4. Ozbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish togrisidagi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish.
Korruptsiya balosi - jamiyat rivojiga gov boladigan qabih illatdir. U nafaqat mamlakat ravnaqiga tosiq boladi, ayni paytda odamlarning ertangi kunga, kelajakka ishonchini susaytiradi, davlat institutlarini obrosizlantiradi. Shuning uchun ham mamlakatimizda ushbu illatning oldini olishga katta etibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda korruptsiyaga qarshi kurashishning yaxlit tizimi yaratilgan.
Ayniqsa, Korruptsiyaga qarshi kurashish togrisidagi Qonunning qabul qilinishi davlat apparati va fuqarolik jamiyati institutlarining mazkur xavfli illat bilan kurashdagi kuch hamda imkoniyatlarini birlashtirishga zamin yaratdi. Xosh, ushbu say-harakatlar, korilayotgan chora-tadbirlar amalda qanday natija berayapti?
Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Korruptsiyaga qarshi kurashish boyicha respublika idoralararo komissiyasi tomonidan Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tashkil etilgan Ochiq eshiklar kuni doirasida Xalqaro press-klub mediaforumida mazkur savolga atroflicha javob izlandi.
Ozbekiston Respublikasi Bosh prokurori orinbosari Erkin Yuldashevning aytishicha, davlat va jamiyatning barcha sohasida korruptsiyaning oldini olish, aholining huquqiy madaniyati hamda huquqiy ongini oshirish orqali jamiyatimizda ushbu illatga qarshi murosasiz munosabat mustahkamlanmoqda. Joriy yil boshida Ozbekiston Respublikasining Korruptsiyaga qarshi kurashish togrisidagi Qonuni imzolandi. Birinchi Prezidentimiz ning joriy yil 2 fevraldagi qarori bilan oz ichida 50 dan ortiq bandlarni qamrab olgan 2017-2018 yillarga moljallangan korruptsiyaga qarshi kurashish boyicha Davlat dasturi qabul qilindi. Mazkur hujjatlar mamlakatda korruptsiyaga qarshi kurashish jarayonini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishga imkoniyat yaratdi. Qaror bilan Korruptsiyaga qarshi kurashish boyicha respublika idoralararo komissiyasi va hududiy idoralararo komissiyalar tuzildi.
Yuqorida nomi keltirilgan Davlat dasturining birinchi yonalishi ijrosi doirasida 9 ta qonun va bitta davlat dasturi loyihasi ishlab chiqilgan. Shundan uchta qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga, tortta qonun loyihasi Hukumatga kiritilgan. Ikkitasi esa vazirlik hamda idoralar bilan kelishish bosqichida turibdi. Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taminlash togrisidagi Qonun esa joriy yil sentyabr oyidan kuchga kirdi.
Aholining huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish boyicha ham faol ish olib borilayapti. Jumladan, davlat va jamiyat hayotining barcha sohasida korruptsiyaning oldini olish, ushbu illatni oz vaqtida aniqlash, chek qoyish hamda unga sabab bolayotgan omillar va shart-sharoitlarni bartaraf etish boyicha besh mingdan ortiq bevosita muloqotlar, aholi bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari hamda boshqa tadbirlar otkazildi. 200 mingdan ortiq plakatlar tayyorlanib, joylarga tarqatildi. Prokuratura organlari tomonidan aholi, tadbirkorlar bilan 850 dan ortiq turli tadbirlar otkazildi, 5 ta ijtimoiy videorolik tayyorlandi.
Davlat organlari xodimlari ortasida odob-axloq qoidalari normalari va talablari keng tushuntirilmoqda, ularga rioya etish holati muntazam monitoring qilib borilayapti. Shu orinda bir narsani aytish kerakki, bunday mavzularning tanlanishi tasodifiy emas. Korruptsiyaga oid faktorlarning katta-kichigi bolmaydi. Bularning barchasi butun boshliq muammolar majmuasi hisoblanadi. Odob-axloq hamda etika masalalari ham ana shu katta jarayonning ajralmas bolagi sanaladi, dedi E. Yuldashev.
Shu bilan bir qatorda, Adliya vazirligi tomonidan idoraviy hujjatlar korruptsiyaga qarshi ekspertizadan otkazilmoqda. Korruptsiyaga qarshi kurash samaradorligini oshirish maqsadida talim hamda tibbiyot muassasalarida byudjet jarayonining shaffofligini yanada oshirish va uning ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, byudjetdan moliyalashtirish, hisob hamda hisobоt mexanizmini takomillashtirish, vazirlik va idoralarning bo‘ysunuvidagi muassasalarda byudjet intizomini mustahkamlash borasidagi mas’uliyatini oshirishga qaratilgan aniq choralar ko‘rildi.
Gaz hamda elektr energiyasini realizatsiya qilish sohasida jinoyatlar, jabhaga taalluqli boshqa malumotlar tahlil qilinib, huquqbuzarliklarga sabab boluvchi omillarning oldini olishga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi. Buning natijasi nima boldi? Birgina Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan energiya resurslari boyicha tolov intizomini mustahkamlash, sud organlari hamda boshqa organlar hujjatlari ijrosini taminlash borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida 2017 yilning iyun - oktyabr oylari ortasida 7,2 trillion som mablag undirildi.
Korruptsiyaga qarshi kurashish boyicha mana shunday keng kolamli tadbirlar oz natijasini berayapti. Ijtimoiy tarmoqlarda, ozaro muloqotlarda odamlarning fikr-mulohazalari, matbuot faollashgani ham buning yaqqol tasdigidir. Bosh prokuratura boshqarma boshligi orinbosari Bahrom Qobilovning bildirishicha, Ozbekistonda mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan korruptsiya jinoyatlari joriy yilda 2016 yildagiga nisbatan 33 foiz kamaydi.
Malumki, Transparency International xalqaro tashkiloti tomonidan dunyo mamlakatlarida korruptsiya holatlarining yillik reytinglari tuziladi. Tashkilotning joriy yil noyabr oyida elon qilingan reyting sorovnomasida 119 ta mamlakatdan 160 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan. 2016 yil yakunlariga kora Ozbekiston korruptsiyalashgan mamlakatlar royxatida 100 balldan 21 ball topladi (ball qancha past bolsa, korruptsiya darajasi shuncha yuqori boladi). 2013 yilda bu korsatkich 17 ballni tashkil qilgan edi. Ushbu reyting natijalariga kora, Ozbekistonda, bor-yogi, 18 foiz respondent davlat xizmatlari korsatilayotganda u yoki bu korinishda poraxorlik holatlariga duch kelganini malum qilgan. Bu MDHda birinchi orin, yani eng yaxshi natija, degani. Korruptsiyaga qarshi kurashish togrisidagi Qonun, tegishli davlat dasturi hamda davlat tomonidan mazkur illatni tag-tomiri bilan yoqotish boyicha korilayotgan chora-tadbirlar mamlakatimizning reytingdagi mavqeini yanada mustahkamlashga zamin yaratdi.
Albatta, bu borada ijobiy osish bolishiga qaramasdan, yurtimizning reytingi baribir hamon pastligicha qolmoqda. Xosh, bunga sabab nima?
Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Oliy oquv kurslari boshligi vazifasini bajaruvchi Yevgeniy Kolenkoning aytishicha, Transparency International xalqaro tashkiloti tomonidan tuziladigan reyting metodikasini tolaqonli shaffof, deb bolmaydi. Sorovlarni umummilliy, soha yoki idoraviy darajada otkazish mumkin. Lekin muayyan bir sohadagi raqamlar asosida butun mamlakat haqida xulosa chiqarish orinli emas. Shunday bolsa-da, mamlakatimiz nufuziga, xalqaro imidjiga tasir korsatishini inobatga olgan holda ularga etibor qaratish talab etiladi.
Bu fikrlarni Ijtimoiy fikr jamoatchilik fikrini organish markazi direktori orinbosari Marat Hojimuhammedov ham tasdiqladi. Uning aytishicha, sotsiologiyada u yoki bu holatni baholash uchun savolni togri tanlay bilish lozim. Bunday xalqaro tadqiqotlar otkazilganda, savollar odatda standart xususiyatga ega boladi. Ularning mohiyatini har bir mamlakat uchun moslashtirish juda mushkul. Maqsad reytingda mamlakatning mavqeini oshirish emas, balki korruptsiyaga qarshi kurashishda real natijalarga erishish hisoblanadi. Yaqinda markazimiz tomonidan otkazilgan sorovda qatnashgan yurtdoshlarimiz 96,5 foizi korruptsiya holatlarini balo sifatida koradi va oz muammolarini hal qilishda ushbu illatdan foydalanishga yol qoyib bolmaydi, deb hisoblaydi, dedi u.
Respondentlarning fikricha, ayrim fuqarolarning qonunni buzib, oz maqsadlariga erishishlari, jamoatchilik nazoratining sustligi, aholi huquqiy madaniyati yetarli darajada emasligi, ayrim mansabdor shaxslarning vakolatlari kengligi korruptsiya uchun yol ochar ekan.
Tadbirda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga korruptsiyaga oid 1464 ta murojaat kelib tushganligi takidlandi. Etiborlisi, murojaatlar yil davomida kamayib borgan.
Albatta, korruptsiyaga qarshi kurashish bir martalik tadbir emas. U izchil davom etadigan jarayondir. Mamlakatimizda korruptsiyaning oldini olish maqsadida talim tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yaxshi samara bermoqda. 2017/2018 oquv yilida ilk bor ayrim oliy talim muassasalariga kirish imtihonlari onlayn rejimida otkazildi. Bu jarayon kelgusida yanada takomillashtiriladi. Davlatimiz rahbarining joriy yil 16 noyabrdagi qaroriga asosan, 2018/2019 oquv yilidan boshlab oliy talim muassasalariga qabul qilish boyicha kirish test sinovlari 1 avgustdan 15 avgustgacha bolgan davrda otkaziladi. Natijalar test otkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida elon qilinadi. Mazkur tizim ham noqonuniy harakatlar va korruptsiyaning oldini olishga xizmat qiladi.Korrupsiya jamiyat va iqtisodiyot rivoji, tadbirkorlik va investitsiya muhiti uchun eng asosiy tosiqlardan biridir. Malumotlarga kora, bu illat jahon iqtisodiyotiga har yili ortacha 2,6 trillion dollar zarar keltiradi.
Mamlakatimiz ham mazkur muammodan xalos bolmagan. Dunyodagi korruptsiya darajasini organuvchi Transparency International xalqaro tashkiloti indeksida Ozbekiston oxirgi uch yilda 12 pogonaga kotarilgan bolsa-da, hali bu illat barham topmagan.
Yurtdoshlarimizning fikricha, sogliqni saqlash, talim, bank, bojxona, sud, prokuratura, ichki ishlar, kommunal xizmat sohalarida, shuningdek, fuqarolarni ishga qabul qilishda korruptsiya keng tarqalgan.
Misol uchun, tahlillarga kora, sogliqni saqlash tizimidagi harajatlarning 25-30 foizi samarasiz sarflanmoqda. Koplab sohalarda davlat xaridlarini amalga oshirish tizimi ochiq-oshkora emas.
Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga yollangan Murojaatnomada korruptsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan kora barvaqt oldini olishga otish kerakligini takidlab, unga qarshi kurashishga masul boladigan hamda parlament va Prezidentga hisob beradigan alohida organ tuzishni taklif qilgan edi.
Shuningdek, ushbu mustaqil organni tashkil etish yuzasidan 2020 yil 1 mayga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilishi haqida 20172021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini Ilm, marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida ham belgilandi.
Takidlash joizki, korruptsiyaga qarshi kurashish boyicha mustaqil organlar tashkil etilganligini dunyo tajribasida ham korishimiz mumkin.
Xususan, Singapur, Koreya Respublikasi, Hindiston kabi davlatlar korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida faoliyat korsatuvchi alohida ixtisoslashtirilgan organlar tashkil etishda katta tajribaga egalar.
Singapurda doimiy faoliyat korsatuvchi ixtisoslashtirilgan organ siyosiy va funktsional mustaqillikka ega bolgan Korrupsiya holatlarini qidirish byurosi (ingl. Corrupt Practices Investigation Bureau) 1952 yilda tashkil etilgan bolib, korruptsiyaga qarshi kurashishda muhim bogin hisoblanadi. Ushbu mustaqil organ Singapur iqtisodiyotining davlat va xususiy sektorlarida korruptsiyaning oldini olish choralarini koradi, bunda mansabdor shaxslarga berilgan har qanday shakldagi mukofot yoki sovga korruptsiya sifatida qaraladi.
Byuro mansabdor shaxslar orasida suiistemolchilik holatlarini tekshiradi hamda ular haqida tegishli organlarga javobgarlik choralarini korib chiqish uchun xabar beradi.
Byuro boshqaruv tizimidagi ehtimoliy kamchiliklarni aniqlash maqsadida korruptsiya holatlariga yol qoyishi mumkin bolgan davlat organlarining ish usullarini organib, tahlil qilib boradi.
Ushbu davlat organlari faoliyatida aniqlangan kamchiliklar korruptsiya holatlari va boshqa huquqbuzarliklarga olib kelishi mumkinligi haqida xulosa qilingan taqdirda, Byuro mazkur idoralar rahbarlariga tegishli choralarni korish haqida tavsiyalar beradi.
Mamlakatimizda ham korruptsiyaga qarshi qatiy kurashadigan mustaqil organning tashkil etilishi korruptsiya illatining turli korinishlariga barham berishda muhim ahamiyat kasb etadi hamda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarning yanada samarali bolishiga xizmat qiladi.
Zero, Birinchi Prezidentimiz tabiri bilan aytganda, biz korruptsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga otishimiz kerak. Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha azolari, tabir joiz bolsa, halollik vaktsinasi bilan emlanmas ekan, oz oldimizga qoygan yuksak marralarga erisha olmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |