Fаnning mаqsаdi vа vаzifаlаri:
Kursning mаqsаdi:
Mazkur kursning asosiy maqsadi – etnologiyaga oid monografiyalar va adabiyotlarga suyangan tarzda o’quvchilar bilimini yanada yuksaltirish va chuqurlashtirishdir. Jamiyatning tarixiy taraqqiyotini tushunish, qadimiy avlod-ajdodlarimiz e’zozlagan milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni bebaholigini anglash o’z xalqimizning etnogenezi va etnik tarixini bilishimizdan boshlanadi. Shuning uchun yoshlarga tarixni to’g’ri, aniq bilishini tushuntirsak, pala-partish holatlarni o’zgartirishga qarshi o’z fikrini va mulohazalarini ayta oladigan bilimli kishilarni kamol toptirishga xizmat qiladi. «O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi» kursi yurtimiz tarixi to’g’risida xolis va ob’ektiv bilim olishga, o’zligimizni anglashga, boy va qadimiy madaniyatimizni bilishga xizmat qiluvchi tarix fanining muhim sohalaridan biridir. «O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi» fanini o’rganishdan maqsad talabalarda ushbu soha to’g’risida umumiy tushuncha hosil qilish va ularda qiziqish uyg’otish hamda O’zbekiston tarixini ob’ektiv o’rganish, voqea-hodisalarning tahlil qilish malakasini hosil qilishdan iborat.
Kursning vаzifаlаri:
Yuqorida ta’kidlangan maqsaddan kelib chiqib, fanni o’qitishda quyidagi vazifalarni hal etish ko’zda tutiladi:
o’zbek xalqining kelib chiqishi va etnik tarixi shaklanishini madaniyatlar asosida ko’rib chiqish, ushbu jarayonni o’rganishda uning tarkibidagi urug’ va qabilalar, til muammolari sheva va laxjalarning tutgan o’rnini ochib berish va o’rganishdir.
O’zbekiston tarixining turli davrlari haqida tushuncha hosil qildirish;
Tarixiy qonuniyatlar bilan talabalarni tanishtirib borish;
Tarixiy voqea-hodisalarni izohlab, analitik tahlilga qarab yo’naltirilgan tadqiqot olib borish yo’lini o’rgatish;
o’zbek xalqi etnologiyasining dolzarb muammolari, o’zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi masalalari, etnologiyaga oid maxsus atamalar, uning tadqiqot uslublari va boshqa masalalar ko’rib chiqiladi.
Talabalar o’zbek xalqi etnogenezidagi turli davrlar bo’yicha juda ko’p yozma manbalar, qo’lyozmalar va tadqiqotlarni o’rganadi.
Berilayotgan dalillarga o’z munosabatlarini bayon qilish zarurligini anglatish va bunga ko’niktirish yo’llarini izlash;
Respublikamiz hududi tarixini o’rganishni kuchaytirish, O’zbekistonning asl tarixini yaratish uchun hamda amaliy tadqiqotlar olib borishni davom ettirish zarurligini ko’rsatish;
Yoshlarda tarixga muhabbat, ajdodlar xotirasiga xurmat, moddiy va ma’naviy merosni ko’z qorachig’iday asrash hissini uyg’otishni ko’zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |