Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari



Download 1,67 Mb.
bet74/86
Sana28.03.2023
Hajmi1,67 Mb.
#922280
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   86
Bog'liq
portal.guldu.uz-AHOLI GEOGRAFIYASI VA DEMOGRAFIYA ASOSLARI

Qisqa muddatli-demigrafik bashorat 5 yilga mo’ljallangan bo’lib, turli xo’jalik va rejalashtirish tashkilotlarida ko’proq qo’llaniladi. Qisqa muddatli bashoratda aniqlik darajasi nisbatan yuqori bo’ladi. Chunki 5 yil davimida aholini o’limi tug’ilishi jarayonida ham keskin o’zgarish ro’y bermaydi. Mehnat resurslari farzand ko’rish yoshidagi aholi guruhi, nafaqa yoshidagi aholi guruhlari haqidagi ma’lumotlar aniq bo’ladi. Asosan tug’iladigan bolalar soni maxsus hisob–kitoblar, uslublar orqali hisoblanadi.
O’rta muddatli – demografik bashoratlar –30 yilgacha bo’lgan davr uchun hisoblanadi. Ushbu bashoratda aholini tug’ilish va o’lim jarayonlari, aholi migratsiyasida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar ilmiy asosda o’rganiladi va bashorat tuzishda hisobga olinadi.
Uzoq muddatli demografik bashoratlar 30-60 yilda qo’llanadi. Bunday bashoratlar aholi tug’ilishi va o’limining kelajakdagi o’zgarishlari haqidagi gipotezalarga asoslangan. Uzoq muddatli demografik bashoratga aholi migratsiyasini hisobga olish bir muncha murakkabroq kechadi. Chunki aholi migratsiyasi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar bilan bir qatorda jamiyatda, tabiatda yuz bergan tasodifiy jarayonlar bilan ham bog’liqdir. Shu tufayli uzoq muddatli demografik bashoratlarning aniqlik darajasi nisbatan pastroq bo’lishi mumkin.
Demografik bashorat o’z tarixiga egadir. Bu boradagi eng dastlabki harakatlar qadimgi Rim va Gretsiyada kuzatilgan. Ilmiy asoslangan birinchi demografik bashoratlar 17 asrning oxiri 18 asrning boshlarida L. Eyper, T Maltus, Pirla-Pida lar tomonidan yaratilgan.
20 asrning 20 yillaridan boshlab aholi o’sishining asosiy komponentlari, tug’ilish, o’lim jarayonlaridagi o’zgarishlarni hisobga olgan xolda, takomillashgan uslublar yordamida demografik bashoratlar hisoblana boshlandi. Ana shu yillarda Fransiya, Germaniya, Italiya, Daniya davlatlari aholisining kelajakdagi miqdori demografik bashoratlar orqali, aniqlandi.
1921 yil E.M. Tarsov, S.G. Struminlar 1921-1941 yillar uchun Rossiya aholisining demografik istiqbolini ishlab chiqdilar. A.S.Novoselskiy, B.B Poevskiy, M.B. Ptux, Yu.A.Korchak-Chepurkovskiy, A.P.Komnko, B.Babaninlar tomonidan ham demografik bashoratlar ishlab chiqilgan. Demografik bashoratning uslublari esa Rossiyalik aholishunos olimlar A.Ya. Boyarskiy, B.Ts. Urlanis, V A. Borisov ishlarida keng o’rin olgan. O’zbekistonda demografik bashoratni ishlab chiqish asosan 1960 yillardan boshlanadi. Respublikada dastlabki demografik bashoratlar aholishunos olim M.K.Qoraxonov rahbarligida 1962-1980 yillarda ishlab chiqilgan. Keyinchalik Respublikada Mullajonov, Ubaydullaeva, Ali-Qoriev, Bo’rieva, Maksakova va boshqalar har tomonlama mukammal bashoratlarning ishlab chiqishdi.
Demografik bashoratda mehnat yoshidagi aholini yosh-jinsiy, ma’lumot, kasb-malakasi bo’yicha kelajak tarkibini aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, ana shu bashorat asosida har bir davlat va uning hududlarida kelajakdagi mehnat resurslari balansi ishlab chiqiladi.
Aholining oilaviy tarkibini bashorat etish ham muhim demografik tadqiqotdir. Chunki oila juda ko’p mahsulotlarning iste’molchisi hisoblanadi. Kelajakda oilaning tarkibi qanday bo’ladi, aholining necha foizi yolg’iz yashaydi, necha foizi oddiy oilalalarda, necha foizi 2-3 avlod vakillari yashovchi murakkab oilalarda istiqomat etadilar. Yosh oilalar salmog’i qanday bo’ladi? Ana shu savollarga oila tarkibini bashorat etish orqali javob beriladi hamda shu bashorat asosida aholiga turar joy yashash uchun kerak bo’lgan barcha mahsulotlar ishlab chiqish rejalashtiriladi.


Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish