126.0’simliklarda fenologik kuzatishlar olib borish.
Hosilni hisobga olish.
Tajriba bo’yicha xujjatlar va hisobot ishlari.
Hisobot va diplom ishlarini tayyorlash tartibi
Matematik statistikaning vazifalari.
131.Ishchi gipotezalarni tekshirishning statistik usuli.
Dispyersion tahlil.
Vegetatsion tajribalarning natijalarini dispyersion tahlil qilish.
Bir omilli va ko’p omilli dala tajribalarining natijalarini dispyersion tahlil qilish.
Korrelyatsiya, regressiya va kovariatsiya.
74
KALIT SO’ZLAR (GLOSSARIY)
O’simlikning xayot omillari - yorugTik, issiqlik, havo, suv va oziq elementlari
Fototsintez jarayoni - ildizi orqali suvni va xavodan karbonat angidritni o’zlashtirib yorig’lik ta’sirida hosilni shakllanishi.
Dehqonchilik qonunlari:
Sharoitlarning optimum, minimum va maksimum ta’sir etishi qonuni -
bir omilni bir xil miqdorda o’zgartirib, qolganlarini o’zgarishsiz qoldirganda kuzatilayotgan qo’shimcha hosil oldingi miqdoga qaraganda kamaygan hosil miqdori minimum holatiga tushguncha ko’paya boradi
Hayot omillarini birgalikda ta’sir etish qonuni - o’simlik uchun zarur bo’lgan har bir omilni eng katta samarasi o’simliklar boshqa xil omillar bilan to’liq ta’minlangandagina vujudga keladi
Hayot omillarning teng ahamiyatligi va birini-biri bilan almashtirib bo’lmaslik qonuni- bu issiqlikning o’rnini suv bosa olmasligi yoki aksincha kabi tushuncha bilan izoxlanadi
Tuproqdan olingan moddalarni qaytarish qonuni- o’simliklar hosili bilan tuproqlan oziq moddalarni oladi, ammo o’simliklar o’zlashtirgan oziq moddalardan bir qismigagina go’ng tarkibida tuproqqa qaytadi qolgan qismi mahsulot bilan chiqib etib tuproqqa qaytib tushmaydi. Shuning uchun erdan olingan moddalarni qaytarish lozim.
Kritik davr - agar o’simlik o’zini boshlang’ich davrida fosfor etishmasligida o’tkazsa, keyingi davrlardagi o’tishida fosfor bilan yaxshi ta’minlanganda ham yuqori hosil shakllantiraolmaydi.
Tuproq unumdorligi - o’simlikni suv va oziq elementlari bilan t.a.’min1a.sh xususiyati.
Tabiiy unumdorlik - tabiiy ravishda hosil bo’lgan unumdorlik.
Suniy unumdorlik - inson tomonidan yaratilgan unumdorlik
Potentsial unumdorlik - tuproqdagi oziq elementlarining umumiy miqdori
Foydali (Iqtisodiy) unumdorlik - o’simliklar o’zlashtira oladigan oziq elementlarining miqdori
Tuproq strukturasi - o’lchami va shakli jixatdan har xil bo’lgan kesakchalar
Makrostruktura - diametri 0,25 -10 mm bo’lgan kesakchalar
Megastruktura - diametri 10 mm dan ortiq bo’lgan kesakchalar
Mikrostruktura - diametri 0,25 - 0,01 dan kichik bo’lgan kesakchalar
Haydalma qatlam tuzilishi - tuproqning qattiq qismi va g’ovaklarining nisbati
Ang’iz qoldiqlari - bir ekinni ekishdan oldingi ekilgan ekinni ildiz qoldiqlari.
Kapillyar g’ovaklik - tuproqni o’lchami 2 mm dan kichik bo’lgan g’ovakliklari.
Nokapillyar g’ovaklik - tuproqning 2 mm dan katta bo’lgan g’ovakliklari
75
Tuproqning suv rejimi- tuproqqa suvning kelishi, harakatlanishi va chiqib ketishi
Tuproqdagi suvning shakllari - bug’simon suv, gidroskopik suv, parda suv, kapillyar suv, gravitatsion suv.
Transpyeratsiya - quroq modda hosil qilish uchun o’simlikni suvni o’zlashtirishi.
Tuproqning suv xossalari - suv o’tkazuvchanlik, suv ko’tarish xususiyati, nam sig’imi.
To’lik dala nam sig’imi - kapillyar va nokapillyar g’ovaklarda mavjud suvning qismi.
Dala nam sig’imi - kapillyar g’ovakliklarni to’ldirgan suvning qismi.
Tuproqning nam sig’imi - tuproqning ma’lum miqdorda o’ziga suv singdirish va ushlab turish qobiliyati
Havo rejimi - ma’lum vaqt ichida tuproqqa havo kirish va uning miqdori hamda tarkibining o’zgarishi
Havo sig’imi - tuproqning o’zida ma’lum miqdorda havo ushlab turish qobiliyati tushuniladi
Tuproqning issiqlik rejimi- tuproqqa issiqlikning kelishi, harakatlanishi va chiqib ketishini boshqarish
Mulcha - tuproq haroratini ajratilgan mahsulotlar - chirigan go’ng, ko’mir kukuni, qora qog’oz va plyonka
Tuproqning oziq rejimi- tuproqqa oziq elementlarining kelishi, harakatlanishi va chiqib ketishini boshqarish
Yaxob - qish chillasida yerga beriladigan suv
Begona o’tlar- insonlar tomanidan ekilmagan lekin madaniy o’simliklar orasida uchraydigan o’tlar
Begona o’tlarning biologik xususiyatlari - ser urug’liligi urug’larni uzoq yillarda saqlanishi va har xil vaqtda unib chiqishi
76
Qatqaloq - yog’ingarchilik tufayli tuproq ichiga havo kirmaslik Ekinlarni ekish usulari-qotorlab, keng va tor qatorlab, kvadrat uyalab va b.u.
Ekish me’yori - bir gektar erga ekiladigan urug’ning og’irlik miqdori Almashlab ekish- ekinlarni yil va dalalar bo’yicha navbatlab ekish Dehqonchilik tizimi - tashkiliy xo’jalik, agrotexnik, agrokimyoviy, agromeliorativ tadbirlar majmuasi.
Intensiv tizimi - fan va texnika yutuqlariga asoslangan tizim.
Ilmiy tadqiqot usullari: laboratoriya, vegetatsion, lizimetrik, vegetatsion- dala va dala tajribasi usullari.
Eksperiment, kuzatuvlar- Tajriba o’tkazish usuli
Dala tajribasi uslubiyatlarining asosiy elementlari: variantlar soni, takrorlashlar, bo’laklarning maydoni, shakli va yo’nalishi
Varianlarning joylashtirishning: standart, sistematik va rendomizatsiya usullari, lotin kvadrati usuli.
Tajriba eksperementini rejalashtirish: 1) eksperementni rejalashtirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |