Guliston davlat universiteti


usullari      2.2.  Tajriba-sinov natijalari



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/41
Sana25.07.2021
Hajmi0,54 Mb.
#128539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
boshlangich sinf ona tili va oqish darslarida lugat ustida ishlash

usullari 

    2.2.  Tajriba-sinov natijalari  

 

XULOSA  VA  METODIK TAVSIYALAR  



 

FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR  

 

 

 



 

KIRISh 

 

Mavzuning  dolbzarligi.  Respublikamiz  mustaqilligi  mustahkamlanayotgan 

davr ichida ta’lim tizimida bir muncha tub o’zgarishlar bo’ldi. 

 

O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashi  tomonidan  1997  yil  29 



avgustda  qabul  qilingan  «Ta’lim  to’g’risida»  gi  qonun  talablari  dadillik  bilan 

hayotga  joriy  etilayotir.  Maktab  oldiga  qo’yilgan  vazifalarni  muvaffaqiyatli  ijro 

etish  o’quvchilarning  ilmiy,  nazariy  jihatdan  puxta  qurollangan  bo’lishlarini  talab 

etadi. Hozirgi  kunda  o’quvchilarga  har  tomonlama  bilim  berishda  o’qituvchi 

oldiga  katta  mas’uliyat  yuklanadi.  Boshlang’ich  sinf  o’qituvchilari  zimmasiga 



 

 

  



ta’lim  samaradorligini  oshirish,  ilg’or  pedagogik  texnologiyalar,  o’qitishning 

interfaol metodlarini o’zlashtirish va o’quv-tarbiya jarayoniga tadbiq etish vazifasi 

qo’yilgan.  

Boshlang’ich  ta’limni  isloh  qilish,  o’quvchilarni  kichik  yoshdan  boshlab 

mustaqil  va  ijodiy  fikrlashga  o’rgatish  shart-sharoitlarini  yaratish  o’qituvchidan 

zamonaviy  o’qitish texnologiyasi  asoslarini  bilishni,  ularni  amalda qo’llay  olishni  

talab etadi. 

 

Ayniqsa,  o’quvchilarni  barkamol  shaxs  qilib  tarbiyalashda  lug’atlarini 



boyitish.  Nutqini  boyitish  va  erkin  fikrlashga  o’rgatish  eng  asosiy  vazifalardan 

biridir. 

 

Xar  qanday  nutqiy  bayon  grammatik  jihatdan  o’zaro  bog’lagan  mazmunga 



mos  so’z  va  so’z  birikmalarining  ma’lum  izchillikda  joylashtirilishidan  tuziladi. 

Kishining  lug’ati  qanchalik  boy  va  rivojlangan  bo’lsa,  uning  nutqi  ham  shunalik 

boy bo’ladi va o’z fikrini aniq va ifodali bayon etishga keng imkoniyat yaratiladi. 

 

Boshlang’ich  ta’limda  o’qituvchi  ona  tili  va  o’qish  darslarida  lug’at  ustida 



ishlash usuli to’rt asosiy yo’nalishni ko’zda tutadi. 

1.  O’quvchilar  lug’atini  boyitish,  ya’ni  yangi  so’zlarni,  shuningdek  bolalar 

lug’atida  bo’lgan  ayrim  so’zlarning  yangi  ma’nolarini  o’zlashtirish  ona  tilining 

lug’at  boyligini  bilib  olish  uchun  o’quvchi  o’z  lug’atiga  har  kuni  8-10  tayangi 

so’zni  ona  tili  darslarida  4-6  ta  so’zni  qo’shishi,  ya’ni  shu  so’zlar  ma’nosini 

o’zlashtirishi lozim. Masalan: tayyoragoh, milliy, mustaqil, xuquq. 

2. O’quvchilar lug’atiga aniqlik kiritish. Bu o’z ichiga quyidagilarni oladi:  

- o’quvchi puxta o’zlashtirmagan so’zlarning ma’nosini to’liq o’zlashtirishi; 

- ko’p ma’noli so’zlarni o’zlashtirish; 

- sinonimlarni o’zlashtirish; 

- frazelogik birikmalarning ma’nosini o’zlashtirish. 

 

3. Lug’atni faollashtirish. 



 

4. Adabiy til. 

Ona  tili  va  o’qish  darslarida  lug’at  bilan  ishlash  o’quvchilarni  to’g’ri 

yozishga,  kuzatuvchanlikni  tarbiyalashda,  ularning  nutqiy  madaniyatini,  fikrlash 




 

 

  



qobiliyatini  o’stirishda,  o’quvchilarni  savodli  yozish  malakalarini  o’stirishda 

yordam  beradi.  Shu  bois  tadqiqot  ishimizni  «Boshlang’ich  sinf  ona  tili  va  o’qish 

darslarida lug’at ustida ishlash» deb nomladik. 

 

Tadqiqotning    predmeti  -    boshang’ich  sinf  ona  tili  va  o’qish  darslarida 



lug’at ishi jarayoni. 

 

Tadqiqotning  maqsadi  –  boshlang’ich  sinf  ona  tili  va  o’qish  darslarida 



lug’at ishi o’rgatish usullarining og’zaki samarali vosita va usullarini aniqlash. 

 

Tadqiqotning  ob’ekti  –  boshlang’ich  sinf  ona  tili  va  o’qish  darslarida 



o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish. 

 

Tadqiqotning vazifalari: 



1. 

Ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish va amaliyotga joriy etish. 

2. 

Darslarni tahlil qilish. 



3. 

Muammoning pedagogik-metodik jihatlarini tavsiflash. 

4. 

Lug’at  usulida  o’rganish  orqali  ona  tili  va  o’qish  darslarini 



samaradorligini  oshirishning  pedagogik  shart-sharoitlarini  aniqlash,  eng 

qulay samarali shakl va usullarini ishlab chiqish. 

 

O’quvchilar lug’ati quyidagi manbalar asosida boyitiladi. 



 

Atrofni  o’rab  olgan  muhitni,  tabiatni,  kishilarning  hayoti  va  mehnat 

faoliyati,  bolalarning  o’yini  va  o’qish  faoliyatini,  kattalar  bilan  munosabatini 

kuzatish.  Tabiatga,  qurilishga,  muassasalarga  sayohat  vaqtida  bolalar  predmet  va 

xodisalarni  kuzatish  bilan  ko’pgina  yangi  nom  va  iboralarni  o’rganadilar. 

Sayohatlar  yuzasidan  o’tkazilgan  suhbat  vaqtida  ularning  bilimini  va  fikrlashi 

chuqurlashtiriladi. Ayrim so’zlar ma’nosiga aniqlik kiritiladi. 

 

O’quvchilar lug’atini boyitishda ona tili bilan birgalikda o’qish darslari ham 



ya’ni badiiy adabiyotni o’rganish hisoblanadi. 

 

Maxsus  mashqlar  yordamida  grammatika  va  orfografiya  o’rganish  darslari 



so’z va terminlarni o’zlashtirishga yordam beradi, bolalar predmet, belgi, harakat, 

sanoq,  tartib  ifodalaydigan  so’zlarni  bilib  oladilar,  bu  darslarda  o’quvchilar 

lug’atlarni  tartibga  soladilar,  so’z  turkumlarini  o’rganish  jarayonida  guruhlanadi, 

so’z tartibi, so’z yasalishi so’zlarning o’zgarishini o’rganish bilan lug’atga aniqlik 




 

 

  



kiritiladi, ular o’rgangan so’zlardan o’z nutqlarida foydalana boshlaydilar, natijada 

lug’atlari  faollashadi.  O’quvchilar  lug’ati  maxsus  lug’aviy  mantiqiy  mashqlar 

yordamida ham boyiydi. 

 

Demak,  ona  tili  va  o’qish  darslarida  o’quvchilarning  lug’atini  boyitishda 



quyidagi usullarga e’tibor berishimiz lozim. 

 

1. Ona tili va o’qish darslarida o’quvchilarning lug’atini boyitish. 



 

2. So’z ma’nosini tushuntirish. 

 

3. Imlo lug’atidan foydalanish. 



 

4. O’quvchilar lug’atiga aniqlik kiritish. 

 

5. Lug’at o’rganishni faollashtirish. 



 

6.  Adabiy  tilda  ishlatilmaydigan  so’zlarni  o’quvchilarning  faol  lug’atidan 

sust lug’atga o’tkazish. 

 

7. O’quvchilarga omonim, sinonim, antonimlarni tushuntirish. 



 

Boshlang’ich  ta’limini  lug’atsiz,  so’z  boyligisiz,  umuman  tasavvur  etib 

bo’lmaydi.  Shuning  uchun  doimo  o’qituvchi  darslarda  o’qitish  jarayonida  lug’at 

ustida ish olib borishi lozim. 

 

Bitiruv malakaviy ishimiz o’z turkumiga ko’ra quyidagi tarkibiy qismlardan 



iborat: kirish, ikki bob, uning to’rtta tarkibiy  qismi, xulosa va metodik tavsiyalar, 

foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.  

 

 

I.  BOB.  BOSHLANG’ICH  SINF  ONA  TILI      VA    O’QISH  DARSLARIDA 



LUG’AT USTIDA  

             ISHLASHNING NAZARIY-PEDAGOGIK ASOSLARI 




Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish