Ilk davr o’zbek adabiy tili – XI dan XIV asr o’rtalarigacha bo’lgan davr.
«Devonu lug’atit turk» - eski turkiy adabiy tilning dastlabki manbalaridan biri.
«y» dialekti – XIV asr adabiy tilining tayanch dialekti.
«Bug’roxon tili» - XI – XIV asr adabiy tilining nomlaridan biri.
X1-XU asrlarga oid ko’pgina yirik asarlar turk uyg’ur yozuvida tartib qilingan. Masalan, «Me’rojnoma», «Tazkirai avliyo», «Baxtiyornoma» kabi bir qator asarlar shu yozuvda ko’chirilgan. «Qutadg’u bilig», «Hibatul haqoyiq», «Muhabbatnoma» kabi asarlarning uyg’ur yozuvida ko’chirilgan nusxalari ham mavjud.63
Akademik V.V. Radlov birinchi marta kadimgi turkiy adabiy tilning o’ziga xos dialektlarini o’rganib chikdi va uni shimoliy, janubiy va aralash dialekt deb uch guruhga bo’ldi. SHimoliy turkiy adabiy tilga runiy yoki o’rxun-enasoy yozuvlari asosida vujudga kelgan til kiritiladi. Bu tilga xos xususiyatlaridan biri so’z boshida va so’z oxirida jarangli undoshlar o’rnida ko’proq jarangsiz undoshlar kelishidir. Lekin bundan b undoshi istisnodir, chunki so’zning oxiri n va ng tovushlari bilan tugagan so’zlarda so’z boshidagi jarangli b undoshi saqlanadi: bәn-men, bing-ming, bin-min kabi. Masalan Tonyuquq bәnәg aydi - Toyo’quq menga aytdi (Tonyo’quq). Bagnu tash taqitdim-Mangu tosh tikdim (Kultagin).
Bundan tashqari, t tovushi so’z boshida ko’p ishlatiladi: Su barin tidi -Qo’shin bilan bor dedi (Tonyo’quq).
Tushum kelishi uchun asosan -g’ (-g) / -ig’ - ig - ug’ - үg affiskli shakl qo’llangan: sabig’ - so’zni, yag’ig’ - dushmanni (Tonyo’quq), on әrig - o’n erni (Kultagin).
Qaratqich kelishigi affiksi -ning/-ing shaklida ishlatilgan: Kultәginniң altunin, kүmүshүn; Qag’aniң sabi -Xoqonning so’zi; biziң sү - bizning askar (Kultagin).
O’rin-payt, chiqish kelishiklari uchun — da / - dә// - ta / tә affiksli shakl qo’llangan: Tүrgesh qag’anta kөrүg kәlti - Turgash xoqondan ayg’oqchi keldi (Kultagin), Qirqizta yanti- miz — Qirg’izlardan qaytdik (Tonyo’quq).
O’tgan zamon fe’li ma’nosida -di / - di // - ti / - ti, - mish / - mish (- mis / - mis) affikslaridan tashqari — duq / - dүk affiksli shakl ham qo’llangan. - duq / - duk affiksli shakl o’tgan zamon fe’li ma’nosida shaxs-son ko’rsatkichisiz uchala shaxsning birligi va ko’pligi uchun ishlatilavergan.
O’rxun-Enasoy yozuv yodgorliklarida hozirgi turkiy tillarga xos so’zlar uchraydi: el (el), ben (men) ilig (qo’l), siz, og’lan, yash, at, tәңri, altmish kabi. Lekin semantik xususiyatlari bilan iste’moldan chiqib ketgan so’zlar ham mavjud: bodun (xalq), bag’ (ittifoqchshshk), sү (qo’shin), sabim (so’zim) iti (yubordi), tosiq (to’ygan), ukush (ko’p) kabi.
Qadimgi turkiy tilning janubiy guruh dialekti uyg’ur yozuvi asosida paydo bo’lgan. Bularga Selenga, Suji va Turfon yodgorliklari kiradi. Janubiy guruxdagi tillar fonetik jihatdan shimoliy guruxdagi tillardan oxiri n, ng bilan uchraydigan so’zlar boshidagi b tovushining m tovushiga o’zgarishi bilan farqlanadi: baңu - maңu (mangu), ban - men, biң - miң kabi.
Qaratqich kelishigi -niң / -niң affiksi bilan, chiqish kelishigi - din / -din // - tin / -tin affiksi bilan ifodalanadi. Fe’lning o’tgan zamon shakli har bir shaxs va son uchun alohida affikslarga ega.
Aralash dialektning fonetik jihatdan o’ziga xos xususiyatlari tovushining t tovushi bilan, ch tovushining z tovushi bilan almashinib ishlatilishidir: achun -azun (dune), atun - adun (boshqa) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |