Iqtisodiy aktiv bo’lmagan aholi-mehnatga yaroqli aholining o’z yordamchi xo’jaligida band bo’lgan, vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotgan va o’qishda va armiya xizmatida bo’lishi tufayli ishlamayotgan hamda ish qidirmayotgan qismi iqtisodiy aktiv bo’lmagan aholi hisoblanadi.
Ijtimoiy demografiya – demografik jarayonlarga aholining sub’ektiv harakati, ijtimoiy, ijtimoiy-psixologik ta’sirini o’rganadi.
Islom dini-VI asrning oxiri VII asrning boshlarida Arabiston yarim orolida vujudga kelgan. Islom dini odatda musulmon dini deb yuritiladi. Geografik nuqtai nazardan islom diniga e’tiqod qiluvchilar nisbatan yaqin umumiy hududda joylashgan. Taxminan 1,3 milyardga yaqin kishi e’tiqod qiladi. Islom dini Shimoly, G’arbiy, Sharqiy Afrikada, Arab mamlakatlarida, Kichik Osiyoda, Eron, Afg’oniston, Pokiston, Bangladesh mamlakatlarida hukmron. Kipr aholisinining bir qismi musulmonlardir. Hindiston aholisining 9 % musulmonlar, ilgari bu mamlakatda musulmonlar ko’p bo’lgan. Lekin ularning ko’p qismi Pokiston va Bangladeshga ko’chib ketishgan. Islom dini Indoneziyada asosiy din hisoblanadi. Bu dinga shuningdek “Flippin” davlatining janubiy qismida yashovchi xalqlar G’arbiy Xitoydan “Uyg’ur dungonlar” ham e’tiqod qilishadi. Evropada Istambul va uning atrofidagi turklar, albanlar, bosniyaliklar, bolgarlarning bir qismi, lo’lilarning bir qismi musulmon hisoblanadi. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar musulmonlardir.
Yirik xalqlar–Er yuzidagi soni 100 mln dan oshgan xalqlar.
Matematik demografiya – demografik jarayonlarni modellashtirish va bashoratlash hamda ular o’rtasidagi aloqadorlikni o’rganishning matematik usullarini ishlab chiqish va tatqiq etish bilan shug’ullanadi. Demografik modellarga tug’ilish, o’lim, nikoh jadvallarining aniqligi, statsionar va barqaror aholi modeli kabilar kiradi.
Migrasiya so’zi lotincha-so’zidan otlingan bo’lib, ko’chish degan ma’noni bildiradi.
Millat–etnosning eng yuksak darajasidir. Millat bo’lishi uchun tili, hududi, umumiqtisodiy faoliyati va milliy ong shakllangan bo’lishi kerak.
Milliy dinlar-ma’lum bir millat yoki ma’lum bir hudud aholisi e’tiqod qiluvchi dinlar (asosan bir mamlakat doirasidagi) milliy dinlar deb yuritiladi. E’tiqod qiluvchi aholining soni jihatdan milliy dinlar orasida eng yiriklari konfutsiylik, sintoizm, lomachilik va boshqalar. Konfusiylik asosan Xitoylar o’rtasida keng tarqalgan. “Hinduizm” esa Hindiston aholisining eng asosiy dinidir. Yaponiyada-Sintoizm, Xitoyda-Konfusiylik va daosizm dinlariga sig’inadilar. “Lamaizm” dini Sibr va Uzoq sharq, Mongoliyada tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |