Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari



Download 1,67 Mb.
bet8/86
Sana28.03.2023
Hajmi1,67 Mb.
#922280
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   86
Bog'liq
portal.guldu.uz-AHOLI GEOGRAFIYASI VA DEMOGRAFIYA ASOSLARI

Demografiya – grekcha – demos – “xalq” va grafiya – “tasvirlash” so’zlaridan iborat bo’lib, aholi haqidagi fandir. U aholining soni, hududiy joylashuvi va tarkibini, ularning o’zgarishi va bu o’zgarishning sabablarini, aholidagi o’zgarishlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy omillarning aloqalarini o’ziga xos isullar bilan o’rganadi. Shuningdek, demografiya aholi takror barpo qilinishining qonuniyatlarini ochib beradi. Ko’rinib turibdiki, aholi geografiyasi bilan demografiya o’rganadigan masalalar bir biriga juda yaqin.
Shuning uchun aholi geografiyasi demografiya o’rganadigan va aholiga ta’luqli bo’lgan demografik statistika tomonidan to’planadigan ma’lumotlardan keng foydalanadi. Demografiya ham o’z navbatida o’rganilayotgan demografik jarayon va ko’rsatkichlardagi geografik farqlar va u farqlarning sabablariga qiziqadilar. Shunday qilib, aholi geografiyasi bilan demografiya o’rtasida birgalikda hal qilinishi kerak bo’lgan bir qator muammolar vujudga keladiki, bularni faqatgina ana shu ikki fan chegarasida vujudga kelgan yo’nalish – demogeografiya hal qiladi.
Aholi geografiyasi etnografiya bilan ham chanbarchs bog’liq. Etnografiya – xalqlarning turmushi va madaniyati, vujudga kelishi va madaniy – tarixiy aloqalarini o’rganadi. Etnografiya xalqlarning etnik birligi urug’, qabila, elat, millat, xalqlarning geografik tarqalishi bilan ham qiziqadi. Xalqlarning geografik tarqalishi (xalqlar geografiyasi) masalalarini etnogeografiya o’rganadi. Etnogeografiyani ayni vaqtda etnografiyaga ham, aholi geografiyasiga ham kiritish mumkin, to’g’rirog’i, ular chegarasida vujudga kelgan yo’nalishdir.
Shunday qilib, aholi geografiyasining demografiya va etnografiya fanlari bilan aloqasi va hamkorligi juda yaqin va kengdir. Shu narsani qayd qilish kerakki, aholi geografiyasi aholini demografiya va etnografiyaga nisbatan chuqurroq va har tomonlama o’rganadi. Chunki, aholi geografiyasi aholini o’rganayotganda uning xo’jalik va tabiat bilan aloqalarini chuqur tahlil qiladi, bu o’zaro aloqa va munosabatlarning o’rganilayotgan har bir rayonda vujudga kelish xususiyatlarini aniqlaydi, aholi geografiyasi muammolarini shular bilan bog’lab tushuntiradi.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish