Morfologik usul bilan sifat yasalishi. Morfologik usul bilan sifat yasalishi uzoq tarixga ega bo’lgan asosiy usuldir.Sifat yasalishiga asos bo’lgan o’zak morfema ism yoki fe’l turkumiga oid bo’lishiga qarab yasovchi morfemalar ham ismlardan yoki fe’llardan sifat yasovchi tarzida ikkiga bo’linadi.
Sifat yasovchi affikslar tarixan ko’p bo’lmagan, ular hozir ham unchalik ko’p emas. Tekshirilayotgan davr tilida ular qo’llanish darajasiga ko’ra bir xil emas, ba’zilari unumli, ba’zilari esa unumsizdir.
Ismlardan sifat yasovchi affikslar. Ism turkumiga oid so’zlardan sifat yasashda quyidagi affikslar qo’llangan:
-lїg’/-lig,-luq/-lug’,-lük/-lük. Ushbu affiks variantlarining ishlatilishidagi fonetik sharoit quyidagicha:
Tarkibida lablanmagan unlilardan biri bo’lgan bir bo’g’inli, shuningdek, barcha yoki so’nggi bo’g’inida shu unlilardan biri bo’lgan ko’p bo’g’inli qattiq negizlarga affiksning asosan lablanmagan orqa qator variantlari, yumshoq negizlarga esa old qator variantlari qo’shiladi: ag’їzlїq, yazlїq, bag’lїg’, tatlїq, yashlїq, qanlїq, biliglig, qorg’anlїq, atlїq, yarag’lїg’, evlik, yamag’lїq, kechәlik.
Lablangan unlili bir bo’g’inli, shuningdek, barcha yoki so’nggi bo’g’inda lablangan unlisi bo’lgan qattiq negizlarga affiksning lablangan orqa qator variantlari, yumshoq negizlarga old qator variantlari qo’shiladi: boyluq, qayg’uluq, otluq, anduhluq, küchlük, yüzlük, olturushluq, kөrklük, türlüg, qutluq, otlug’, otluq, yamg’urluq, tüklük, uyluk, yosunluq, sütlük, külgülük, küchlük, süyüklük.
Ba’zan bu umumiy qonuniyatning buzilishi kuzatiladi; lablanmagan unlili negizlarga affiksning lablangan variantlari, shuningdek, orqa qator variantlari yumshoq o’zaklarga va aksincha, old qator variantlari qattiq negizlarga qo’shilib keladi. Bu hodisa, ayniqsa, XVII —XIX asrlarda ko’proq kuzatiladi.
-lї/-li,-lu/-lü. Bu affiks variantlarining ishlatilishida ham asosan singarmonizm konuniyatiga amal qilingan: old qator variantlari yumshoq negizlarga, orqa qator variantlari qattiq negizlarga qo’shilgan: kendli, otlї, yag’lї, tatlї, meңizli, kerәkli, biligli, yaralї, yaqalїg’ kabi. Lablangan -lu/-lü variantlarining qo’llanishida boshqacharoq manzara kuzatiladi; singarmonizm qonuniga binoan tarkibida lab unlilaridan biri bo’lgan bir bo’g’inli yoki so’nggi bo’g’inida shu unlilardan biri bo’lgan ikki yoki ko’p bo’g’inli kattiq negizlarga affiksning orqa kator variantlari, yumshoq negizlarga old qator variantlari qo’shilishi kerak bo’lgani holda, bu qonuniyatga mos ishlatilish siyrak kuzatiladi: otlu, tug’lu, kөzlü, yuzlu, kөrüklü kabi misollar kam uchraydi. Ko’p hollarda lablangan unlisi bo’lmagan so’zlarga affiksning lablangan variantlari, aksincha, lablangan unlili so’zlarga affiksning lablanmagan variantlari qo’shilib keladi: g’amlu, namlu, bag’lu, yollїg’, qoylї, tug’lї, kөkli kөzli kabi.
gi/-g’ї, -qї/-ki affiksi qadimiy mahsuldor morfemalardan bo’lib, O’rxun-enisey, qadimgi uygur yozuvi obidalari, XI—XIV asrlarga mansub yodgorliklar tilida ham ancha keng ko’llangan: Bayaqї yolg’a tegdilәr (QR). Javhar balchїqqa tushsa, burung’ї bikin nafis turur (SS). Astїndaqї azaqlarїna qara qushlarnї bag’ladї (QR). Bu elkindәki narsalar ne turur(NF).
-dag’ї/-dәgi, -daqї/-dәki. Bu affiks asosan otlarga qo’shilib, o’ringa va paytga mansublik ma’nosidagi sifat yasaydi: misol?
-sїz/-siz. Bu affiks asosan otlarga qo’shilib o’zakdan anglashilgan narsaga, holatga, xususiyatga ega emaslik ma’nosini ifodalovchi sifat yasaydi: Vasl noshi dunyāda bolmas, Atāyi nishsiz(Atoiy). Qapug’їn eshiki yarag’sїz turur(QR).
Eski o’zbek tilida fors-tojik tilidan o’zlashgan quyidagi affikslar ham faol qo’llangan:
-iy. Adabiyotlarda «yoyi nisbat» deb yuritiladi va nisbiy sifat yasaydi:
SHah qїlїb xїl’atїnї rayhāniy,
Rāst andaq ki sarvi bostaniy (Xamsa)
-nāk. Otdan muayyan belgiga ega bo’lgan sifat yasaydi: ... la’li ātashnāk (Mahb.q), ... kөңlüm g’amїdїn ul g’amnāk (Mahb.q).
-gün. Rang bildiruvchi sifat yasaydi:
Subhїdam kim sipehri mināgün
Yerni bayzādїn etti bayzāgün. (Xamsa).
-vash. O’xshatish ma’nosidagi sifat yasaydi:... shahzādayi parivash... (Mah.q.), ... māhvash sāqiy... (Mah.q.).
-vār. O’xshatish ma’nosidagi sifat yasaydi: buzurgvār, umidvār. ... durri shāhvār üzülüp yergә tüshti (Mah.q.).39
Bu affikslardan tashqari, -in, -fām, -āniy sifat yasovchi affikslari ham qo’llangan.
Fe’ldan sifat yasovchi affikslar. Fe’ldan sifat yasovchi affikslar unchalik ko’p emas. Ulardan faqat birgina affiks sermahsul bo’lib, qolganlari kammahsul va o’ta kammahsul affikslardir.
Ular quyidagilar:
-g/-g’,-q/-k(їg’/-ig,-їq/-ik,-ug/-üg’,-uq/-ük).Affiks variantla- rining ko’pligi singarmonizm qonuni amalda bo’lganligidan dalolat beradi. Biroq yumshoqlik-qattiqlik va lab garmoniyasi qoidasining bir qadar buzilishi kuzatiladi, jarangli va jarangsiz undoshli variantlar ishlatilishida muayan qonuniyat va fonetik sharoitni belgilash qiyin. Chunki ayrim manbalarda asosan jarangsiz undoshli variantlar ishlatilsa, ularning ko’pchiligida (hatto bir so’z doirasida ham) har ikkala variant baravar qo’llanaveradi. Lekin umumiy nisbatiga ko’ra jarangsiz unlili variantlar aksariyatni tashkil qiladi.
Fe’dan sifat yasashda eng sermahsul bo’lgan bu affiks yordamida yasalgan sifatlarda o’zakdan anglashilgan ma’no bilan bog’liq belgi-xususiyatga egalik tushunchasi ifodalanadi: Demasun qorqaq (SHN). Bu rud quruq ruddur, munda hargez suv bolmas (BN).
-n(-їn -in,-un,-ün,-an,-әn). Qadimiy vosita kelishigining bu affiksi o’zining birgalik ma’nosi asosida so’ngroq so’z yasash funkцiyasini ham kasb etgan. U o’zakdan anglashilgan belgiga egalik ma’nosini ifodalovchi sifat yasagan: Nedin tolun ay yuzuң ilә husn talashur (Atoiy). Qiyamat azabїndїn yaqїnmu turur (TF).
l(-їl/-il). Bu affiks ayrim fe’llardan o’zakdan anglashilgan harakat yoki holat belgisiga egalik ma’nosini ifodalovchi sifat yasaydi: Dunyanїң tugal malїnї bersaң (NF).
SHu bilan birga, -їr / -ur (Bu ag’їr ishkә og’radїmїz (QR)), -ri / -rї (Quyї egriligi chїndur (Lutfiy)) qo’shimchalari bilan ham sifat yasalgan.
Sintaktik (kompoziцiya) usul bilan yasalgan sifatlar sifat turkumiga mansub leksik birliklarning katta qismini tashkil qilgan. Ular sifat va boshqa turkumlarga mansub so’zlarning bir-biri bilan turli kombinaцion vositalar yordamida birikuvi, juftlashuvi, takrorlanuvi va tiziluvi orqali hosil bo’lgan. Ular tarkibiy qismlarining birikuv tarziga ko’ra qo’shma va murakkab sifat yasaladi.
Sintaktik usul bilan yasalgan sifatlar turg’un bo’lmaydi va u ko’proq uslubiy vazifa bajaradi: qara yüzlük bashї (Navoiy), qara tamg’alїq ay (Lutf.).
Do'stlaringiz bilan baham: |