1.5. Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
Noorganik kimyo fanining eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biri bu
“Kompleks birikmalar kimyosi” sohasidir. Kompleks birikmalar turli xossalarini
namoyon qilganligi uchun ular xozirgi vaqtda meditsinada, qishloq xo’jaligida,
kimyo sanoatida va sanoatning boshqa sohalarida keng qo’llanilish topmoqda.
Kompleks birikmalar asosida turli dori-darmonlar, analitik, ajratuvchi va katalitik
reagentlar, zararsizlantiruvchi vositalar olishda ishlatish mumkinligi tufayli ishlab
chiqarishda muhim o’rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |