Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi



Download 2,59 Mb.
bet27/81
Sana24.01.2023
Hajmi2,59 Mb.
#901745
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81
Bog'liq
portal.guldu.uz-Biotexnologiya

Ishning bajarilishi.

  1. Uchta probirka olinib, birinchisi 10 tomchi 1% li natriy xlorid eritmasidan, ikkinchisiga 10 tomchi 1% li mis sulfat eritmasidan, uchinchisiga 10 tomchi suv quyilib, hammasiga 20 tomchidan 0,5% li kraxmal va 1 tomchidan suyultirilgan so’lak qo’shilib, aralashtiriladi va tezlikda 37˚S li termostatga joylashtirilib, vaqti aniqlanadi.

  2. Kraxmalni gidrolizlanish tezligini aniqlash uchun kraxmal gidrolizlanayotgan probirkalardan 1-2 daqiqa oralatib, 1 tomchidan boshqa probirkalarga olinadi va u bilan yodning kaliy yodiddagi eritmasi bilan reaktsiya o’tkaziladi. Gidroliz jarayoni eritrodekstrin bosqichigacha davom ettiriladi va uni paydo bo’lgan vaqti daqiqalarda aniqlanadi.Tajriba natijalari jadval ko’rinishida yoziladi.

    9-jadval



So’lak α-amilazasi faolligiga aktivator va ingibitorlarning ta’siri

Tekshirilayotgan modda

Ferment

Substrat

Eritrodekstrin hosil bo’lgan vaqti














Birinchi ikkita probirkadagi kraxmalni eritrodekstrin bosqichigacha gidrolizlanishi uchun sarf bo’lgan vaqtni uchinchi probirkadagi (nazorat) kraxmalni gidrolizlanish vaqti bilan solishtirilib, tekshirilayotgan moddalarning aktivatorlik yoki ingibitorlik ta’siri to’g’risida xulosa chiqariladi.


Ferment faolligini miqdoriy aniqlash
Ferment faolligini miqdoriy aniqlashdan klinikada tashxis qo’yish maqsadida, davolash choralari samarasini bilish va baholashda foydalaniladi. Ferment miqdori to’g’risida gapirilganda, odatda uning faolligi tushuniladi, chunki ferment faolligi uning kontsentratsiyasi bilan bevosita bog’liq. Ferment faolligi esa vaqt birligida ta’sir ko’rsatilayotgan substratning yoki reaktsiya natijasida hosil bo’lgan unumining miqdoriy o’zgarishi bo’yicha aniqlanadi. Ferment faolligini aniqlashda qo’llaniladigan usul sharoitiga qat’iy rioya qilish talab qilinadi, chunki reaktsiyani kechishi haroratga, muhit rN iga substrat va kofaktorlar miqdoriga uzviy bog’liqligi bilan xarakterlanadi. Ferment faolligini aniqlashda shu fermentga optimal bo’lgan rN li bufer eritmalardan, zarur bo’lgan kofermentlardan, aktivator yoki ingibitorlardan va ayniqsa, ferment oqsili denaturatsiyasini oldini oluvchi stabilizatorlardan foydalaniladi.

Xalqaro biokimyogarlar uyushmasining tavsiyasiga binoan ferment faolligining birligi 1 mol substratni 1 sekundda (soniya) o’zgartira oladigan ferment miqdoriga teng bo’lib, “katal” yoki qisqacha “kat” deb ataladi. Mazkur faollik mikromolda (10-6) –mikrokatal, nanomolda (10-9) nanokatal va pikomolda (10-12) – pikokatal deb ifodalanadi. Spetsifik faollik katallarni 1 kg oqsilga nisbatan – katG’kg oqsil, molekulyar faollik - katalG’mol ferment, ferment faolligining kontsentratsiyasi katalG’ litr yoki mikrokatalG’litr shaklida berilgan.


So’lak α-amilazasi faolligini Volgemut bo’yicha aniqlash
Mazkur usul bilan α-amilaza miqdorini aniqlash fermentni maksimal darajada suyultirilganda ham tajribaga olingan kraxmalni eritrodekstringacha parchalay olish xususiyatiga asoslangan.

Tekshiriluvchi material: 1: 10 nisbatda suyultirilgan so’lak.

Reaktivlar: kraxmalning 1% li yangi tayyorlangan eritmasi, yodning kaliy yodiddagi eritmasi (tayyorlanishi 11-ilovada).


Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish