13-mavzu. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzini ortib borishi
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish” borasidagi davlat siѐsati, huquqiy-normativ hujjatlarning qabul qilinishi, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘laѐtgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borilaѐtgan chora-tadbirlar: jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish, ta’lim tizimini takomillashtirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, xalqaro savdoda xususiy tadbirkorlikning raqobatbardoshligini oshirish, innovatsiyani rivojlantirish va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘satkichlarini oshirish borasida olib borilaѐtgan chora-tadbirlar. Ushbu ko‘rsatkichlarni oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasida quyidagi suveren indeks va indikatorlar tizimiga integratsiyalashuv jaraѐnlari jadallashtirilmoqda: “Biznes yuritish” indeksi, Boshqaruv sifati indikatorlari, Elektron hukumatni rivojlantirish reytingi, “Korrupsiyani qabul qilish” indeksi, “Logistika samaradorligi”indeksi, Jahon bankining Statistik salohiyat indeksi, Iqtisodiy erkinlik indeksi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiѐt tashkilotining (IHTT) mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash tizimi, Inson kamoloti indeksi, Huquq ustuvorligi indeksi, Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi, Matbuot erkinligi indeksi (umumiy 13 ta).
IV. Seminar mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg‘ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy- siѐsiy jaraѐnlar.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning
tarixiy ahamiyati.
-
|
O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiѐt yo‘li.
O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siѐsiy islohotlar.
Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi.
O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiѐt.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
O‘zbekiston va jahon hamjamiyati.
YAngilanaѐtgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzini ortib borishi.
O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlarini oshirish borasida olib borilaѐtgan chora-tadbirlar.
Izoh: Ishchi fan dasturini shakllantirish jaraѐnida ishchi o‘quv rejada mazkur mashg‘ulot turiga ajratilgan soat hajmiga mos ishlar tanlab bajariladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |