqboyev M. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. –Toshkent, 2008.

  4. Ashirboyev S., Azimov I. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. Toshkent, 2002.

  5. Tursunov U., O‘rinboev B., Aliev A. O‘zbek adabiy tili tarixi. - Toshkent, 1995.




Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish