7-MAVZU OZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY OZGARISHLAR.
AJRATILGAN SOAT-2
Asosiy savollar
Kuchli ijtimoiy siyosat kontseptsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi.
Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yonaltirilgan aholi bandligi, sogliqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan taminlash
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.
Ozbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish togrisidagi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish.
1. Kuchli ijtimoiy siyosat kontseptsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi.
Ijtimoiy himoya - keng manoda - mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor ma-noda - davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taminlanmagani tufayli yordamga, komakka muhtoj fuqarolar togrisidagi gamxorligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining toxtovsiz yaxshilanishini taminlash, aholi qat-lamlarining talim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini taminlashga yordam berishdan iborat. I.h.ning asosiy yonalishlari: erkin ijtimoiyiqtisodiy faoliyat korsatishni taminlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, oqish va bilim olish; daromadlarning kafolatlani-shi; har bir fuqaroning oz iqtisodiy faoliyatida daromadga ega bolishi; is-temolchilar himoyasi, istemolchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, istemol kafolatini taminlash; aholiga tibbiy xizmat korsatish; ijtimoiy taminot tizimi va aholining muhtoj, kam taminlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.
Rivojlangan demokratik jamiyatda I.h. vazifalarini bajarishni davlat oz zimmasiga oladi. "I.h." tushunchasi birinchi marta 1935 y.da AQShning "Ijtimoiy xavfsizlik boyicha qonun" ida qollanilgan, keyinchalik Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarida bu tushuncha mazmuni mukammallashtirilgan. AQSH, Kanada, Shveysariya kabi mamlakatlarda I.h. ning kopgina muammolari hal etilgan, lekin yechimini topmagan muammolari ham juda kop. Shunga qaramay, bu mamlakatlar tajribalaridan foydalanish ahamiyatlidir.
Turli mamlakatlarda aholini I.h. tizimi mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi, demokratik taraqqiyot va uning aholi manfaatiga muvofikligi, ijtimoiy siyosat darajasi, ijtimoiy taminot tizimi kabi omillarga bogliq holda amal qiladi.
Ozbekistonda Id. tizimi 20-asrning 20-y.laridan boshlab shakllana boshladi. 90-y.larga kelib, bozor iqtiso-diyotiga otish asosida amaldagi islohotlarga mos ravishda yangidan shakllandi. Ayniqsa, milliylik, ozlikni anglash, etiqod va ananalarning tiklanishi I.h. tizimiga muhim yangilik bolib qoshildi.
Ozbekistonda aholini I.h. qilish iqtisodiy islohotlar dasturidagi uz-luksiz ustuvor yonalishlardan biriga, yani islohotlarning hamma bosqichlarida ustuvor hisoblanadigan va-zifalar qatoriga kiradi. Mamlakatda ijtimoiy yonaltirilgan bozor iqtisodiyoti barpo qilishda davlat tomonidan kuchli I.H- siyosati olib borilmoqda. Kuchli ijtimoiy siyosat Ozbekistonning oz istikdol va taraqqiyot yolining yetakchi tamoyillaridan biri hisoblanadi.
Respublikada I. h.ning huquqiy muhiti yaratildi, unga qonuniy asos solindi. I.h. tamoyillari Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlanib, qabul qilingan qonunlarda oz aksini topdi. Mamlakatda daromad olishning kafolatlanishi amalga oshirildi. Keng miqyosda yangi ish joylari yaratilishi aholini ish bilan taminlash ishsizlik muammosini hal qilmoqda (mamlakatda ishsizlikning statistik korsatkichi - 0,5-0,6%). Bunda, ayniqsa, kichik va orta biznespi rivojlantirish, kasanachilik qol kelmoqda. Tovarlar sifati, aholiga xizmat korsatish sohalarida amalga oshirilayotgan tadbir-choralar istemolchilar himoyasini shakllantirib, aholi manfaatlarini taminlamoqda. Inflyasiyaning oldini olish, somning harid kuchini saqlash, biznes-tijorat ustidan davlatning maromiy nazoratini ornatish, marketing , savdo, reklama kabilarni tartiblashtirish I.h. ni rivojlantirmoqda. Ekologiya bilan bogliq bir qancha katta himoyalash ishlari amalga oshirilib, suv, havo, yer va mahsulot tozaligiga erishilmoqda.
Oqish, bilim olish, kasb tanlash Ozbekistonda amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlashning milliy dasturi asosida tubdan yangilanmoqda. Talimga ajratilgan mablaglar keyingi 7 yil (1995-2002 yillar) ichida yiliga yalpi ichki mahsulotning 7,1-7,76% ini, ajratilgan mablag byudjet hara-jatlarining 21,77-24,12 %ini tashkil etdi. Bu dunyodagi eng yuqori korsatkichlardan hisoblanadi. Tibbiyotda otkazilayotgan islohotlar natijasida aholiga sogliqni sakdash sohasida korsatiladigan xizmatlar samaradorligini kotarish choralari amalga oshirildi. Inflyasiyata qarshi choralar ham I.h. da muhim ahamiyatga ega. Keyingi yillarda uning ornini tola qoplash mumkin bolmasa ham zarar kuchini pasaytirish maqsadida ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdori oshirilmoqda (1998 y.da - 50%, 2000 y.da - 60% va 2002 y.da - 30%).
Bozor munosabatlariga otish va ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilish davrida aholini yalpi I.h. qilish tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini, ayniqsa, uning nochor guruxlarini aniq manzilli va maqsadli ijtimoiy qollab-quvvatlash tizimi barpo etildi. Bu tizimda mahalla markaziy orinda turadi. 1999 y.da ushbu tizim orqali kam taminlangan oilalar - jami 3 mln. kishi (mamlakat aholisining 12,2%) va bolali oilalar - 6,5 mln. dan optik, kishi (27%) moddiy yordam oldi. Bir oila uchun yordam puli bolalar nafaqasi bilan birga oyiga 3,4 eng kam ish haqini tashil qiladi. Bu sohada I.h., asosan, kam taminlangan oilalar uchun turli nafaqalar berish, aholining bazi guruhlari uchun imtiyozlar yaratish, yolgiz qariya va nogironlarni davlat hisobidan boqish va b. asosida amalga oshiriladi.
Respublika Prezidentining "Kam taminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid chora-tadbirlar togrisida"gi farmoniga (1994 y. 23 avg.) kora, voyaga yetmagan farzandlari bolgan kop bolali oilalar, kam pensiya olayotganlarning oilalari, nogironlarning oilalari, ishsizlar va boquvchisini yoqotganlarning oilalari, yolgiz pensionerlar va kam daromad olayotgan muhtoj oilalarga moddiy yordam berilmoqda. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 y. 10 dek.dagi farmoni bilan 16 yoshgacha farzandi bolgan kam taminlangan oilalar davlatning alohida otaligiga olindi, 2002 y. 25 yanvardagi farmonga binoan ijtimoiy yordam korsatiladigan farzandli oilalar do-irasi umumtalim maktablarida, akademik litseylarda va kasbhunar kollejlarida oqiyotgan 18 yoshgacha farzandi bolgan oilalar hisobiga kengaytirildi.
Bulardan tashqari Ozbekistonda norasimiy ijtimoiy yordam turlari ham mavjud; ularga qarindoshlarning ozaro yordami, milliy va diniy urf-odatlar asosida qilinadigan yordam, korxona va tashkilotlarning pensionerlarga, kam taminlangan kop bolali oilalarga, beva-bechoralarga yordam puli berishi kiradi.
Respublikada ayollar, bolalar, keksalarga alohida gamxorlik korsatiladi. I.h. doirasida 1998 y. "Oila yili", 1999 y. "Ayollar yili", 2000 y. "Soglom avlod yili", 2001 y. "Bolalar yili", 2002 y. "Qariyalarni qadrlash yili" deb elon qilingani va ularga taallukli maxsus dasturlarni amalga oshirish mavjud I.h. muammolarini hal qilish va bunga jamoatchilikni jalb etishda yaxshi samaralar berdi. 1995 y.da byudjet harajatlarining 21,8%, 2000 y.da 29,6% ijtimoiy sohaga ajratildi. 1999 y.dan boshlab YAIM osishi aholi osishi suratidan ustun bolishiga erishildi. Bu turmush darajasi osishining va I.h. rivojining zaminidir. Umr uzunligi 70,3 yoshni (1999 y.) tashkil etdi.
"Ozbekiston Respublikasi aholisini 2010 y.gacha bolgan davrga moljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona konsepsiyasi" ishlab chiqilgan. Unda Respublikada mavjud bolgan I.h. va ijtimoiy yordam, pensiya tamino-ti, bolalarga nafaqa tolash, yolgiz kek-salarga xizmat korsatish, nogironlarni protez-ortopediya buyumlari, harakatlanish vositalari bilan taminlash, shuningdek, tibbiy, mehnat va ijtimoiy jihatdan tiklash, tibbiy xizmat, ishsizlarni ishga joylashtirish va moddiy yordam berish, bir yola (nomuntazam) yordam tizimlari asoslarida amalga oshirilishi belgilangan.
2. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yonaltirilgan aholi bandligi, sogliqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan taminlash
Bandlik yoki aholini ish bilan taminlash - mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashgul bolishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bogliq bolgan va qonunlarga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati.[1] Bandlik xodimni ijtimoiy mehnat taqsimotiga asoslangan aniq mehnat kooperatsiyasiga jalb etish boyicha kishilararo munosabatlarni ifoda etadi. Bandlik turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda yollanib ishlash bilan cheklanmay, ayni paytda tadbirkorlikni, ozini ish bilan mustaqil taminlash (ozicha bandlik)ni, shaxsiy tomorqa xojaligidagi ishni, uy xojaligida band bolish va bolalarni tarbiyalash bilan shugullanish, davlat va jamoat vazifalarini bajarishni, orta maxsus va oliy oquv yurtlarida kunduzgi oqishni ham oz ichiga oladi. Ozbekistonda bandlik siyosati bozor iqtisodiyotiga otishning birinchi bosqichida, yani 1990-yillarda shakllangan. Mamlakatda aholini ish bilan taminlash, insonni ishli bolish huquqlarini royobga chiqarish kafolatlari Aholini ish bilan taminlash togrisidagi qonunida (1992-yil 13-yanvar; 1998-yil 1-mayda yangi tahrirda qabul qilingan) belgilab berilgan. Ozbekistonda bandlik muammolari katta etiborni talab etadi, chunki respublikada murakkab demografik vaziyat mavjud, aholining tabiiy osish suratlari yuqori, aholi tarkibida yoshlar kopchilikni tashkil etadi, aholining kop qismi qishloqlarda yashaydi. 1998-yil Ozbekistonda mehnatga layoqatli aholining 33,9 % davlat sektori korxona va tashkilotlarida, 66,1 % esa nodavlat sektori obyektlarida, jumladan xususiy xojaliklarda (2,7 %) ish bilan band edi.[1] Bozor iqtisodiyotiga otish davrida mulkchilikning turli shakllari paydo bolishi tufayli nodavlat sektorida ishlovchilar soni ortib bordi. Ularning bandligi 1994 - 96 yillarda 12 % ga ortdi. Mehnatga layoqatli aholining ish bilan band bolmagan qismi ishsizlarni tashkil etadi.
Iqtisodiy izlanish markaziga kora, hozirgi kunga kelib Ozbekistonning ish siyosati modeli oz samarasini yoqotib bormoqda va mamlakatning mehnat bozorida murakkab vaziyat paydo bolgan.[2] Birinchidan, yaratilgan ish orinlari soni yetarli emas, yaratilgan ish orinlarining aksari bolsa barqaror emas. 1991-2011-yillarda aholining mehnatga layoqatli qismi ulushi 50% dan 61,1% ga osdi. Shu vaqtning ozida mehnatga layoqatlilarning ish bilan band qismi ulushi 81,6% dan 66,9% ga kamaydi. Bundan tashqari, ish orinlarning beqarorligi osib bormoqda: yaratilgan yangi ish orinlarining 30 % yoqotilmoqda. Urbanizatsiya jarayonining tezlashayotgani sabab shahar mehnat bozorlarida keskinlik osib bormoqda.
Ikkinchiddan, nokorporativ sohaning (individual mehnat faoliyati, uydagi mehnat va yuridik shaxs statusiga ega bolgan korxonalardan tashqaridagi turli faoliyatlar) keng kolamda tarqalganligi noustuvor osish xavfini oshirmoqda.[2] Bunga sabab nokorporativ soha davlat byudjetiga tushadigan soliqlarni kamaytirmoqda, pul va valyuta almashinishidagi disbalanslar chuqurlashmoqda hamda mehnat aloqalari rasmiylashtirilmagani uchun mehnat kuchi sifati pasaymoqda.
Uchinchidan, mamlakat mehnat siyosati mehnat samaradorligini sust ragbatlantirmoqda hamda mehnat resurslarini yangi osish nuqtalari bola oladigan tarmoqlarga samarasiz yonaltirmoqda.[2] Ilm va yuqori texnologiyali tarmoqlarda (malumot xizmati, mashinasozlik, mikrobiologiya) ishlayotganlar ish bilan band aholining atigi 1,5% ini tashlik qiladi. Hozirgi bandlik sturkturasi va investitsiya siyosati sharoitida Ozbekistonda mehnat samaradorligini ikki marta oshirish uchun taxminan 15 yil kerak boladi. Bu esa ishlab chiqarish rivojlangan mamlakatlar bilan Ozbekiston orasidagi farqni kamaytirishni yanada mushkullashtiradi.
Aholi bandligini oshirish boyicha asosiy tadbirlar ish bilan band bolgan aholining tarkibiy jihatdan qayta taqsimlash hamda mehnatga layoqatli yoshlarni yangi ilgor tarmoqdar va sohalarga jalb qilish bolib, bu esa oz navbatida mehnat salohiyatidan samarali foydalanishning muhim zaxirasi hisoblanadi. Ozbekiston qishloq xojaligida barcha ijtimoiy ishlab chiqarish xodimlarining uchdan bir qismidan koprogi band.[1] Ularning malum qismini boshatib olish va iqtisodiyotning boshqa sohalariga, eng avvalo, sanoatga va xizmat korsatish sohasiga yonaltirish, noqishloq xojaligi ish joylarini yaratish, mehnatni tashkil etishning ilgor uslublarini qollash, osmirlarni, kop bolalik ayollarni, pensionerlarni va nogironlarni iqtisodiy ragbatlantiruvchi ish bilan taminlash, ishsizlikni kamaytirish, mehnat birjalari faoliyatini yaxshilash kabi tadbirlar aholining ish bilan bandligini oshirishga olib keladi.
uzluksiz talim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli talim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;
uzluksiz talim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli talim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;
talim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital tamirlash, ularni zamonaviy oquv va laboratoriya asboblari, komp yuter texnikasi va oquv-metodik qollanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni korish;
maktabgacha talim muassasalari tarmogini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha talim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini taminlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;
umumiy orta talim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bolgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda organish;
bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shugullanishga, ularni musiqa hamda sanat dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti obektlarini, bolalar musiqa va sanat maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish;
kasb-hunar kollejlari oquvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar boyicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;
talim va oqitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy talim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy talim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich kopaytirish;
ilmiy-tadqiqot va innovasiya faoliyatini ragbatlantirish, ilmiy va innovasiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy oquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish.
aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash;
aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan taminlanish darajasini oshirish, eng avvalo, yangi ichimlik suvi tarmoqlarini qurish, tejamkor va samarali zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda aholining toza ichimlik suvi bilan taminlashni tubdan yaxshilash;
odamlarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini taminlash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizasiya qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholini chiqindini yoq qilish boyicha zamonaviy obektlar bilan taminlash;
aholiga transport xizmati korsatishni tubdan yaxshilash, yolovchi tashish xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish;
yol infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini davom ettirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yollarini rivojlantirish, xojaliklararo qishloq avtomobil yollarini, aholi punkti kochalarini kapital va joriy tamirlash;
yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizasiya qilish, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash asosida aholini elektr energiyasi hamda boshqa yoqilgi-energiya resurslari bilan taminlashni yaxshilash, shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish boyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-marifiy tashkilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni taminlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qollab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat korsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar korsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat korsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga, aholi ortasida soglom turmush tarzini shakllantirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yonaltirgan holda sogliqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning dastlabki boginini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish;
oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishni kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam korsatish, chaqaloqlar va bolalar olimini kamaytirish boyicha kompleks chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish;
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat boshqaruvidagi ornini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunar kolleji bitiruvchi qizlarining bandligini taminlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash;
pensionerlar, nogiron, yolgiz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining tolaqonli hayot kechirishlarini taminlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam korsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish;
farmasevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taminlanishini yaxshilash, dori-darmonlar narxlarining asossiz osishiga yol qoymaslik boyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholi ortasida kasallanish korsatkichlari pasayishini va umr uzayishini taminlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |