Jihozlar: probirkalar, tomizgichlar, pipetkalar, byuretkalar, shishaga yoziladigan qalam, 37˚S li termostat yoki termometrli suv hammomi.
Ishning bajarilishi.
Probirkadagi 1 ml so’lakka byuretkadan 9 ml distillangan suv 1: 10 nisbatda qo’shib, yaxshilab aralashtiriladi.
10 ta raqamlangan probirkalar olinib, har biriga 1 ml dan suv solinadi.
Birinchi probirkaga 10 marotaba suyultirilgan so’lakdan 1 ml olib, yaxshilab aralashtirilgach, undan 1 ml olib ikkinchi probirkaga o’tkaziladi, aralashtirilgach, aralashmani 1 ml ni uchinchi probirkaga, shu tartibda bajarilayotgan ish to’rtinchi, beshinchi, toki o’ninchi probirkagacha takrorlanadi va oxirgi probirkadan 1 ml suyuqlik olib tashlanadi.
Natijada birinchi probirkadagi so’lak 10 marta suyuladi, ikkinchisidagi 40 marta, uchinchisi 80 marta va hokazo, o’ninchisi esa 5440 marotaba suyulgan hisoblanadi.
Barcha probirkalarga ferment kontsentratsiyasi eng kam bo’lgan o’ninchi probirkadan boshlab 2 ml dan 1% li kraxmal eritmasi quyiladi va chayqatilib, aralashtirilgach, 30 daqiqaga 37˚S li termostatga qo’yiladi.
30 daqiqadan so’ng probirkalar sovutilib, har biriga 1-2 tomchidan yodning kaliy yodiddagi eritmasidan tomiziladi va eng ko’p suyultirilgan probirkadagi so’lak kraxmalni eritrodekstringa parchalab, yod bilan qizg’ish-qo’ng’ir rang hosil qilganligi aniqlanadi.
α-amilaza faolligi 1 ml suyultirilmagan so’lakni 37˚S da termostatda 30 daqiqa davomida necha millilitr 1% li kraxmalni parchalay oladigan miqdori bilan o’lchanadi. Agar qizg’ish-qo’ng’ir rang so’lak 160 marotaba suyultirilgan to’rtinchi probirkada 2 ml 0,1% kraxmal eritmasi qo’shilganda aniqlansa, unda 1 ml suyultirilmagan so’lak 160 marotaba ko’p 0,1% li kraxmalni parchalagan bo’ladi: 1G’160 ml so’lak 2 ml 0,1% kraxmalni parchalasa, 1 ml so’lak 0,1% li kraxmalning qancha miqdorini (X) parchalashi mumkin, ya’ni Xq2x1: 1G’160 q320 ml 0,1% li kraxmal eritmasini parchalaydi. Shartli ravishda ushbu ko’rsatkich Volgemut bo’yicha 320 ml α-amilaza birligi hisoblanadi va quyidagicha yoziladi: A 37˚SG’ 30′ q320 birlik.
Volgemut usulidan α-amilazani oshqozon osti bezi shirasida, qonda, siydikda va
organizmning boshqa suyuqliklarida aniqlashda foydalanish mumkin. Ammo mazkur usul nisbatan taxminiy bo’lganligi sababli α-amilaza faolligida keskin o’zgarishlar kuzatilganda qo’llaniladi. Amaliy ishdan olingan natijalarni quyidagi ko’rinishga keltiring.
Topshiriq:
1.Jadvalni to’ldiing.
2.Xulosalaringizni yozing.
3. Xulosada tekshirilayotgan so’lakdagi amilaza faolligini hisoblangan miqdorini bering.
10-jadval
Volgemut usuli bo’yicha α-amilaza faolligini so’lakda aniqlash
Do'stlaringiz bilan baham: |