Guliston davlat universiteti y. Tojiyev, M. Latipov «til tarixi»



Download 9,49 Mb.
bet189/382
Sana05.07.2022
Hajmi9,49 Mb.
#741600
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   382
Bog'liq
portal.guldu.uz-TIL TARIXI

So’roq olmoshlari. Eski o’zbek tilida kim, ne, qay so’roq olmoshlari mustaqil qo’llangan, boshqa so’roq olmoshlari ne va qay olmoshlariga tarixan yuklama, so’z yasovchi va so’z o’zgartuvchi qo’shimchalar qo’shilgan shakllarda qo’llangan, lekin bunday so’z va qo’shimchalar o’zining morfematik ma’nolarini yo’qotgan hamda so’roq olmoshlarining turli modal shakllarini hosil qilgan xolos, aslida olmosh yasash uchun xizmat qilgan emas.
Kim so’roq olmoshi kishilarga nisbatan qo’llangan: Ulüsh alg’an kim va ul ulushni tog’rag’an kim (SH tar.).
Kim so’roq olmoshi otlar kabi ko’plik affiksining –lәr variantini qabul qilgan: Arz qїlalї kimlәr vaqe’dur (Navoiy MQ). Kimlәr bilәn bazm әylәb (Muqimiy).
Ne olmoshi eski o’zbek tilida keng qo’llangan va uning semantik qirralari ham ko’p bo’lgan:

  • belgining miqdorini aniqlash ma’nosida qo’llangan:Ne imkānkim qarar olg’ay kөңlümә (Navoiy). Ul shāh bashїda ne balā fitna bar erdi (Lutfiy).

  • sof belgini bildiradi: Xān dedi: bu ne hikāyat bolg’ay// Ne hikāyat, ne rivāyat bolg’ay? (SHN).

  • ritorik so’roq gaplarda so’z ma’nosini kuchaytiradi: Bu ne kөzdür, bu ne kirpük, bu ne qash// Ki chїqtї din va imāndїn xalāyїq (Atoiy).

  • sabab-so’roq ma’nosini bildiradi: Kөzüң ne balā qarā bolubtur (Navoiy). Bilmәn ne jarima bilә Hiriydin ixrāj qїldї (Bobur).

Ne olmoshi to’liqsiz fe’llar birga qo’llana olgan va fe’l tarkibiga o’tgan: Yüz salām aydїm ne bolg’ay (Nodira). Biziң sarї kelmes-sәn ne boldї (Navoiy).
Ne olmoshi ko’plik affiksini, tushum, chiqish kelishigi affikslarini olgan va ularda kelishik affikslari funkцional bo’lgan, jo’nalish kelishigi affiksi esa olmosh tarkibida kristallashib qolgan. Qaratqich va o’rin-payt kelishigida qo’llanishi masalasi ochiq qoladi.
Ne olmoshi negizida shakllangan so’roq olmoshlari:
Nemә. Bu so’z tarkibidagi mә so’zi qadimgi turkiy tilga oid yuklamadir (lekin uni E.Fozilov bog’lovchi deb qaraydi. Qarang: Fozilov E. O’zbek tilining tarixiy morfologiyasi. – T.,1965,146-bet). Eski o’zbek tilida bu so’z narsa so’zi ma’nosida qo’llangan, ya’ni hali olmosh turkumiga to’la o’tmagan: Dag’dag’a boldїkim, bir nimә bag’lag’ay-men (Bobur). Bu so’z nima variantida XIX asrning 2-yarmidan so’roq olmoshi sifatida mustaqil qo’llangan.
Nechün//nevchün. °chün ko’makchisi ishtirokida shakllangan va sabab ma’noli so’roq olmoshidir: Mirzā sorubturki, nechün өltürdüң (Navoiy). Sen nevchün өzüңni bu riyāzat va ranjg’a saldїң (Navoiy).45
Nechük. Bu olmosh qadimgi turkiy tilda bir necha taraqqiyot davrlarini boshidan kechirgan: ne+chә-ne+chә+kә-ne+chә+k-nechük. Ikkinchi taxmin (versiya): ne+chag’//ne+chaq// ne+chәk-nechük.
Nechük olmoshi ham sabab ma’nosini ifodalaydi: Nechük bolg’ay azmї-miz (Navoiy). Bu olmoshning ba’zan nüchük fonetik varianti ham qo’llangan: Men nüchük majnun kәbi rasvāi ālam bolmayїn (Uvaysiy).
Nelük. lik affiksining –lük varianti orqali shakllangan va u ham sabab ma’nolidir: Nelük bashїmg’a tupraq qoymag’ayїm (Xisr. va SHir.).
Netәk. –dek affiksining –tәk varianti orqali shakllangan va bu olmoshbelgi ma’nolidir: Qanlarї yergә netәk tөkülmüsh (SHN).
Nechә. Bu olmosh ne+chag’ so’zlaridan soddalashgan. Miqdorni so’rash uchun qo’llanadi: Nechә yїl ranju mehnat sendin artuq (Navoiy). Bu olmosh III shaxs egalik affiksini va barcha kelishik affikslarini qabul qilgan.
Negә. Jo’nalish kelishigi affiksi orqali shakllangan va sabab ma’nosiga ega: Bir kishi jānї üchün yüz mїң jān negә āzurda qїlur (SHN).
Bu olmoshning neyә, nәgü, nag’u variantlari ham qo’llangan: emdi biz keңәsh qїlalїm, nәgü savāb kelür, kөrәlim (Taf.). Nag’u barur-sen (Lutfiy).

Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish