Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


-jadval. Dunyodagi aholisi eng tez o’suvchi davlatlar



Download 1,67 Mb.
bet28/86
Sana28.03.2023
Hajmi1,67 Mb.
#922280
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   86
Bog'liq
portal.guldu.uz-AHOLI GEOGRAFIYASI VA DEMOGRAFIYA ASOSLARI

7-jadval. Dunyodagi aholisi eng tez o’suvchi davlatlar

Mamlakatlar

Aholisi kishi, 2012 yil

Aholi (mln.kishi, 2050 yil, bashorat)

Hindiston
Xitoy
Pokiston
Indoneziya
Nigeriya
AQSh
Braziliya
Bangladesh
Meksika

1268803043
1358500143
181364001
246644410
167659089
318177533
190256710
205716890
116879841

1529
1478
345
312
244
349
244
212
141

Yuqorida aholining takror barpo qilinishi jarayonini asosi bilan tanishib chiqdik. Hozirgi paytda Er shari aholisiga har yili 80-85 mln kishi qo’shilmoqda yoki yiliga 2 % o’smoqda. Dunyo aholisining bunday tez o’sishi hech qachon kuzatilmagan. Hozirgi paytda dunyo aholisi yillik tabiiy o’sishining 80 % rivojlanayotgan mamlakatlarga to’g’ri keladi.


2.4. Ekologik omilning demografik jarayonlarga ta’siri

Agar, 20 asrda demografik jarayonlarning faollashuviga jahon urushlari va asr oxiridagi geosiyosiy jarayonlar o’z ta’sirini ko’rsatgan bo’lsa, 21 asrga kelib, dunyoning turli mintaqalarida turli ko’rinishdagi tabiiy ofatlarning ortib borishi bilan bog’liq bo’lishi dunyo olimlari tomonidan bashorat qilinmoqda.


Rus olimlari V.L. Kotelnikov va Yu.G. Saushkinlar ta’kidlashicha, «Aholi tabiat qonunlaridan foydalangan holda yashaydi, mehnat qiladi, dam oladi va davolanadi. Fan bu qonuniyatlarni o’zlashtirish uchun juda ko’p ishlarni amalga oshirdi. Biroq, geografik muhitdagi o’zgartirilgan va o’zgartiriladigan tabiat qonunlarining barcha jihatlari to’liq o’rganilmagan». Olimlarning fikricha, geografik muhitning jamiyat tomonidan o’zgartirilishi doimo quyidagi maqsadlardan kelib chiqadi:
a) ehtiyoj mahsulotlarini ishlab chiqarishning kengayishi;
b) inson hayotida bevosita ahamiyatga ega bo’lgan aholi manzilgohlarining kengayishi;
v) inson mehnati va yashash sharoitlarini yaxshilash;
g) kasalliklarga qarshi kurash, kishilar salomatligini yaxshilash;
d) insoniyatning dam olishi va davolanishi kabi maqsadlar.
Geografiya tarixida, ya’ni 17 asrning boshlariga qadar Shimoliy Amerika tabiati mutlaqo o’zgartirilmagan, Missisipi daryosi qirg’oqlari bo’ylab butun AQSh ning sharqi va Kanadaning janubi-sharqiy kengliklari qalin o’rmonlar bilan qoplangan bo’lgan. Aksariyat qismi Evropadan borgan kishilar (yirik er egalari) tomonidan o’rmonlarning kesilishi bugunga qadar, ya’ni 200-250 yil davom etdi. Natijada, ajoyib tabiat me’yori hukm surgan bu hududda mutlaqo o’zgacha manzara kasb etgan sanoat mintaqasi paydo bo’ldi.
1908 yilda tabiiy resurslarni muhofaza qilishga bag’ishlab o’tkazilgan konferensiyada T.Ruzvelt shunday degan:-«Biz tabiiy resurslardan keng foydalanishimiz natijasida boyidik va o’zimizni yutuqlarimizdan minnatdor va mag’rur tutamiz. Biroq, o’rmonlarning yo’qolib ketishi, ko’mir, neft, va temir rudalari zahiralari tugaganidan keyin, qanday holatga tushishimiz to’g’risida o’ylashga hozir vaqt etdi!». Albatta, T.Ruzvelt o’z e’tirofida bugungi kundagi iqlim o’zgarishlari oqibatida AQSh da bo’layotgan tabiiy ofatlarni nazarda tutmagan. Demak, demografik jarayonlarning tabiatga sezilarli ta’sir etishi to’g’risidagi tushunchalar 20 asr boshlaridayoq jamoatchilik diqqatida bo’lgan.
Shu bois, bugungi kundagi iqlim o’zgarishi oqibatida yuzaga kelayotgan tabiiy ofatlarning paydo bo’lishini «bumerang» ga o’xshatish mumkin, ya’ni, tabiat o’z aks ta’sirini ko’rsatmoqda. Buni «Orol muammosi» misolida ham ko’rish mumkin. Oxirgi 40 yil davomida Orol dengizi sathi 20-21 metrgacha tushib ketdi va dengizning qurib qolgan maydoni esa, 3 mln. gektardan ko’proqni tashkil etadi va uning deyarli yarmi O’zbekiston hududiga to’g’ri keladi. Orol tubidan ochilib qolgan va har yili 100 mln. tonnadan ortiq tuz qishloq xo’jaligi erlariga yoyilib, hududdagi har gektar erga kelib tushadigan tuzlar miqdori 520-600 kg.ni tashkil etmoqda.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda Surxon-Sherobod vohasi, Qarshi dashtlari, Mirzacho’lni o’zlashtirish uchun minglab, oilalar o’zlashtirilishi lozim bo’lgan hududlarga ko’chirilgan. Masalan, 1949 yil 20 iyunda 6615 xo’jalik oilalari ko’chirilgan. Jumladan, Mirzacho’lga 3337 ta oila, Sirdaryoga 3278 oila ko’chirilgan. Bu davrda yuzlab jamoa xo’jaliklari tashkil etilib, qo’riq erlar o’zlashtirildi. O’nlab sug’orish inshootlari qurildi. Natijada, suv sarfi ham bir necha o’n martaga ortdi.
Orol sathi pasaya borib, Mo’ynoq va boshqa aholi manzilgohlarida aholi sezilarli darajada kamaydi. So’nggi yillarda atrof muhitning kompleks omillari ta’sirida aholi salomatligi bilan bog’liq ba’zi salbiy holatlarning intensiv o’sishi kuzatiladi. Bular cho’llashuv jarayonining faollashuvi chuchuk suvlar tanqisligi tabiat ekotizimlarining nafaqat degradatsiyasi, balki aholining tabiiy o’sishiga ham ta’sir ko’rsatmoqda. Bu kabi holatni fojeali hududning Qozog’istonga tegishli qismida ham kuzatish mumkin. Biroq, O’zbekistonda Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga nisbatan aholisi o’sishda davom etmoqda (8-jadval).
Keyingi yillarda Orol ekologik inqirozi hududi (Qoraqalpog’iston Respublikasi, Qozog’iston, shundan Qizil O’rda va Oktyubinskiy viloyatlari) dan 75 ming kishi har yili ko’chib ketishgan. Orolning qurishi natijasida Orol atrofida qish 1,5-2,5 gradusga sovidi, yoz kunlarining harorati esa 1,5-2,5 gradusga isidi. O’simliklarning vegetatsiya davri esa 10-15 kunga qisqardi.
Orol bo’yidagi o’nlab-yuzlab ko’llar va havzalar quridi. Ushbu ko’llar atrofida hayvonlar boqilardi, baliq urchitilardi, ondatra, nutriya, qutb tulkilari ko’paytirilardi. Amudaryo deltasida 800 ming gektar er maydonidagi to’qayzorlar va qamishzorlarga putur etdi, ular yo’q bo’lish arafasida. 200 turga yaqin o’simlik va hayvonlarning turlari yo’q bo’ldi. Tuproqning gumus qatlami 2-3 martaga kamayib ketdi.



Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish