8- jadval. 1989-2012 yillarda Markaziy Osiyo aholi soni ko’rsatkichlari (mln. kishi).
Mamlakatlar
|
1989
|
1994
|
2012
|
2012 yilda 1989 yilga nisbatan
|
Qozog’iston
|
16,5
|
16,9
|
16,6
|
0,1
|
Qirg’iziston
|
4,3
|
4,5
|
5,6
|
1,3
|
Tojikiston
|
5,1
|
5,7
|
7,1
|
2,0
|
Turkmaniston
|
3,5
|
4,3
|
5,2
|
1,7
|
O’zbekiston
|
19,9
|
22,2
|
29,5
|
9,6
|
Orol dengizining qurishi bilan bir vaqtda, daryo suvining va u bilan bog’liq holda er osti suvlarining ham ifloslanishi ro’y bermoqda. Shu tariqa, O’zbekistondagi demografik jarayonlarning rivojlanishida ekologik shart-sharoitlar, ayniqsa, ekologik muammolar ichida suv ta’minoti muhim o’rin tutadi.
Olimlarning hisob kitoblariga ko’ra, er yuzasidagi mavjud chuchuk suvlar va foydalanish mumkin bo’lgan er osti suvlari 60 milliarddan ortiq aholining ehtiyojini qondirish uchun etadi (faqat ichish emas, sanoat va qishloq xo’jaligi ham hisobga olinganda). BMT demograflarining taxminicha, Er shari aholisi 12-14 milliard kishi atrofida barqarorlashishi ehtimoli bor. Hozir O’zbekistonda olinadigan chuchuk suvning 92 foizi qishloq xo’jaligida, 6 foizi sanoatda, 0,5 foizi komunal xo’jalikda ishlatiladi, 1,5 foizi esa bug’lanib ketadi. Shunday ekan, aholisining aksariyat qismi qishloq xo’jaligida band bo’lgan aholi manzilgohlarida chuchuk suvning ahamiyati kishilar turmush tarzini belgilovchi eng muhim vosita sifatida maydonga chiqadi.
Keyingi yillarda, qishloq xo’jaligida suvdan tejamkorlik bilan foydalanishga e’tibor qaratilmoqda. Biroq, bu boradagi ishlarni hamon talab darajasida deb bo’lmaydi. Ayniqsa, bu bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi paydo bo’lgan xo’jalik sub’ektlari (fermer xo’jaliklari) oldidagi muhim muammodir. Shu bois, qishloq xo’jaligida suvni tejab foydalanishni ko’zda tutgan loyihalar va dasturlar ko’lami va ularning amaliyotdagi joriy etilishiga jiddiy e’tibor qaratishni taqozo etadi.
Qishloq xo’jaligi va qishloq aholi maskanlari uchun yana bir dolzarb muammo, bu elektr energiyasi ta’minotidir. Biz bugungi kunda mamlakatning eng chekka hududlariga kichik korxonalarning kirib borishi, fermer xo’jaliklari ixcham kichik uskunalar yordamida o’zlari etishtirgan mahsulotlarni qayta ishlashlari to’g’risida ko’pgina ilmiy ishlarimizda e’tirof etamiz.
Ammo, elektr energiyasiz uni amalga oshirish muammoligicha qolib kelmoqda. Elektr quvvatiga ehtiyojni ta’minlash muammosi bugungi kunda ko’plab mamlakatlar va hatto, rivojlangan davlatlarga ham xos, biroq, ularning ko’pchiligida energiya ishlab chiqarishning muqobil usullari ancha yaxshi yo’lga qo’yilgan. Yaponiyaning 60-70 yillardagi yutug’i ham mamlakatda energiya inqilobini amalga oshirganligi bilan bog’liq bo’lgan.
Jumladan, O’zbekistonda «Bekobod shamoli»ning yil davomida esishi yoki mamlakatning janubiy mintaqasidagi quyoshli kunlarning davomiyligini e’tiborga olganda, bu uzoq vaqt orzuligicha qolmasligi lozim. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan xorij kompaniyalarining manfaatlari doimo bizga mos kelavermaydi.
Chunki, ular hech qachon bizga hozirgi kundagi do’konlardagi narxi 1 mln. so’mgacha yoki undan ortiq bo’lgan uyali telefon o’rniga quyosh batareykalarini taklif etmaydi. Shunday ekan, mazkur muammolarni bartaraf etish uchun jonkuyarlik o’z mutaxassislarimiz va tadbirkorlarimiz zimmasida qolaveradi. Bu kabi muammolar avvalam bor, milliy qo’shni davlatlarda ham mavjudligini e’tiborga olganda mintaqaviy ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |