Guliston davlat universiteti y. Tojiyev, M. Latipov «til tarixi»



Download 9,49 Mb.
bet188/382
Sana05.07.2022
Hajmi9,49 Mb.
#741600
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   382
Bog'liq
portal.guldu.uz-TIL TARIXI

Bu olmoshi XVIII-XIX asrlarda bul variantida ham qo’llangan. Uning tafsiloti quyiroqda beriladi.
Ul olmoshi so’zlovchiga masofa jihatdan uzoqroq bo’lgan predmet va uning belgisini ko’rsatish uchun qo’llangan va bu jihatdan bu olmoshi bilan zidlanishni (oppoziцiyani) hosil qilgan: G’amza birlә tөkti qanїm ul sanam (Lutfiy).
Ul olmoshining u varianti ham iste’molda bo’lgan: Mahsharda g’ālїbākim, u kün kөrmәgәy azāb (Lutfiy).
Ilmiy adabiyotlarda ul (u) olmoshining ān varianti haqida fikr yuritiladi, aslida ān olmoshi fors tilidan o’zlashgan bo’lib, fonetik jihatdan ul olmoshiga aloqasi yo’q.
Ul olmoshining kelishiklar bilan turlanish xususiyatlari ul kishilik olmoshi bilan aynandir.
Ush so’zi haqida. Ilmiy adabiyotlarda bu so’z olmoshlar tarkibiga kiritiladi, lekin uning matndagi qo’llanish xususiyatlari boshqa olmoshlarga quyiladigan morfologik talablarga javob bermaydi, ya’ni u kelishik va ko’plik affikslarini qabul qilmaydi, lekin ko’rsatish olmoshi semantikasiga mos kela oladi, demak, u grammatikaning asosiy talabi, ya’ni kategorial belgilarni qabul qilmas ekan, uni olmoshlar tarkibidagi masalada munozara mavjud.
Ush so’zi hozirgi o’zbek tilidagi mana so’ziga ekvivalentdir. Ma’lum bo’ladiki, mana so’zi olmosh deb e’tirof etilmayotgan ekan, ush so’zini ham olmosh deb qarash mumkin emas, lekin bu so’z XIII-XIV asr yodgorliklarda faol qo’llangan: Qadah evrüldi ush bostān ichindә (MN). Zulfuң dag’ї ul kāfur ush imān aladur-la (Lutfiy). Lekin bu so’z ushbu, oshul, oshal, shul olmoshlarining hosil bo’lishida qatnashgan.
Ushbu (ush+bu) olmoshi nutq momentidagi predmet va belgini ko’rsatadi: Ushbu dam erür jānnїң futuhi (MN). Lekin bu so’z o’zgarishlar yuz bergan, orttirma -n paydo bo’lgan, b tovush -m sonoriga o’tgan: Lutfiy — munda; Yaqiniy — munuң-dek.
Oshul (ush//osh+ul) ko’rsatish olmoshi XV—XIX asrlar yozma manbalarida iste’molda bo’lgan, tinglovchiga oldindan ma’lum shaxs, narsa hodisalarni ko’rsatadi: Faryādїm oshul yergә yetibtur (Lutfiy). Oshul yerdә yattuq (SH. tar.).
Oshal (ush//osh+ul//al) olmoshi oshul olmoshining variantidir: Oshal künkim meni yazdān(olloh) yarattї (MN). Oshal suvlarnїң aralarїnda oltururlar erdi (SH.tar.).
Osha, oshu olmoshlari ushbu, oshul, oshal olmoshlarining qisqargan shaklidir: Oshu sөz birlә (SHN). Osha üstündә toң birlә muz bar turur (O’N).
SHul (ush/osh/sh+ul) olmoshi bu, u, oshul, oshal olmoshlarining fonetik o’zgargan va qisqargan shaklidir: SHul erür aybїm Muqimiy, mardumi Farg’āna-men (Muq.). SHul zamānkim alur Urgәnchni ol/ salur, albatta, Xurāsān sarї yol (SHN).
SHul olmoshi bu olmoshining bul shaklida shakllanishiga ham sabab bo’lag, chunki shul-bul analogiyasi va oppoziцiyasi uchun u qulaylik tug’dirgan. Aksincha, bu olmoshi shul olmoshiga oppoziцiyada turib, uning ta’sirida shu variantini yuzaga keltirgan.
o’nә, mәnә, muna so’zlari ham semantik jihatdan olmosh funkцiyasiga yaqin turadi, lekin ular aslida ko’rsatuv undovlaridir. o’ne qaddu, әnә husnu, әnә xulq (Furqat). Muna sөziniң jāvabї tedi (SH.turk.).
Eski o’zbek tilida fors tilidan o’zlashgan va ulardan yarim kalьka qilingan olmoshlar ham qo’llangan. Ular quyidagilar:
Hamin olmoshi. U ham (ta’kid yuklamasi)+in (bu) tarkibidan iborat bo’lgan va ushbu olmoshi ma’nosiga ekvivalent bo’lgan: Bale, yalg’uz hamin ālamda sen-sen (Lutf.). Meniң haqїmda qїlur-sen hamin jafā havasin (Atoiy).
Hamān olmoshi ham ham+an(u) so’zlaridan tarkib topgan va eski o’zbek tilida hamin olmoshi kabi ushbu olmoshiga ekvivalnt bo’lgan, ayni zamonda, uning hamun varianti ham qo’llangan: Tag’ hamān allїda hamun-hamun (Navoiy). Lekin keyinchalik hamun varianti iste’moldan chiqib ketdi, hamān so’zi esa semantik o’zgarishga uchrab, ravish so’z turkumiga o’tgan.
Fors tilidan o’zlashgan yuqoridagi olmoshlar eski o’zbek tilida yarim kalьkalanib, hamul variantida (ham+ul) ham qo’llangan: Qoyar erdi hamul vādiy sarї yüz// Qїlїb qat’ allїda tag’ olsa, gar tüz (Nav.Xamsa).
Bu olmoshlar ham keyinchalik iste’moldan chiqib ketdi.

Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish