1,Tuproq unumdorligi va uning turlari haqida nimalarni bilasiz?
2.Tuproq madaniyligi va uni yaxshilash usullari haqida gapiring?
3.Tuproq qanday usullarda madaniylashtiriladi ?
2. Tuproqning mexanik tarkibi va struktura holati bilan bevosita bog’liq boTgan agrofizik xossalari hamda unda kechadigan fizikaviy jarayonlar tuproqning suv, havo va issiqlik rejimlari, shuningdek o’simliklarning o’sib rivojlanishida juda katta ahamiyatga ega.
89
Tuproqning agrofizikaviy xossalari ko’plab omillar, jumladan, tuproqning qattiq, suyuq, gazsimon qismi va tirik fazalari tarkibi, ular nisbati va o’zaro ta’siri kabilar bilan bevosita bog’liqdir.
Tuproqning agrofizik xossalariga tuproqning solishtirma og’irligi, hajmiy og’irligi, haydalma qatlam tuzilishi, plastikligi, yopishqoqligi kabilar kiradi.
Ma’lum hajmdagi absolyut quruq tuproq qattiq qismi ogTrligmmg +40 haroratdagi xuddi Shunday hajmdagi suvning og’irligiga bo’lgan nisbatiga tuproqning solishtirma og’irligi deyiladi.
Tuproqning solishtirma og’irligi uning minyeralogik tarkibiga va chirindi miqdoriga bog’liq. Tuproq tarkibidagi minyerallarning solishtirma og’irligi 1,25-5,3 oralig’ida bo’lib, organik moddalarniki 1,80 atrofidadir.
Turli tipdagi tuproqlar va ularning ayrim genetik gorizontlarining solishtirma og’irligi bir xil bo’lmaydi. Umuman tuproqlarning o’rtacha solishtirma og’irligi 2,5-2,6 atrofida bo’ladi.
Tabiiy holatdagi absolyut quruq tuproq vazninig shunday hajmdagi suv
-5
og’irligiga nisbati tuproqning hajmiy og’irligi deyiladi va g sm da ifodalanadi. Hajmiy og’irlik tuproqning mexanikaviy va minyeralogik tarkibiga, chirindi modda miqdoriga, strukturasi, qovushmasi, shuningdek ishlanish darajasiga bog’liqdir.
Shuning uchun ham tuproqning hajmiy og’irligi tuproq tipi, turiga, qatlamlarning tarkibi va xususiyatlariga ko’ra 0,9 dan 1,8 gacha o’zgarib turadi; sug’oriladigan bo’z tuproqlarning hajmiy og’irligi o’rtacha 1,2-1,4, og’ir mexanik tarkibli botqoq tuproqlarda esa 1,7-1,9 atrofida bo’ladi.
Haydalma qatlam tuzilishi va uning ahamiyati. Tuproqning qattiq qismi hajmining ular orasidagi kapilyar va nokapilyar kovakliklar hajmlarga nisbati haydalma qatlam tuzilishi deyiladi. Tuproqdagi kovaklarning diametri 1-2 mm dan kichiklarini kapillyar, 2mm dan kattalarini nokapillyar kovaklik deyiladi. Nokapillyar kovakliklardan suv faqat pastga harakat qiladi. Kapillyar kovakliklar ko’paysa, ya’ni tuproq zichlashsa suvning yuqoriga harakati tezlashadi. Kapillyar va nokapillyar kovakliklar nisbati 1:1 bo’lganda tuproqning suv, havo va oziq rejimi eng qulay bo’ladi. Tuproqning havo, suv, oziq va issiqlik rejimlari haydalma qatlam tuzilishiga bog’liq bo’ladi.
Tuproqning haydalma qatlam tuzilishi muhim unumdorlik ko’rsatgichi hisoblanadi. Tuproqning nokapillyar va kapillyar kovakliklar hajmining nisbati uning suv o’tkazuvchanligiga, suv ko’taruvchanligiga, nam sig’imiga, nam bug’lanishiga, havo almashinuviga va mikroorganizmlarining faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi.
Tadqiqotchi olimlarning maTumotlariga qaraganda, ekinlar uchun qulay haydalma qatlam tuzilishi umumiy kovaklik tuproqning yalpi hajmiga nisbatan 50- 60% ni, shundan nokapillyarligi 12,5-30%, kapillyar kovakligi esa 37,5-30% ni tashkil etganda namoyon boTishi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |