Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari



Download 1,67 Mb.
bet56/86
Sana28.03.2023
Hajmi1,67 Mb.
#922280
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   86
Bog'liq
portal.guldu.uz-AHOLI GEOGRAFIYASI VA DEMOGRAFIYA ASOSLARI

10. Koysan oilasi: Bushmenlar, gottentotlar, sandave, xatsa.
11. Xitoy (Sin) -tibet oilasi: 1. Tibet-barman guruhi: tibetliklar, ladakvi, balti va boshqalar. Nevarlar, kanaurlar, laxuli va boshqalar. Himolay xalqlari, baro-bodo xalqlari, birmaliklar, itszu, kuki-ginlar, kaga, karenlar va boshqalar.
12. Paratay: Tay guruhi : Siamliklar, lao, chjuanlar, shanilar va boshqalar.
13. Avstroosiyo oilasi: 1. Vetnam guruhi: vetnamliklar. 2. Mon-kxmer guruhi: kxmerlar, monilar. 3. Munda guruhi: Santallar, mundaliklar va boshqalar. 4. Myao-yao guruhi: Myao, yao.
14. Avstraliya (Avstroneziya) oilasi: Yavaliklar, sundilar, madurlar va boshqa indoneziya xalqlari, malaytslar, maleyzan va chamilar. Tagallar, visayya, iloki va boshqa fillipin xalqlari, gaoshan, malgashlar, gavayaliklar, taitiyaliklar, maorlar, samoaliklar, tongaliklar va boshqa polineziya xalqlari. Fidjiliklar va boshqa melaneziyalik xalqlar. Mikroneziyaliklar, andamanlar. Papuasxalqlari, avstraliyaliklar (aborigen xalqlar), hind xalqlari. Kechua, aymera, mayya va boshqalar.
Xalqlarning rivojlanishi tarixiy – ijtimoiy hodisadir. Har bir xalq (etnos) o’z shakllanish tarixida bir qancha bosqichlarni bosib o’tgan. Etnik jarayonlar turli xalqlarning tarixida alohida o’rin egallaydi. Masalan: o’zbek millatining shakllanishi tarixini ayni bir davrdan boshlab bo’lmaydi, chunki hozirgi O’zbekiston hududida ming yillar davomida til, turmush tarzi, urf-odati va hatto dini jihatidan farq qiluvchi etnoslar va qabilalarning assimilyatsiya jarayoni kechgan.
Turli bosqinchilik urushlari bu jarayonni tezlashtirdi va rang-baranglik baxsh etdi. Bu jarayonda qadimgi davrda saklar, massagetlar, so’g’dlar, yunon-makedoniyaliklar, eron xalqlari, o’rta asrlarda qoraxitoylar, arablar, qipchoqlar, mo’g’ullar faol qatnashganlar (14-jadval).


14-jadval. Dunyoda eng ko’p tarqalgan xalqlar va tillar (2012 yil)



Dunyodagi eng yirik xalqlar

Soni
(mln kishi)

Dunyodagi eng ko’p tarqalgan tillar

Shu tilda so’zlashuvchi aholi (mln kishi)

Aholisi eng ko’p davlatlar

Soni
(mln kishi)

1

Xitoylar

1100

Xitoy

1100

Xitoy

1358

2

Hindistonliklar

220

ingliz

350

Hindiston

1268

3

Amerikaliklar

190

ispan

250

AQSh

318

4

Bengallar

180

arab

220

Indoneziya

246

5

Ruslar

150

hindi

200

Braziliya

205

6

Braziliyaliklar

140

bengal

160

Rossiya

145

7

Yaponlar

125

portugal

160

Pokiston

181

8

Panjobliklar

90

rus

150

Yaponiya

125

9

Bixarliklar

90

yapon

125

Bangladesh

154

10

Meksikaliklar

85

nemis

90

Nigeriya

167

Hozirgi paytda dunyoda 3-4 ming turli etnoslar mavjud bo’lib, ularga mansub kishilar soni bir necha o’ntadan yuz milliongacha boradi. Ayni vaqtda soni 100 mlndan ko’p bo’lgan 10 ta xalqni ajratib ko’rsatish mumkin. Ular er yuzi aholisining 50% ini tashkil etadi.


Til millatlarning farqini bildiruvchi asosiy omildir. Dunyo xalqlarida tilning shakllanishi tabiiy-geografik sharoit, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar kabi omillar ta’sirida kechadi. Kishilik jamiyatining birlamchi so’zlashuv tili qabilalar shakllangan davrlarda rivojlana boshlagan. Bunday til lug’ati juda kambag’al, grammatik jihatdan tizimlashmagan bo’lgan. Ibtidoiy qabilalarning hududiy ajralishi va dunyo bo’ylab tarqalishi yangi tillarning paydo bo’lishi va rivojlanishini kuchaytirdi. Tilning shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi geografik – tabiiy sharoit omili haqida juda qiziqarli fikrlar bildirilgan.
Masalan shimol xalqlarining undosh tovushlarni juft talaffuz qilishini iqlimning sovuqligi bilan izohlaydilar. Xalqlarning iqtisodiy ijtimoiy taraqqiyoti turli omillar ta’sirida har-xil kechganligi tillarning rivojlanishiga ham ta’sir ko’rsatgan. Shuning uchun bugungi kunda dunyoda bir necha o’nlab kishilar so’zlashuvchi, yozuvsiz qabila tillari ham, bir necha millatlarga tegishli millionlab kishilar foydalanadigan, boy adabiyotga ega jahon tillari ham mavjud.
Ayni vaqtda dunyoda mavjud tillarning soni 3 ming atrofida deb hisoblanadi. Ammo ularning aniq miqdorini ko’rsatish mumkin emas, chunki juda ko’plab xalqlarning tillari to’liq o’rganib chiqilmagan va ularning qaysi til guruhiga mansubligi aniqlanmagan. Bunda til va lahja tushunchalarinig ba’zan chalkashish holatlari ham ko’p uchraydi.
Shunga qaramay dunyodagi tillarning klassifikasiyasi birmuncha o’rganib chiqilgan, aytish mumkinki, dunyoda keng ishlatiladigan, shuningdek muayyan millatlar tillarining kelib chiqishi, mansublik holati aniqlangan. Shunga ko’ra dunyo aholisining milliy tarkibi xalqlarning qaysi til oilalari va til guruhlariga tegishli ekanligi bilan ifodalanadi. Imkon doirasida, soddaroq tarzda dunyo xalqlari geografiyasiga e’tibor bersak (15-jadval).



Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish