V. Seminar mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg’ulotlarda talabalar kompleks birikmalarning nomlanishi,
turlari, izomeriyasi, kimyoviy bog’lanish tabiati, eritma xolatidagi turg’unligi,
kislota-asoslik va oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalardagi xossalarini o’rganadilar.
Talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalarini seminar
mashg’ulotlarida yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o’quv qo’llanmalar
asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan
foydalanish, mavzular bo’yicha ko’rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |