usullari
2.2. Tajriba-sinov natijalari
XULOSA VA METODIK TAVSIYALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISh
Mavzuning dolbzarligi. Respublikamiz mustaqilligi mustahkamlanayotgan
davr ichida ta’lim tizimida bir muncha tub o’zgarishlar bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1997 yil 29
avgustda qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida» gi qonun talablari dadillik bilan
hayotga joriy etilayotir. Maktab oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli ijro
etish o’quvchilarning ilmiy, nazariy jihatdan puxta qurollangan bo’lishlarini talab
etadi. Hozirgi kunda o’quvchilarga har tomonlama bilim berishda o’qituvchi
oldiga katta mas’uliyat yuklanadi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari zimmasiga
3
ta’lim samaradorligini oshirish, ilg’or pedagogik texnologiyalar, o’qitishning
interfaol metodlarini o’zlashtirish va o’quv-tarbiya jarayoniga tadbiq etish vazifasi
qo’yilgan.
Boshlang’ich ta’limni isloh qilish, o’quvchilarni kichik yoshdan boshlab
mustaqil va ijodiy fikrlashga o’rgatish shart-sharoitlarini yaratish o’qituvchidan
zamonaviy o’qitish texnologiyasi asoslarini bilishni, ularni amalda qo’llay olishni
talab etadi.
Ayniqsa, o’quvchilarni barkamol shaxs qilib tarbiyalashda lug’atlarini
boyitish. Nutqini boyitish va erkin fikrlashga o’rgatish eng asosiy vazifalardan
biridir.
Xar qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan o’zaro bog’lagan mazmunga
mos so’z va so’z birikmalarining ma’lum izchillikda joylashtirilishidan tuziladi.
Kishining lug’ati qanchalik boy va rivojlangan bo’lsa, uning nutqi ham shunalik
boy bo’ladi va o’z fikrini aniq va ifodali bayon etishga keng imkoniyat yaratiladi.
Boshlang’ich ta’limda o’qituvchi ona tili va o’qish darslarida lug’at ustida
ishlash usuli to’rt asosiy yo’nalishni ko’zda tutadi.
1. O’quvchilar lug’atini boyitish, ya’ni yangi so’zlarni, shuningdek bolalar
lug’atida bo’lgan ayrim so’zlarning yangi ma’nolarini o’zlashtirish ona tilining
lug’at boyligini bilib olish uchun o’quvchi o’z lug’atiga har kuni 8-10 tayangi
so’zni ona tili darslarida 4-6 ta so’zni qo’shishi, ya’ni shu so’zlar ma’nosini
o’zlashtirishi lozim. Masalan: tayyoragoh, milliy, mustaqil, xuquq.
2. O’quvchilar lug’atiga aniqlik kiritish. Bu o’z ichiga quyidagilarni oladi:
- o’quvchi puxta o’zlashtirmagan so’zlarning ma’nosini to’liq o’zlashtirishi;
- ko’p ma’noli so’zlarni o’zlashtirish;
- sinonimlarni o’zlashtirish;
- frazelogik birikmalarning ma’nosini o’zlashtirish.
3. Lug’atni faollashtirish.
4. Adabiy til.
Ona tili va o’qish darslarida lug’at bilan ishlash o’quvchilarni to’g’ri
yozishga, kuzatuvchanlikni tarbiyalashda, ularning nutqiy madaniyatini, fikrlash
4
qobiliyatini o’stirishda, o’quvchilarni savodli yozish malakalarini o’stirishda
yordam beradi. Shu bois tadqiqot ishimizni «Boshlang’ich sinf ona tili va o’qish
darslarida lug’at ustida ishlash» deb nomladik.
Tadqiqotning predmeti - boshang’ich sinf ona tili va o’qish darslarida
lug’at ishi jarayoni.
Tadqiqotning maqsadi – boshlang’ich sinf ona tili va o’qish darslarida
lug’at ishi o’rgatish usullarining og’zaki samarali vosita va usullarini aniqlash.
Tadqiqotning ob’ekti – boshlang’ich sinf ona tili va o’qish darslarida
o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish.
Tadqiqotning vazifalari:
1.
Ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish va amaliyotga joriy etish.
2.
Darslarni tahlil qilish.
3.
Muammoning pedagogik-metodik jihatlarini tavsiflash.
4.
Lug’at usulida o’rganish orqali ona tili va o’qish darslarini
samaradorligini oshirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash, eng
qulay samarali shakl va usullarini ishlab chiqish.
O’quvchilar lug’ati quyidagi manbalar asosida boyitiladi.
Atrofni o’rab olgan muhitni, tabiatni, kishilarning hayoti va mehnat
faoliyati, bolalarning o’yini va o’qish faoliyatini, kattalar bilan munosabatini
kuzatish. Tabiatga, qurilishga, muassasalarga sayohat vaqtida bolalar predmet va
xodisalarni kuzatish bilan ko’pgina yangi nom va iboralarni o’rganadilar.
Sayohatlar yuzasidan o’tkazilgan suhbat vaqtida ularning bilimini va fikrlashi
chuqurlashtiriladi. Ayrim so’zlar ma’nosiga aniqlik kiritiladi.
O’quvchilar lug’atini boyitishda ona tili bilan birgalikda o’qish darslari ham
ya’ni badiiy adabiyotni o’rganish hisoblanadi.
Maxsus mashqlar yordamida grammatika va orfografiya o’rganish darslari
so’z va terminlarni o’zlashtirishga yordam beradi, bolalar predmet, belgi, harakat,
sanoq, tartib ifodalaydigan so’zlarni bilib oladilar, bu darslarda o’quvchilar
lug’atlarni tartibga soladilar, so’z turkumlarini o’rganish jarayonida guruhlanadi,
so’z tartibi, so’z yasalishi so’zlarning o’zgarishini o’rganish bilan lug’atga aniqlik
5
kiritiladi, ular o’rgangan so’zlardan o’z nutqlarida foydalana boshlaydilar, natijada
lug’atlari faollashadi. O’quvchilar lug’ati maxsus lug’aviy mantiqiy mashqlar
yordamida ham boyiydi.
Demak, ona tili va o’qish darslarida o’quvchilarning lug’atini boyitishda
quyidagi usullarga e’tibor berishimiz lozim.
1. Ona tili va o’qish darslarida o’quvchilarning lug’atini boyitish.
2. So’z ma’nosini tushuntirish.
3. Imlo lug’atidan foydalanish.
4. O’quvchilar lug’atiga aniqlik kiritish.
5. Lug’at o’rganishni faollashtirish.
6. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so’zlarni o’quvchilarning faol lug’atidan
sust lug’atga o’tkazish.
7. O’quvchilarga omonim, sinonim, antonimlarni tushuntirish.
Boshlang’ich ta’limini lug’atsiz, so’z boyligisiz, umuman tasavvur etib
bo’lmaydi. Shuning uchun doimo o’qituvchi darslarda o’qitish jarayonida lug’at
ustida ish olib borishi lozim.
Bitiruv malakaviy ishimiz o’z turkumiga ko’ra quyidagi tarkibiy qismlardan
iborat: kirish, ikki bob, uning to’rtta tarkibiy qismi, xulosa va metodik tavsiyalar,
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
I. BOB. BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI VA O’QISH DARSLARIDA
LUG’AT USTIDA
ISHLASHNING NAZARIY-PEDAGOGIK ASOSLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |