Uchinchidan, viloyat universitetlarining tashkil etilishi hayot bilan ilmning, nazariya bilan amaliyotning yaqinlashuviga katta yor-dam berdi.
Hozirgi kunda ilm-u fan sohasida ham raqobat muhiti hayotiy zarurat bo'lib qoldi. Busiz esa taraqqiyot bo'lmaydi. Ilm-fandagi raqobat yangi-yangi fikr va g'oyalarga turtki beradi, kishi dunyoqarashini kengaytiradi. Qaysi universitet o'z ixtirolari, ilmiy xulosa va ishlanmalari bilan nom chiqarsa, o'sha universitetning nufuz va e'tibori osha boradi.
To'rtinchidan, viloyatlarning kelajak taraqqiyoti ana shu hu-dudlardagi oliy ta'lim markazlari bilan bevosita bog'liq. Viloyatlarda ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun yangi sohalarni egal-lash, yangi ixtisosliklarni tashkil etish, zarur kadrlarni shu joylarda tayyorlash imkoniyati tug'ildi.
Oldindan markazda o'qigan kadrlarni viloyatga yuborish masa-lasi ancha-muncha muammo edi. Viloyatlarda universitetlar tashkil etilishi bilan bu muammoning ham yechimi topildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |